Sayt test holatida ishlamoqda!
15 Iyul, 2025   |   20 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:22
Quyosh
05:03
Peshin
12:34
Asr
17:40
Shom
19:59
Xufton
21:32
Bismillah
15 Iyul, 2025, 20 Muharram, 1447

BIRLAShGAN MILLATLAR TAShKILOTI VA O'ZBYeKISTON

02.03.2021   2736   9 min.
BIRLAShGAN MILLATLAR TAShKILOTI VA O'ZBYeKISTON

 (2 mart 1992 yildan beri bayrog'imiz BMTda) 

 

“Ey imon keltirganlar! Yoppasiga itoatga

kirishingiz va shaytonning izidan ergashmangiz!

Albatta u sizlarga aniq dushmandir”.

Qur'oni Karim, Baqara surasi 208 oyat

 

Birlashgan Millatlar Tashkiloti (ingliz.United Nations) BMTYer yuzida tinchlikni va xavfsizlikni ta'minlash, davlatlarning va millatlarning o'zaro xamkorligini rivojlantirish maqsadida 1945 yil 24 oktyabrda fashizm ustidan g'alaba qozongan mustaqil davlatlarning ixtiyoriy birlashish asosida tuzilgan eng yirik xalqaro tashkilot.

BMT Ustavida ko'rsatilgandek, u xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlash, xalqlarning tengxuquqlili bo'lishi va o'z taqdirini o'zi belgilashi qoidasiga amal qilib, millatlar o'rtasida do'stlik munosabatlarini rivojlantirishni, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy muammolarni xal etishda xalqlar o'rtasida xamkorlik bo'lishini ta'minlashni ko'zda tutib, shu umumiy maqsadlarga erishishda millatlar xarakatini uyg'unlashtirib turadigan markazi xisoblanadi.

 

 

BMT Ustavi – barcha davlatlar rioya etilishi shart bo'lgan yagona xalqaro xujjatdir.

Bugungi kunda er yuzida 270 dan ortiq mamlakat mavjud bo'lib, ulardan 193 tasi BMTga a'zo bo'lgan.

O'zbekiston Respublikasi 1992 yilning 2 martida BMTga a'zo bo'ldi. Dunyodagi eng nufuzli tashkilot bo'lmish BMTning Bosh Assambleyasi binosi oldida O'zbekiston Respublikasining Davlat bayrog'i shu kuni 2 mart 1992 yildan beri yuqoriga samoga ko'tarilgan. 1993 yilning 24 avgustida BMTning Toshkentdagi vakolatxonasi ochildi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining va Birlashgan Millatlar Tashkilot taraqqiyot Dasturining O'zbekistondagi doimiy vakili xamda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoyishiga binoan O'zbekiston Respublikasining Birlashgan Millatlar Tashkiloti (N'yu-York shahri) dagi doimiy vakili faoliyat yuritadilar.

O'zbekiston Respublikasi BMTning teng xuquqli a'zosi sifatida bu eng nufuzli xalqaro tashkilotning maqsad va qoidalariga qat'iy amal qilib kelmoqda.

1948 yil 10 dekabrda Bosh Assambleyasi Inson xuquqlari Umumjaxon Deklaratsiyasini e'lon qildi va qabul qildi. “Har bir odam uchun insonning umumiy xuquqlari ilk bor o'z ifodasini topgan ushbu xujjat bugungi kunda 360 dan ortiq tilda chop etilgan va jaxondagi eng ko'p tarjima qilinadigan xujjat xisoblanadi. Bu uning universal xususiyatga ega ekanligi va keng tarqalishidan dalolatdir. Mazkur xujjat ko'plab yangi, mustaqil davlatlar konstitutsiyalari va yangi demokratiyalar uchun namuna bo'lib xizmat qilmoqda, ongimizda ezgulik va yovuzlik xaqida fikr yuritish imkonini beradigan mezonga aylandi,” – deb tarifladi BMTning Bosh kotibi.

Ushbu deklaratsiya mustaqil O'zbekiston Respublikasi imzolagan eng birinchi xalqaro xujjatdir. 1991 yil 30 sentyabr'. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining “Inson va fuqarolarning asosiy xuquqlari, erkinliklari va burchlari” deb atalgan ikki bo'limi mazkur deklaratsiya talablariga to'la mos bo'lib, unda O'zbekiston Respublikasi barcha fuqarolari teng xuquq va erkinliklarga ega bo'lishi, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqesidan qatiy nazar, qonun oldida tengligi ta'minlangan. Respublikamizda inson xuquqlariga oid yuzdan ortiq qonunlar qabul qilingan va ular xalqaro me'yorlar va andozalarga muvofiqlashtirilgan.

BMT Bosh Assambleyasida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti muxtaram Prezidentimiz tomonlaridan mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlik muammolarini hal etish yo'l-yo'rig'i dunyo miqyosidagi muammolar bilan birga qo'shib ochib berildi. Hamda O'zbekistonning keng ko'lamli hamkorlikka oid hamma takliflarida uni BMT faoliyati va bu tashkilotning ixtisoslashgan muassasalari orqali amalga oshirish tamoyillari ilova qilindi.

 

Hammamizning xabarimiz bor, Muhtaram Prezidentimiz o'z nutqlarida muborak Islom dinimizning asl insonparvarlik mohiyatini butun jahon jamoatchiligiga etkazish oldimizda turgan muhim vazifa ekanini alohida qayd etdilar.

Davlatimiz rahbari BMT Bosh Assambleyasining 72­-sessiyasida jaxonning eng yuqori minbaridan turib, mustaqil O'zbekiston tashqi siyosatining ma'naviy yo'nalishi insonparvarlik, insoniylik, oshkoralik, xurriyat, o'z imkoniyatlariga tayanish va insoniyatning yagona oilasida o'z taraqqiyot yo'liga ega bo'lishligini ta'kidlab, bayon qildilar.

Shuningdek,  davlatimiz Rahbari aslida Islom dini ezgulik va tinchlikka, asl insoniy fazilatlarga rioya etishga da'vat etishini alohida ta'kidlab o'tdilar. Jumladan, Muhtaram Prezidentimiz shunday dedilar: «Biz butun jahon jamoatchiligiga Islom dinining asl insonparvarlik mohiyatini etkazishni eng muhim vazifa, deb hisoblaymiz. Biz muqaddas dinimizni azaliy qadriyatlarimiz mujassamligining ifodasi sifatida behad qadrlaymiz. Biz muqaddas dinimizni zo'ravonlik va qon to'kish bilan bir qatorga qo'yadiganlarni qat'iy qoralaymiz va ular bilan hech qachon murosa qila olmaymiz. Islom dini bizni ezgulik va tinchlikka, asl insoniy fazilatlarni asrab-avaylashga da'vat etadi”.

 

Birlashgan Millatlar Tashkiloti – tinchlikni va xalqaro xavfsizlikni qo'llab quvvatlash, davlatlararo xamkorlikni rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan universal tashkilotdir.

BMT har bir insonni xuquqlarini qo'llab quvvatlash, kengaytirish va ximoya qilish majburiyatini o'z zimmasiga olgan dunyodagi yagona tashkilot sifatida dunyoning “umujaxon parlamenti” sifatida kalendarning ma'lum bir kunini insoniyat uchun, xalq uchun, umumjamiyat uchun zarur bo'lgan masalalarga bag'ishlab qo'ygan.

“Dinlararo bag'rikenglik xaftasi”, “Saraton bilan kurashish xalqaro kuni”, “Halqaro ijtimoiy adolat kuni”, “Halqaro ona tili kuni” fevral' oyida. Mart oyida “Kamsitishga nol' kuni”, “Halqaro yovvoyi tabiat”, “Halqaro irqiy kamsitilishni bartaraf etish kuni”, “Irqchilik va irqiy kamsitilishlarga qarshi kurashayotgan xalqlar bilan birdamlik xaftasi”, “Halqaro sil kasalligiga qarshi kurashish kuni”, “Halqaro inson xuquqlari poymol bo'lishida xaqiqatni o'rnatish kuni”. Aprel' oyida “xalqaro sport, tinchlik va taraqqiyot yo'lida kuni”, “Yo'l harakatlarida sodir etilgan xodisalarda xalok o'lganlarni xotiralash kuni”, iyun' oyida “Halqaro atrof muxitni muxofaza qilish kuni”, “Halqaro qochoqlar kuni”, “Giyohvandlikka qarshi kurashish kuni”, “Halqaro muruvvat kuni”, sentyabr' oyida “Halqaro tinchlik kuni” bo'lib deyarli 365 kun insonlarning turli muammolarini engillashtirishda, ba'zi muammolarni echilishida o'z samarasini bermoqda.

BMT o'z taraqqiyot dasturini amalga oshirishda dunyoning turli chekkalarida va er yuzining barcha mintaqalarida BMTning ko'plab ixtisoslashgan tashkilotlari va muassasalari orqali ham tinchlikni saqlashda, insonlar hayotidagi muammolarni bartaraf etishda salmoqli hissa qo'shib kelmoqda. Zero Birlashgan Millatlar Tashkilotining XIX ta boblaridagi 111 ta moddalarining barchalari ham er yuzida xalqlararo tinchlik va xavfsizlikni barpo etish bilan yo'g'irilgan.

BMT Ustavida ta'kidlangan xalqaro tinchlik va xavfsizlikni barpo etishda O'zbekiston Respublikasining hissasi beqiyos va betakror. Jannatmakon yurtimizni tinchligi, muqaddas Vatanimiz ravnaqi, dono xalqimiz salomatligi va farovonligi, muborak dinimiz kamoli va masjidu madrasalarimiz obodligi uchun muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev raxnamoliklarida  xukumatimiz,  Diniy idoramiz rahbariyati tomonlaridan oqilona olib borilayotgan xayrli, savobli ishlarni amalga oshirish maqsadida viloyatlarimiz raxbarlari hamda shahar, tuman rahbarlarining boshchiliklarida istiqlolimiz sharofati bilan mehnatkash xalqimiz ko'p ishlarni amalga oshirdi va shu olijanob islohotlar xali xamon bajarilib kelinmoqda. Bunga dunyo tan bermoqda...

Ibrohimjon INOMOV,

O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi o'rinbosari  

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Sarmoyasi erib ketayotgan odamga rahm qiling

14.07.2025   1951   2 min.
Sarmoyasi erib ketayotgan odamga rahm qiling

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.

 

Sarmoyangiz umringizdir...

Alloma Ibn al-Javziy o‘zining «Mudahish» nomli kitobiga bunday yozadi:

Bir kishi bor edi, u bozorda muz sotardi. Ovozini chiqarib bunday derdi: Sarmoyasi erib ketayotgan odamga rahm qilinglar!”.

Bu kishi odamlarning yuragini yumshatib, ulardan muz sotib olishlarini so‘rardi. Chunki u sotadigan muz — vaqt o‘tishi bilan erib ketardi. Agar u muzini tezda sotib ulgurmasa, butun sarmoyasi yo‘q bo‘lib ketadi. Shuning uchun u bor ovozi bilan: Sarmoyasi erib ketayotgan odamga rahm qiling!”.

Muzlab qolgan suvning har bir tomchisi sizning tark etgan umr lahzangiz kabidir, u endi hech qachon qaytmaydi.

 

Hayotingizdagi sanoqli kunlardan foydalaning…

Solihlardan biri aytadi: «Men “Asr” surasini yigirma yil o‘qidim, lekin uning ma’nosini tushunmasdim. “Nima uchun Alloh inson tabiatan ziyonda deb aytyapti va buni qasam bilan ta’kidlayapti?” deb o‘ylardim.

Keyin esa Alloh ziyondan najot topganlarni to‘rtta sifat bilan istisno qiladi:

– iymon keltirganlar,

– solih amal qilganlar,

– haqqa da’vat etganlar,

– sabrni tavsiya qilganlar.

Shunda men “Asr” surasidagi qasamning ma’nosini angladim: “Dunyodagi eng katta sarmoya bu – umringiz. Umringizdan o‘tgan har bir lahza erib ketgan muz kabi qaytib kelmaydi. Shuning uchun sarmoyangizni ehtiyot qiling! U siz yashab turgan vaqtdir. Ajal yetishidan avval tiriklik fursatidan foydalaning».

Alloh umrimizni uzun va xotimamizni chiroyli qilsin.

Sarmoyangizni o‘g‘irlayotganlarga e’tibor bering!

Har birimiz sarmoyamiz ya’ni vaqtimizni kim yoki nimalar zoye qilayotganini yaxshi bilamiz.

Allohni zikr qilishdan yoki U Zotga va Rasuliga itoat qilishdan boshqa narsa bilan vaqtni zoye qilmang.

Unutmang, sarmoyangiz — umringiz!

 

Maqsudali domla QOSIMOV,
Xo‘jaobod tumani Yetti chinor jome masjid imom-xatibi.