Hakmada qishlog'idagi tarixiy masjid hududida geologik tadqiqot ishlari boshlandi. Bu haqda "Grozniy-inform" axborot agentligi Checheniston Respublikasi Madaniyat vaziri o'rinbosari-Baudi Daayevga asoslanib xabar bermoqda.
Hakmadada Checheniston Respublikasi hududida qurilgan birinchi masjidlardan biri joylashgan. "Hakmada" masjidi XIX asr me'moriy yodgorligiga mansub. Sharoy tumanida, Sharo-Argunning o'ng irmoqlari bo'lgan Hakmadoy va Mel'chixi kichik daryolari hosil qilgan ulkan burunning sharqiy qismida joylashgan.
Hakmada qishlog'i masjidi diniy madaniy meros ob'ektida barcha geologik tadqiqot ishlari bilan loyihalash va smeta hujjatlarini ishlab chiqish jarayoni allaqachon boshlangan. XIX asr Hakmada tarixiy-me'moriy majmuasidagi ishlar 2023 yilgacha to'liq qayta tiklash reja qilingan", dedi Checheniston Respublikasi Madaniyat vaziri o'rinbosari-Baudi Daayev.
Unga ko'ra, masjid binosi mahalliy standartlar bo'yicha juda katta to'rtburchakli inshoot bo'lib, ohak ustiga yaxshi ishlov berilgan toshdan yasalgan. Ikki qavatli masjidning maydoni 13.05 x 15.30 metr. Mehrobning balandligi 1,90 metr. Mehrobning o'ng va chap tomoniga-ikkita deraza tirqishi, 1-qavatda-to'rtta deraza tirqishi, devorning butun maydoni bo'ylab bir tekis joylashtirilgan.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Samarqand viloyatida imom-xatib va imom-noiblar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish va hamjihatlikni mustahkamlash maqsadida voleybol, shaxmat-shashka hamda stol tennisi bo‘yicha viloyat bosqichi musobaqalari o‘tkazildi.
Tadbirda Samarqand viloyati bosh imom-xatibi o‘rinbosarlari Xayrullo domla Sattarov, Nursultonxon domla Abdumannonov, viloyat hokimi o‘rinbosari B. Karimov, shahar va tuman bosh imom-xatiblari hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Qizg‘in, biroq o‘zaro hurmat va axloq qoidalariga rioya qilingan holda o‘tgan bahslar yakuniga ko‘ra g‘olib va sovrindorlar quyidagicha aniqlandi:
Voleybol bo‘yicha:
1-o‘rin — Kattaqo‘rg‘on tumani jamoasi
2-o‘rin — Payariq tumani jamoasi
3-o‘rin — Bulung‘ur tumani jamoasi
Shaxmat bo‘yicha:
1-o‘rin — Doniyev Qulmurod (Paxtachi tumani “Xo‘ja Ziyovuddin” jome masjidi imom-noibi)
2-o‘rin — Elmurodov Muzrob (Narpay tumani “Xo‘ja Qo‘rg‘on” jome masjidi imom-xatibi)
3-o‘rin — Maxmatoirov Bahrullo (Urgut tumani “Hoji O‘rinboy” jome masjidi imom-xatibi)
Stol tennisi bo‘yicha:
1-o‘rin — Matlabov Muhammad Bobur (Urgut tumani “Ispanza” jome masjidi imom-noibi)
2-o‘rin — Abrorov Jahongirxon (Samarqand shahar “Xo‘ja Safoyi Valiy” jome masjidi imom-noibi)
3-o‘rin — Xodixonov Kamoliddin (Qo‘shrabot tumani “Ne’matulla xo‘ja” jome masjidi imom-xatibi)
Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Ushbu tadbir diniy xodimlar o‘rtasida nafaqat jismoniy baquvvatlikni, balki sabr, intizom, birodarlik va o‘zaro hurmat kabi islomiy fazilatlarni mustahkamlashga xizmat qildi.
Sammuslim.uz