Sayt test holatida ishlamoqda!
27 Yanvar, 2026   |   8 Sha`bon, 1447

Toshkent shahri
Tong
06:17
Quyosh
07:39
Peshin
12:41
Asr
15:51
Shom
17:37
Xufton
18:52
Bismillah
27 Yanvar, 2026, 8 Sha`bon, 1447

Zamzam qudug'iga hayotini bag'ishlagan inson

07.03.2021   1573   1 min.
Zamzam qudug'iga hayotini bag'ishlagan inson

Saudiyaliklar seshanba kuni Yahyo Hamza Koshakning 80 yoshida vafot etganidan so'ng ushbu yo'qotishga motam tutdilar. U kasbi bo'yicha muhandis bo'lib, Zamzam qudug'iga qilgan xizmatlari bilan mashhurlik topdi. U shoh Faysal va malika Iffat tomonidan tashkil etilgan keyin u Toif shahridagi birinchi maktablardan birida ta'lim oldi. U keyinchalik AQShda o'z ta'limini davom ettirib, u muhandislik fanlari doktori darajasiga ega bo'ldi.

Koshak uzoq yillik faoliyati davomida bir qator davlat lavozimlarini egallagan, jumladan, Makka shahar ma'muriyatida texnik masalalar bo'yicha vazir muovini bo'lib xizmat qilgan.

Islam.ru ma'lumotlariga ko'ra, bundan qirq yil muqaddam u Zamzam qudug'ini tozalash bo'yicha brigadaga boshchilik qildi va "Zamzam: Muqaddas suv" kitobini yozib, unda quduq haqidagi kuzatishlarini qayd etdi.
- Zamzam qudug'ini tozalash uning eng muhim loyihalaridan biri, Shoh Holid rahbarligidagi ulkan vazifa edi, - dedi jiyani Nabil Koshak.

Koshak o'z kitobida quduq va uning suv manbalari tarixini bayon qilib, tozalash loyihasi davomida topilgan arxeologik ob'ektlarni hujjatlashtirgan.
Koshakning qiziqishlari doirasi islom tibbiyotini o'z ichiga olgan, natijada Jidda shahrida ixtisoslashgan markaz tashkil etgan.

 

O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Imom-xatiblar jismoniy faolligini oshirishga qaratilgan sport tadbirlari

27.01.2026   105   1 min.
Imom-xatiblar jismoniy faolligini oshirishga qaratilgan sport tadbirlari

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Sirdaryo viloyati vakilligi hamda Sirdaryo viloyat hokimligi hamkorligida viloyatimizda xizmat qilayotgan imom-xatib va imom-noiblarning jismoniy faolligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, shuningdek, o‘zaro jamoaviy hamjihatlik va hamkorlik ruhini mustahkamlash maqsadida 2026 yil 24 yanvar kuni voleybol, stol tennisi hamda shaxmat-shashka yo‘nalishlari bo‘yicha sport musobaqalari tashkil etildi.
Ushbu sport bellashuvlarida viloyatimizning barcha tuman va shaharlaridan tashrif buyurgan imom-xatib va imom-noiblar faol ishtirok etdilar. Musobaqalar do‘stona muhitda, yuqori sport ruhida o‘tib, ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat va iliq taassurotlar ulashdi.
Tadbir yakunida g‘olib va faol ishtirokchilarga tashkilotchilar tomonidan faxriy yorliqlar hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Sirdaryo viloyati vakilligi Matbuot xizmati

Imom-xatiblar jismoniy faolligini oshirishga qaratilgan sport tadbirlari Imom-xatiblar jismoniy faolligini oshirishga qaratilgan sport tadbirlari Imom-xatiblar jismoniy faolligini oshirishga qaratilgan sport tadbirlari Imom-xatiblar jismoniy faolligini oshirishga qaratilgan sport tadbirlari Imom-xatiblar jismoniy faolligini oshirishga qaratilgan sport tadbirlari Imom-xatiblar jismoniy faolligini oshirishga qaratilgan sport tadbirlari
O'zbekiston yangiliklari