O'zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi hamda Qoraqalpog'iston musulmonlari qoziyoti Ulamolari Kengashi diniy sohada ko'p yillar samarali xizmat qilgan Qoraqalpog'iston musulmonlari qoziyotining sobiq qozisi Qidirniyoz domla Alimbetovning vafoti munosabati bilan chuqur ta'ziya izhor etadi.
Rahmatli Qidirniyoz domla eng og'ir va sinovli yillarda Qoraqalpog'iston Respublikasi hududidagi masjidlar faoliyatini yaxshilash va imom-xatiblar faoliyatini jonlantirish borasida sa'y-harakatlar qilgan edilar.
O'zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi ushbu musibatga chin qalbdan sherik ekanini izhor etadi. Barchamizni Alloh taolo yaratgan. Taqdirlarimizni ihota qiluvchi yagona Zot ham faqatgina Robbimizning O'zidir. Qur'oni karimda: “…Albatta, biz Allohning ixtiyoridamiz va albatta, biz Uning huzuriga qaytuvchilarmiz…” (Baqara, 156) deyilgan.
Alloh taolo oxirat safariga kuzatilayotgan bu din xizmatchisini mag'firatiga olsin, yaqinlariga sabru jamil berib, qazoi qadarini imon ila, rozilik ila qarshi olganlar qatorida ajru mukofotlar ato etsin.
Hadisi qudsiylardan birida aytiladi: “Ey Odam farzandi! …Albatta, Men sizlarning suratingizga ham, chiroyingizga ham qaramayman. Balki qalbingizga qarayman va sizlardagi yaxshi xislatlardan rozi bo'laman”. Rahmatli Qidirniyoz domla ham ana shunday yaxshi xislatlar egasi edi.
Haq taolo marhum olimning ahli oilasi, farzandu arjumandlari va yaqinlariga chiroyli sabr berib, bu musibatlarini yaxshiliklar ila to'ldirsin. Biz Buyuk Parvardigordan duo qilib so'raymizki, marhum olimni o'zining cheksiz rahmatiga olsin, jannat bog'lariga doxil etsin.
Innaa lillaahi va innaa ilayhi roji'uun.
O'zbekiston musulmonlari idorasi,
Qoraqalpog'iston musulmonlari qoziyoti
Bugun Qozog‘iston poytaxtida boshlangan VIII Jahon va an’anaviy dinlar yetakchilari qurultoyi kuchayib borayotgan geosiyosiy qarama-qarshilik sharoitida turli din yetakchilarini birlashtirishni maqsad qilgan.
– Forumda O‘zbekiston delegatsiyasining ishtiroki qanday ahamiyatga ega? Mamlakatimiz qaysi tashabbuslar bilan chiqish niyatida?
– Tadbir doirasida ko‘plab muhim masalalar – ekstremizmning oldini olish, dinlararo muloqot va raqamli texnologiyalar ta’siri muhokama qilinmoqda. O‘zbekiston ayni jarayonlarda qanday tajriba bilan o‘rtoqlashishi mumkin?
– Qozog‘iston Prezidenti o‘z nutqida iqlim o‘zgarishi va sun’iy intellekt kabi yangi global chaqiriqlarni diniy va ma’naviy nuqtayi nazardan baholashga harakat qildi. Mamlakatimiz ulamolari bu masalalarga qanday munosabat bildiradi?
– Yurtimizda keyingi yillarda diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlikni ta’minlash bo‘yicha qator islohotlar amalga oshirildi. Mazkur islohotlar natijasi qay jabhalarda namoyon bo‘lyapti?
Savollarimizga anjuman qatnashchisi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon Ishmatbekov atroflicha javob berdi.
Delegatsiyamiz vakili Toshkent shahrida qadim me’moriy an’analarimiz asosida bunyod etilayotgan Islom sivilizatsiyasi markazi faoliyatiga ham to‘xtaldi.
Suhbatni YouTube tarmog‘imizda quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin:
Behruz Xudoyberdiyev suhbatlashdi.
Nishonboy Abduvoitov (video),
O‘zA