20000 musulmon namozxonlar Quddusdagi Al-Aqso masjidida Isroil Okkupatsiya Ma'muriyatining (IOA) qat'iy choralari ostida juma namozini o'qidilar.
Masjid voizi Shayx Yusuf Abu Sheina xutbada IOA ning Quddusda va Al-Aqso masjidida nazorat choralari kuchayishi to'g'risida ogohlantirgan.
O'z navbatida, Quddusdagi Islom vaqflari bo'limi masjid eshiklari va hovlilariga soqchilar va ko'ngillilarni joylashtirib, musulmon namozxonlarni masofani saqlashlarini va namoz paytida niqobda bo'lishlarini nazorat qildi.
islom.uz
Bismillahir Rohmanir Rohiym
Birinchi atirgul: Eslang, Robbingiz istig‘for aytganlarni kechiradi va tavba qilganlarning tavlabalarini qabul qiladi.
Ikkinchi atirgul: Zaiflarga rahm qiling baxtli bo‘lasiz, muhtojlarga yordam bering orzularingiz amalga oshadi va g‘azab ortidan ergashmang omonda bo‘lasiz.
Uchinchi atirgul: Yaxshilik umidida bo‘ling, Alloh siz bilan. Farishtalar sizga istig‘for aytmoqda va jannat sizni kutmoqda.
To‘rtinchi atirgul: Robbingiz xususida chiroyli gumon qilib ko‘z yoshlaringizni arting va Alloh sizga bergan ne’matlarni eslab, g‘amlaringizni quvg‘in qiling.
Beshinchi atirgul: Dunyo biror kishi uchun mukammal bo‘lmagan. Yer yuzida biror kishi barcha xohlagan narsasiga erishib, har qanday g‘am-tashvish uni chetlab o‘tgan deb o‘ylamang.
Oltinchi atirgul: Xuddi xurmo daraxti kabi himmati oliy, aziyatlardan yiroq va tosh otilsa mevalari to‘kiladigan bo‘ling.
Yettinchi atirgul: Mahzunlik o‘tgan narsani qaytarishini va g‘am chekish xatoni to‘g‘irlashini eshitganmisiz? Shunday ekan, mahzunlik va xafalikning nima keragi bor?!
Sakkizinchi atirgul: Qiyinchilik va sinovlarni kutmang, omonlik, salomatlik va ofiyatni kuting. Inshaalloh u keladi.
To‘qqizinchi atirgul: Sizga yomonlik qilganlarga afv e’lon qilib, qalbingizdagi barcha adovat va nafratni o‘chirib tashlang.
O‘ninchi atirgul: G‘usl, tahorat, xushbo‘ylik, misvok qilish va tartib barcha xafalik va siqilishni yenguvchi malhamdir.
Doktor Oiz Qarniyning
"Dunyodagi eng baxtli ayol" kitobidan