Sayt test holatida ishlamoqda!
03 Iyul, 2025   |   8 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:10
Quyosh
04:55
Peshin
12:32
Asr
17:42
Shom
20:04
Xufton
21:40
Bismillah
03 Iyul, 2025, 8 Muharram, 1447

«Deutschlandfunk»: Ibn Sinoning "Tib qonunlari" asari tibbiy ta'limning asosi

27.02.2021   1559   3 min.
«Deutschlandfunk»: Ibn Sinoning

Buyuk olim Abu Ali Ibn Sino ilmiy merosining tarixiy ahamiyati hamon dunyo jamoatchiligining katta e'tiborini tortib kelmoqda. Jumladan, Germaniyaning etakchi «Deutschlandfunk» («Germaniya radiosi») radiosi sayti Ibn Sino dahosiga murojaat qilib, uning hayoti va ilmiy qarashlariga bag'ishlangan navbatdagi maqolani e'lon qildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA.

Materialda mintaqamizda islom dinining ilm-fan va madaniy-ma'rifiy hayot rivojiga qo'shgan hissasi, ushbu davrda etishib chiqqan allomalar, xususan, Ibn Sinoga oid ma'lumotlar bayon qilingan.

«Islom dini tarixi falsafa, madaniyat va ilm-fanning gullab yashnashi bilan ajralib turadi. Milodiy 8 asrning o'rtalarida zamonaviy Markaziy Osiyoda «oltin davr» boshlangan. Ko'pincha u “Islom Renessansi” deb ham ataladi. Ushbu davrda etishib chiqqan olim, yozuvchi va san'at arboblari jahon ilm-fani va madaniyati taraqqiyotiga ulkan hissa qo'shgan. Ulardan biri dunyoda Avitsenna nomi bilan mashhur bo'lgan Abu Ali Husayn ibn Abdulloh ibn al-Hasan ibn Ali ibn Sinodir. U 980 yilda zamonaviy O'zbekiston hududidagi Buxoro shahriga yaqin joyda tug'ilgan. Ibn Sino ilm o'rganish uchun o'sha davrdagi yirik kutubxonalar imkoniyatlaridan keng foydalangan. Ushbu kutubxonalarda u qadimgi Rim shifokori Galen, matematik Evklid va faylasuf Arastu asarlarini chuqur o'rgangan», deb ta'kidlanadi materialda.

Myunxen Lyudvig Maksimilian universitetining antik davr va arab falsafasi bo'yicha professori Piter Adamson Ibn Sinoga quyidagicha ta'rif beradi: «Ibn Sino Islom Uyg'onish davrida qadimgi yunon faylasufi Arastuning timsoliga aylangan. U yangi turdagi mutafakkirni o'zida mujassam etgan».

Piter Adamson uchun Ibn Sino O'rta asrlarning eng nufuzli faylasuflaridan biridir. Uning so'zlariga ko'ra, shuning uchun ham buyuk allomaning fikrlari va so'z boyligi bugungi kungacha islom olami falsafasi va tasavvufidan munosib o'rin olib kelmoqda.

«Ibn Sino bolaligidanoq g'ayrioddiy qobiliyatga ega bo'lgan. 10 yoshida Qur'onni yod bilgan va ko'plab ilmiy adabiyotlar bilan tanishgan. 16 yoshida tibbiyotga qiziqqan va 18 yoshida esa etuk tabib bo'lib etishgan. Ibn Sinoning o'zi tibbiyotni «qiyin ilm» deb hisoblamagan, aksincha - u mazkur soha sirlarini osonlikcha o'zlashtirgan. U shu qadar iste'dodli ediki, tib san'ati unga umrining oxirigacha turli hukmdorlar shaxsiy shifokori sifatida faoliyat yuritib, mo'may daromad topish imkoniyatini bergan. Ibn Sinoning dunyoga mashhur «Tib qonunlari» asari 19 asrgacha tibbiy ta'limning asosi bo'lib xizmat qilgan», - deb yozadi Deutschlandfunk.

Ma'lumot uchun, «Deutschlandradio» radiokompaniyasi tarkibiga kiradigan «Deutschlandfunk» milliy radiostantsiyasi eshittirishlari 1962 yildan beri efirga uzatila boshlangan.

O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

OAV xodimlari kuni tadbirlarida munosib ishtirok etildi

02.07.2025   2635   1 min.
OAV xodimlari kuni tadbirlarida munosib ishtirok etildi

27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan zamonaviy media-makonda so‘z va axborot erkinligini ta’minlash, davlat organlari faoliyatini yoritib borish ishlarini yanada samarali tashkil etish maqsadida Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan bir qator vazirlik hamda idoralar bilan hamkorlikda davlat organlari va tashkilotlari matbuot kotiblari uchun joriy yilning 30 iyun – 2 iyul kunlari Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida "Axborot xizmatlari faoliyati: ochiqlik, tezkorlik va xolislik bosh mezon" mavzusida V milliy konferensiya tashkil etildi. Unda O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot kotibi ham qatnashdi.

Konferensiya doirasida o‘tkazilgan “Media Quiz”da 9 ta jamoa 5 ta raundda turli sohaga oid yo‘nalishlarda bilimlarini sinashdi. Bilim-ring natijalariga ko‘ra uchta jamoa g‘olib deb topildi va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi. Uch kun mobaynida o‘tkazilgan tadbirlar nihoyasiga yetdi.

***

Shuningdek, Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan o‘tkazilgan “Zakovat” intellektual o‘yinida Muslim.uz jamoasi ham munosib ishtirok etdi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

OAV xodimlari kuni tadbirlarida munosib ishtirok etildi OAV xodimlari kuni tadbirlarida munosib ishtirok etildi OAV xodimlari kuni tadbirlarida munosib ishtirok etildi OAV xodimlari kuni tadbirlarida munosib ishtirok etildi
O'zbekiston yangiliklari