Sayt test holatida ishlamoqda!
15 Iyun, 2026   |   28 Zulhijja, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:04
Quyosh
04:49
Peshin
12:29
Asr
17:39
Shom
20:02
Xufton
21:39
Bismillah
15 Iyun, 2026, 28 Zulhijja, 1447

Vaqf fondi “Covid” sabab vafot etgan qoraqalpog'istonlik imom-noibning oilasiga uy hadya qildi

03.03.2021   2068   3 min.
Vaqf fondi “Covid” sabab vafot etgan qoraqalpog'istonlik imom-noibning oilasiga uy hadya qildi

Joriy yilning 1-2 mart kunlari Vaqf xayriya jamoat fondi rahbari Yahyo qori Abdurahmonov, Qoraqalpog'iston Respublikasiga tashrif buyurib, bir qancha xayriya tadbirlarini amalga oshirdi.    

Jumladan, Qo'ng'irot tumani “Hakim Sulaymon” jome masjidi imom-noibi bo'lib islom ma'rifatini yoyishda jonbozlik ila mehnat qilgan, pandemiya davrida “Covid” sabab vafot etgan Mahammad-Ali qori Mamutovning oila a'zolari – ayoli va uch nafar voyaga etmagan go'dak farzandlariga, Nukus shahrida qurib bitkazilgan barcha qulayliklarga ega ko'p qavatli uylardan, 3 xonali yangi xonadon, homiylarni jalb qilgan holda hadya qilindi.

 Zotan, mamlakatimizdagi masjid xodimlarini, xususan imom-xatiblar, imom noiblari, mutavallilar, muazzinlarni moddiy va ijtimoiy qo'llab-quvvatlash, fondning asosiy vazifalaridan hisoblanadi.

 “Alloh taolo bizni og'ir musibat bilan sinadi. Uchta go'dak etimlarim bilan ijarada, nima qilishga hayron bo'lib mahzunlikda yashardim. Ammo, Allohdan takror va takror yolvorib so'radim, umid qildim. Shukrlar bo'lsinki, o'zim kutmagan vaqtda, Vaqf fondi tomonidan bugun bizga, Nukus shahri markazidan, tayyor, uy-ro'zg'or buyumlari va mebellari bilan 3 xonali yangi xonadon hadya qilindi. Buning uchun fond rahbar-xodimlariga, xayriya qilgan insonlarga rahmat deyman. Insha alloh farzandlarimni ham huddi otasi kabi dinga, xalqqa, vatanga xizmat qiladigan inson bo'lib ulg'ayishiga harakat qilaman”, dedi, marhum imom-noibning ayoli.

 Ummu Sa'iyd binti Murra Fihriydan, u otasidan rivoyat qilinadi:      «Nabiy sollallohu alayhi vasallam:    «O'z etimini yoki begonaning  etimni kafolatiga olgan, agar Allohga taqvo qilsa, men bilan jannatda mana bunday bo'ladi», deb ikki barmoqlariga ishora qildilar».

Mazkur xayrli tadbirda xizmati va saxovati bilan ishtirok etgan barcha saxiy insonlarni Alloh taoloning O'zi mukofotlasin!

“Yaxshilikning mukofoti, faqat yaxshilikdir”!

 

Vaqf xayriya jamoat fondi matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Ikki payg‘ambar duosi

12.06.2026   5538   1 min.

Ustoz Habibulloh domla Abdulg‘affor
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi bosh mutaxassisi,
Toshkent islom instituti katta o‘qituvchisi