Sayt test holatida ishlamoqda!
26 Iyul, 2025   |   1 Safar, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:36
Quyosh
05:13
Peshin
12:35
Asr
17:36
Shom
19:50
Xufton
21:19
Bismillah
26 Iyul, 2025, 1 Safar, 1447

YuKSAK RAG'BAT – EZGU IShLARGA QANOT

06.03.2021   1982   3 min.
YuKSAK RAG'BAT – EZGU IShLARGA QANOT

Bugun muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning barcha sohalarga qaratayotgan e'tibori hammani birdek to'lqinlantirmoqda. Yurtboshimizning viloyatlarga safarlari chog'ida aholi bilan muloqotlarini kuzatar ekanmiz, bevosita ko'zimizdan sevinch yoshlari tomchilaydi. Yangicha O'zbekistonga yangi nazar bilan boqa boshlaymiz.

So'nggi yillarda xotin-qizlarga munosabat yangicha mazmun kasb etdiki, buning natijasida mushtipar opa-singillarimiz bugun jamiyatning turli sohalarida fidoyilik ko'rsatib, Vatanimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo'shishyapti.

Muhtaram Yurtboshimiz yaqinda o'tkazilgan xotin-qizlarning muammolarini hal qilish va ularni ijtimoiy qo'llab-quvvatlash masalalari muhokamasi yuzasidan videoselektor yig'ilishida: “Oliy ma'lumotli bo'lishni istagan, qobiliyati, bilimi bor, lekin taqdir taqozosi bilan orzusiga erisha olmagan xotin-qizlarni rag'batlantirish tizimi joriy qilinadi. Ya'ni, ota-onasining biridan ayrilgan muhtoj qizlar, boquvchisi yo'q yolg'iz ayollarning shartnoma to'lovi hokimlik va oliy o'quv yurti hisobidan qoplab beriladi”, deya ta'kidladi.

Demak, tez orada ma'rifatli qizlar, bilimli ayollar safi yanada kengayadi. Zotan, yovuzlik ustidan ezgulik, razolat ustidan adolat, yomonlik ustidan  yaxshilik g'alaba qozongani singari ilm ham hamisha jaholatdan ustun kelgan.

Nozik xilqat egalari – ayollar bilan ishlaydigan biz otinoyilar ham mamlakatimmizda diniy-ma'rifiy sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlardan ilhomlanib, bir nechta xayrli ishlarni amalga oshirishda qo'lni qo'lga berib ishlayapmiz. 

Diniy-ma'rifiy, ma'naviy muhitni sog'lomlashtirishda otinoyilar bilan bir qancha tadbirlar uyushtirib, tushuntirish ishlari olib boryapmiz. Shuningdek, ijtimoiy ko'makka muhtoj, yolg'iz va boquvchisini yo'qotgan ayollar bilan tinmay aloqada bo'lib, turli yordamlarni ko'rsatib kelyapmiz.

Bundan tashqari, oilaviy ajrimlarning oldini olish va yosh oilalarni saqlab qolishda etarlicha foydamiz tegyapti. Bu bilan tirik etimlar soni ortishiga yo'l qo'yilmayapti.

Oliy, o'rta-maxsus hamda umumta'lim o'quv maskanlariga tashrif buyurar ekanmiz, yoshlar o'rtasida milliy qadriyatlarni yuksaltirishga ham qo'ldan kelgancha o'z hissamizni qo'shyapmiz. To'y-marosimlarni ixchamlashtirishda, ayrim bid'at-xurofotlarning oldini olishda tinmay mehnat qilib kelmoqdamiz.

Ana shu kamtarona xizmatlarimiz davlatimiz tomonidan yuksak rag'batlantirilib, kuni kecha matbuotda e'lon qilingan «8 mart – Halqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan mukofotlash to'g'risida»gi Prezident  Farmoniga binoan “Shuhrat” medali bilan taqdirlandim. Bu mukofot bizni yanada ruhlantirib, yangi-yangi marralarga chorlaydi.

Qisqasi, shu va boshqa faoliyatlarimiz bilan yurtimiz tinchligi hamda faravonligi yo'lida zarracha bo'lsin, ko'maklasha olsak, o'zimizni baxtiyor his etamiz.

Hanifaxon  NIShONOVA,

Yangiyo'l tumani bosh imom-xatibining

xotin-qizlar masalalari bo'yicha yordamchisi

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Fursat g‘animatdir

22.07.2025   6414   2 min.
Fursat g‘animatdir

Inson hayotida eng qimmatbaho ne’matlardan biri vaqtdir. U nihoyatda tez o‘tadi, biror narsaga bog‘lab, to‘xtatib, ortga qaytarib bo‘lmaydi. Har lahza inson umridan bir bo‘lakdir. Shuning uchun vaqtni samarali o‘tkazish, uni qadrlash har bir aqlli inson uchun juda muhim.


Har insonga bir umr berilgan. U yillar, oylar, kunlar, daqiqalar bilan hisoblanadi. Bir soat bekorga ketsa, umrimizdan bir qism bekor ketgan bo‘ladi. Ko‘pincha biz "ertaga qilib qo‘yaman", "keyinroq boshlayman" deya o‘zimizni aldab qo‘yamiz. Aniq reja asosida hayot kechirish, har bir kunni maqsadli va mazmunli o‘tkazish vaqtdan unumli foydalanishning asosiy yo‘lidir. Ilm o‘rganish, mehnat qilish, sog‘liqqa e’tibor qaratish, oila va yaqinlarga vaqt ajratish — bularning bari vaqtning to‘g‘ri taqsim qilinishi bilan bo‘ladi.


Tan olish kerak, zamonaviy texnologiyalar, ijtimoiy tarmoqlar va axborot oqimi vaqtimizni o‘g‘irlab, bizni chalg‘itmoqda. Lekin ayb o‘zimizda. Ba’zan keraksiz narsalarga soatlab vaqt sarflaymiz, keyin esa "vaqtim yetmadi" deb shikoyat qilamiz. Shuning uchun ham hayotda "nimalar muhim, nimalar esa vaqt sarflashga arzimaydi" degan savolga aniq javob topib olish lozim. Vaqtga e’tiborli inson – mas’uliyatli insondir. U har bir vazifani o‘z vaqtida bajaradi, orzulari sari qat’iyat bilan intiladi va hayotini nazorat qila oladi.


Islom dinida ham vaqtga alohida ahamiyat berilgan. Qur’oni karimdagi Asr surasida Alloh taolo asr (vaqt)ga qasam bilan insonning zararda ekani ta’kidlagan. Bu esa vaqtning beqiyos ekanini yana bir bor yodga soladi. Faqat iymon keltirgan va yaxshi amallar qilgan, bir-birlariga Haq (yo‘li)ni tavsiya etgan va bir-birlariga (mana shu Haq yo‘lida) sabr-toqat qilishni tavsiya etgan zotlargina najot topishi aytilib, ulgurib qolishga da’vat etilgan. Demakki, vaqtni to‘g‘ri sarflay olgan insongina yutuqqa erishadi. Hayotimizdagi har bir daqiqa – bebaho xazina. Undan oqilona foydalanib qolish kerak, azizlar.

Abdulvohid ISAQOV,

Namangan shahridagi

“Miryoqubboy Mirhakimboy”

jome masjidi imom xatibi

Maqolalar