Sayt test holatida ishlamoqda!
27 Noyabr, 2026   |   17 Jumadul soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
06:01
Quyosh
07:20
Peshin
12:16
Asr
15:15
Shom
16:59
Xufton
18:16
Bismillah
27 Noyabr, 2026, 17 Jumadul soni, 1448

09.11.2023   1520   1 min.
Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Turkiy davlatlar muftiylari kengashi faoliyati va kelgusi rejalar muhokama qilindi

26.11.2026   9647   1 min.
Turkiy davlatlar muftiylari kengashi faoliyati va kelgusi rejalar muhokama qilindi

Turkiya safari mobaynida muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibi Mirvohid Azimov bilan muloqot o‘tkazdilar. Uchrashuvda davlatlar rahbarlari sa’y-harakatlari natijasida xalqlar birligini mustahkamlash, hamkorlikni rivojlantirish borasida salmoqli qadamlar tashlanayotgani e’tirof etildi.

Mazkur tuzilma tarkibidagi Turkiy davlatlar muftiylari kengashining bugungi faoliyati, erishilgan salmoqli natijalar, shuningdek, oldinda turgan ustuvor vazifalar muhokama qilindi. Ayniqsa, Kengash huzuridagi Fatvo hay’ati zamonaviy masalalarga yechim topishda faollik ko‘rsatayotgani e’tirof etildi.

Shu bilan birga, an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan xalqaro ilmiy anjumanlar, dolzarb mavzulardagi mushtarak bayonotlar hamda tajriba almashish dasturlari muhim ahamiyat kasb etayotgani qayd etildi.

O‘zbekiston tomoni taklif etgan va qardosh davlatlar muftiylari tomonidan ma’qullangan Muftiylar kengashi huzurida «Diniy ta’lim muassasalari ilmiy hay’ati»ni tuzish ishlarini tezlashtirish va faoliyatini yo‘lga qo‘yish kabilar ham muhokama qilindi.

Suhbatda Davlatimiz Rahbari rahnamoliklarida 500 yillik tarixga ega bo‘lgan Mir Arab madrasasining maqomini dunyoga mashhur al-Azhar majmuasi darajasiga olib chiqish chora-tadbirlari, murakkab davrda turli tahdidlarga munosabatlar e’lon qilish, yoshlar ta’lim-tarbiyasiga alohida e’tibor qaratish, shuningdek, sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar imkoniyatlaridan oqilona foydalanish, qo‘shma fatvolar to‘plamini nashr etish va ularni keng ommaga yetkazishga alohida urg‘u qaratildi.

Uchrashuv yakunida Muftiy hazratlari Mirvohid Azimovni mas’uliyatli lavozimga tayinlangani bilan qutlab, faoliyatiga muvaffaqiyatlar tiladi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari