— Qiyomat kuni hayvonlarning holi nima bo'ladi? Ular ham savol javob qilinadi-mi?
— Hadislarda kelishicha, qiyomat kuni hammaning hisob-kitobi bo'lar ekan. Bu dunyoda zulm o'tkazgan hayvonlardan mazlum hayvonlarga o'ch olib berilganidan so'ng, ularning barchasi tuproqqa aylantirilar ekan. Buni ko'rib, do'zax azobidan xoru zor bo'lib turgan do'zaxiylar “Koshki edi, hayvonlarga o'xshab, tuproq bo'lib ketsam”, deb orzu qilar ekanlar. Lekin bu orzu hech qachon ushalmaydi.
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Albatta, qiyomat kuni haqlarni o'z ahliga ado qilursiz. Hattoki, shoxli qo'ydan shoxsiz qo'yga o'ch olib beriladi”, dedilar (Imom Muslim, Imom Termiziy rivoyati).
Sharh: Bu dunyoda ba'zi bir yomonlar o'z yomonligining ba'zisining jazosidan qutulib qolishi mumkin. Ammo qiyomat kuni hech bir haq zoye bo'lmaydi. Har bir narsa o'z o'rnini topishi muqarrar. Bunda faqat odamlar orasidagi haq-huquqlargina emas, balki barcha maxluqotlar orasidagi haq-huquqlar ham o'z egasini topadilar. Hattoki, bu dunyoda o'zining shoxi borligidan foydalanib, shoxsiz qo'yni suzgan qo'ydan ham o'ch olinadi. Bas, shunday ekan, odam bolalari ham o'zlarining “shox”larini ishga solib, o'zgalarning haqqini poymol qilishga urina ko'rmasinlar (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a'lam!
Muhammad Ayyub HOMIDOV
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 80-sessiyasida so‘zlagan nutqida mamlakatimiz islom ma’rifati g‘oyalarini chuqur o‘rganish va butun dunyoda keng targ‘ib qilishni davom ettirishini ta’kidladi.
"Biz jamiyatimizdagi bag‘rikenglik siyosatini izchil amalga oshirmoqdamiz. Shu bilan birga, islom ma’rifati g‘oyalarini chuqur o‘rganish va dunyoga targ‘ib etish bo‘yicha sa’y-harakatlarimizni faol davom ettiramiz!", - dedi davlat rahbari.
Uning so‘zlariga ko‘ra, yaqin oylarda keng mintaqamiz uchun noyob bo‘lgan Islom sivilizatsiyasi markazi ochiladi.
"Buyuk ajdodlarimiz – mutafakkir allomalar Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiyning boy ma’naviy va ilmiy merosining alohida taqdimotini Birlashgan Millatlar Tashkilotida o‘tkazish niyatidamiz", - ta’kidladi O‘zbekiston yetakchisi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati