Sayt test holatida ishlamoqda!
03 Oktabr, 2025   |   11 Rabi`us soni, 1447

Toshkent shahri
Tong
05:04
Quyosh
06:22
Peshin
12:17
Asr
16:16
Shom
18:06
Xufton
19:17
Bismillah
03 Oktabr, 2025, 11 Rabi`us soni, 1447

Qorachoy-Cherkasiyada jome masjidi ochiladi

05.03.2021   1631   1 min.
Qorachoy-Cherkasiyada jome masjidi ochiladi

2022 yilning mart oyida Qorachoy-Cherkasiyada 5 ming kishiga mo'ljallangan jome' masjidning tantanali ochilishi rejalashtirilgan. Bu haqda respublika rahbari Rashid Temrezov viloyat aholisi bilan jonli efir vaqtida ma'lum qildi.

"Biz aynan bir yildan keyin – 2022 yilning 1 martida – Cherkessk shahrida respublika masjidining ochilishini rejalashtirganmiz", - deya gubernatorning so'zlarini keltiradi Interfaks.

Bo'lajak musulmon inshootining poydevori 2007 yilning noyabr' oyida qo'yilgan bo'lib, binoning faol qurilishi 2011 yilning aprel' oyida boshlangan edi. Masjid Vizantiya uslubida qurilgan bo'lib, har biri 52 metr balandlikdagi to'rtta minoralar bilan bezatilgan.

Islam-today xabariga ko'ra, bugungi kunda respublika jome' masjidining maydoni 4,2 ming kvadrat metrni tashkil etadi. Bino 5 ming kishiga mo'ljallangan bo'lib, masjid hovlisida ham ado etiladigan bayram namozlarida 10 mingdan ortiq namozxonlarni o'z bag'riga sig'dira oladi.

 

O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar

Tinchlik va islom ma’rifatining xalqaro e’tirofi

29.09.2025   5421   1 min.
Tinchlik va islom ma’rifatining xalqaro e’tirofi

27 sentyabr kuni O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida "Yangi O‘zbekistonda barqaror rivojlanish, tinchlik va islom ma’rifatining xalqaro e’tirofi" mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. 

Tadbirda Prezident maslahatchisi o‘rinbosari, xalqaro islomshunoslik akademiyasi rektori Muzaffar Komilov, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Davronbek Maxsudov, professor-o‘qituvchilar, soha mutaxassislari va talabalar ishtirok etdi.

Anjuman Prezidentimizning AQSHga amaliy tashrifi va BMT Bosh Assambleyasining saksoninchi sessiyasidagi nutqi mazmun-mohiyatiga bag‘ishlandi.

– BMT Bosh Assambleyasining 80-sessiyasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan g‘oya va tashabbuslar bugungi anjumanga ilmiy-ma’naviy asos bo‘lib xizmat qiladi, – dedi rektor Muzaffar Komilov. – Bu chiqish nafaqat mamlakatimiz, balki butun mintaqa va jahon miqyosida katta qiziqish uyg‘otdi.

Konferensiyada muftiy, Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari nutq so‘zlab, jumladan bunday dedilar:
– 2017 yilda davlatimiz Rahbari BMT yuksak minbaridan turib, ushbu tashkilot tarixida ilk marta Imom Buxoriy bobomiz nomlarini zikr qilgan edilar. Bu safar ham buyuk ajdodlarimiz – Imom Buxoriy, Imom Termiziy va Imom Moturidiyning ilmiy-ma’naviy merosini alohida e’tirof etdilar. Zero, bugungi dunyoda islom ma’rifati, bag‘rikenglik va insonparvarlik tamoyillarini jahon hamjamiyatiga yetkazishning dolzarbligi ortib bormoqda.

Shuningdek, so‘zga chiqqan ishtirokchilar ma’ruzadagi tinchlik-osoyishtalikni saqlash, afg‘on xalqiga ko‘mak berish, xavf-xatarlarga qarshi kurashish, dunyoda kambag‘allikka barham berishi, ekologiya, yosh avlod ta’lim-tarbiyasi va ajdodlar ilmiy merosini o‘rganish kabi dolzarb masalalarning mazmun mohiyatiga katta e’tibor qaratdilar.

Anjuman qizg‘in va ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

Tinchlik va islom ma’rifatining xalqaro e’tirofi Tinchlik va islom ma’rifatining xalqaro e’tirofi Tinchlik va islom ma’rifatining xalqaro e’tirofi Tinchlik va islom ma’rifatining xalqaro e’tirofi Tinchlik va islom ma’rifatining xalqaro e’tirofi Tinchlik va islom ma’rifatining xalqaro e’tirofi Tinchlik va islom ma’rifatining xalqaro e’tirofi Tinchlik va islom ma’rifatining xalqaro e’tirofi Tinchlik va islom ma’rifatining xalqaro e’tirofi