Surxondaryo viloyatini Afg'oniston Islom Respublikasi bilan bog'lab turuvchi Hayraton ko'prigida «Mehr-4» operatsiyasi amalga oshirildi.
Kun.uz xabar berishicha, O'zbekistonning 24 nafar fuqarosi Afg'onistondan olib chiqildi. Evakuatsiya qilinganlarning 19 nafarini bolalar tashkil etadi. Ularning 4 nafari etim.
"Prezidentimiz tashabbusi bilan boshlab berilgan «Mehr-4» operatsiyasiga ko'ra yurtimizdan qaysidir sabablarga yoki botil g'oyalarga aldanib chiqib ketgan fuqarolarimiz qaytarilmoqda. Bugun ularning ko'zlaridagi sevinch, Vatan sog'inchi ko'rsatib turibdiki, yurtimizda o'tkazilayotgan islohotlar tufayli tinchlik-totuvlik, inson haq-huquqlarini himoya qilish bo'yicha juda katta ishlar amalga oshirilmoqda.
«Mehr» operatsiyasi davomida olib kelingan fuqarolarimiz yurtimizda inson qadr-qiymatini yuksak darajaga ko'tarish bo'yicha olib borilayotgan ishlarni bilishlari va qalban his qilishlari kerak. Endi davlatimiz tomonidan ko'rsatilayotgan mehr-muruvvat, afvga nisbatan ular o'zlariga bildirilayotgan ishonchni oqlashlari kerak bo'ladi», — deydi Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori, xalqaro hadisshunoslik fanlari doktori Shukurullo Umarov.
Qayd etib o'tish joizki, 2017 yildan 2020 yilgacha Afg'oniston maxsus xizmatlari bilan hamkorlikda 86 nafar fuqaro O'zbekistonga olib kelingan.
Afg'oniston tomonidan Hayraton komissari Nuriddin Raufiy bu xayrli ishlar har ikki davlat rahbarlarining siyosiy irodasi o'laroq amalga oshirilayotganini ta'kidlab o'tdi.
Afg'onistondan bugungacha olib chiqilgan fuqarolarning 23 nafari erkak, 16 nafari ayol, yana 47 nafari bolalar bo'lgan.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Bismillahir Rohmanir Rohiym
حدثنا عباس الدوري نا عبيد الله بن موسى نا إسرائيل عن سماك عن عبد الرحمن بن عبد الله عن أبيه قال: قال رسول الله صلى الله عليه وعلى آله وسلم : نضر الله امرءا سمع منا حديثا فبلغه فرب مبلغ أوعى له من سامع.
Abdurahmon ibn Abdulloh otasidan rivoyat qiladi: “Rasululloh sollallohu alayhi va ’alaa olihi vasallam: “Bizdan bir hadisni eshitib, uni (boshqasiga) yetkazgan odamni Alloh yorlaqasin. Zero, ba’zan yetkazilganlar eshitgandan ko‘ra fahmlovchiroq bo‘ladi”, dedilar.
Abu Said Haysam ibn Kulayb Shoshiyning
“Musnadi Shoshiy” asaridan
Davron NURMUHAMMAD tarjimasi