Sayt test holatida ishlamoqda!
22 Oktabr, 2025   |   30 Rabi`us soni, 1447

Toshkent shahri
Tong
05:24
Quyosh
06:43
Peshin
12:12
Asr
15:49
Shom
17:36
Xufton
18:48
Bismillah
22 Oktabr, 2025, 30 Rabi`us soni, 1447

Vaqf fondi Nukusdagi madrasa talabalari uchun 1 oylik oziq-ovqat mahsulotlarini xayriya qildi

02.03.2021   1978   1 min.
Vaqf fondi Nukusdagi madrasa talabalari uchun 1 oylik oziq-ovqat mahsulotlarini xayriya qildi

Avval xabar berganimizdek, Vaqf xayriya jamoat fondi rahbari Yahyo qori Abdurahmonov xayriya tadbirlari o'tkazish maqsadida Qoraqalpog'iston Respublikasiga tashrif uyushtirgan edi.

Tashrifning ilk manzili Nukus shahridagi Muhammad al Beruniy o'rta maxsus islom bilim yurti bo'ldi.

Madrasada o'tkazilgan uchrashuv chog'ida  Ya.Abdurahmonov,  bilim yurtining iqtidorli 6 nafar talabalariga to'lov shartnomalari uchun homiylarni hisobidan  moddiy yordamlar taqdim etdi.

Shuningdek, tashrif davomida, madrasa ustoz-murabbiylari va talabalarining 1 oylik tushlik hamda kechki ovqatlar uchun zarur bo'lgan oziq-ovqat mahsulotlari saxovatpesha vatandoshlarimiz ko'magida xayriya qilindi.

Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: 

“Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam: “Gunohlarning kechirilishiga sabab bo'ladigan ish – musulmonning qalbiga xursandchilik kiritish, qornini to'ydirish va mashaqqatini engillatishdir”, – dedilar” (Horis ibn Abu Umoma rivoyati).

Mazkur xayrli ishga xizmat va ehsoni bilan hissa qo'shgan barcha vatandoshlarimizni Alloh taolo mukofotlasin! 

 

Vaqf xayriya jamoat fondi matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Juma kuni tutsa bo‘ladimi?

20.10.2025   3144   1 min.
Juma kuni tutsa bo‘ladimi?

Savol: Dovud alayhissalom ro‘zasi haqida tushuncha bersangiz, uni juma kuni ham tutsa bo‘ladimi?

Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Dovud alayhissalom ro‘zasi haqida Imom Buxoriy rahimahulloh quyidagi hadisni rivoyat qilganlar:

Abul Abbos Makkiy aytadi: “Men Abdulloh ibn Amr ibn Oss roziyallohu taolo anhumoning shunday deganini eshitdim: “Nabiy sollallohu alayhi vasallam menga: “Sen doimo ro‘za tutar va kechalari ibodat qilar ekansan?” – dedilar. Men: “Ha”, dedim.

U zot alayhissalom: “Agar sen shunday qilsang, ko‘zing zaiflashib, nafsing toliqadi. Kim yil bo‘yi ro‘za tutsa, ro‘za tutmabdi. Har oyda uch kun ro‘za tutish – yil bo‘yi ro‘za tutish kabidir, dedilar.

“Men bundan ham ko‘prog‘iga qodirman”, dedim.

U zot alayhissalom: “Unda Dovud alayhissalomning ro‘zasini tut, u kishi bir kun ro‘za tutar va bir kun og‘zi ochiq bo‘lar hamda dushmanga yo‘liqqanda qochmas edi”, dedilar.

Kimdir mazkur hadisga amal qilib, Dovud alayhissalom ro‘zasini tutayotganda uning ro‘zasi juma kuniga to‘g‘ri kelib qolsa, hech karohiyatsiz joiz bo‘ladi.

Kishining nafl ro‘za tutishga odatlangan kunlari yoki Ashuro kuni kabi fazilatli ro‘zalar juma, shanba yoki yakshanba kunlaridan biriga to‘g‘ri kelib qolsa, shu kuni ro‘za tutishi durust bo‘ladi. Vallohu a’lam.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.