Sayt test holatida ishlamoqda!
24 Sentabr, 2025   |   2 Rabi`us soni, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:54
Quyosh
06:12
Peshin
12:20
Asr
16:30
Shom
18:21
Xufton
19:33
Bismillah
24 Sentabr, 2025, 2 Rabi`us soni, 1447

"Mehr-4" operatsiyasi bilan Afg'onistondagi 24 yurtdoshimiz Vatanga qaytarildi

05.03.2021   1405   1 min.

Surxondaryo viloyatini Afg'oniston Islom Respublikasi bilan bog'lab turuvchi Hayraton ko'prigida «Mehr-4» operatsiyasi amalga oshirildi.

Kun.uz xabar berishicha, O'zbekistonning 24 nafar fuqarosi Afg'onistondan olib chiqildi. Evakuatsiya qilinganlarning 19 nafarini bolalar tashkil etadi. Ularning 4 nafari etim.

"Prezidentimiz tashabbusi bilan boshlab berilgan «Mehr-4» operatsiyasiga ko'ra yurtimizdan qaysidir sabablarga yoki botil g'oyalarga aldanib chiqib ketgan fuqarolarimiz qaytarilmoqda. Bugun ularning ko'zlaridagi sevinch, Vatan sog'inchi ko'rsatib turibdiki, yurtimizda o'tkazilayotgan islohotlar tufayli tinchlik-totuvlik, inson haq-huquqlarini himoya qilish bo'yicha juda katta ishlar amalga oshirilmoqda.

«Mehr» operatsiyasi davomida olib kelingan fuqarolarimiz yurtimizda inson qadr-qiymatini yuksak darajaga ko'tarish bo'yicha olib borilayotgan ishlarni bilishlari va qalban his qilishlari kerak. Endi davlatimiz tomonidan ko'rsatilayotgan mehr-muruvvat, afvga nisbatan ular o'zlariga bildirilayotgan ishonchni oqlashlari kerak bo'ladi», — deydi Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori, xalqaro hadisshunoslik fanlari doktori Shukurullo Umarov.

Qayd etib o'tish joizki, 2017 yildan 2020 yilgacha Afg'oniston maxsus xizmatlari bilan hamkorlikda 86 nafar fuqaro O'zbekistonga olib kelingan.

Afg'oniston tomonidan Hayraton komissari Nuriddin Raufiy bu xayrli ishlar har ikki davlat rahbarlarining siyosiy irodasi o'laroq amalga oshirilayotganini ta'kidlab o'tdi.

Afg'onistondan bugungacha olib chiqilgan fuqarolarning 23 nafari erkak, 16 nafari ayol, yana 47 nafari bolalar bo'lgan.

O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun ma’naviy-ma’rifiy suhbat o‘tkazildi

24.09.2025   830   1 min.
Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun ma’naviy-ma’rifiy suhbat o‘tkazildi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligi tashabbusi bilan Buxoro shahar «Abu Bakr as-Siddiq» jome’ masjidida gapirish va eshitish imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy suhbat tashkil etildi. Ushbu suhbatda imom-noib Dilshod domla Xodiyev ma’ruza qilib, «Musulmonning musulmonga nisbatan ehtiromi» mavzusida batafsil tushunchalar berdi.

Tadbir davomida ishtirokchilarning aqidaviy, fiqhiy va diniy-ijtimoiy mavzulardagi savollariga javob berildi. Jarayon malakali surdo tarjimon orqali ishtirokchilarga yetkazilib, ularning to‘liq faol ishtirokini ta’minladi.
Suhbat yakunlangach, homiylar ko‘magida ishtirokchilarga oziq-ovqat mahsulotlari ulashildi.

Yaratgan Haq taolo bu xayrli ishlarni bardavom va samarali aylasin!

O‘MI Buxoro viloyati vakilligi Matbuot xizmati

Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun ma’naviy-ma’rifiy suhbat o‘tkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun ma’naviy-ma’rifiy suhbat o‘tkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun ma’naviy-ma’rifiy suhbat o‘tkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun ma’naviy-ma’rifiy suhbat o‘tkazildi
O'zbekiston yangiliklari