“E'tiqodiyya” bo'limida Bobur Ahli sunnat val-jamoat aqiydasining muhim qoidasini bayon etib, din ishida ko'p ehtirom zarurligini uqtiradi:
Din ishig'a ko'p ehtirom kerak,
Olam ahli aro imom kerak.
Loyiq ermas bu ishga o'zga kishi,
Kerak ushbu imomingiz qurayshiy.
Keyin shari'atda imom yoki xalifa deyilgan bu podshohga itoat zarurligini, magar gunoh ishga buyurganda, bu itoat etmaslikka sabab bo'lishini ta'kidlaydi.
Halq aro kimki podshohdurur,
Toatin qilmasang, gunohdurur.
Magar ul ishki, ma'siyat bo'lg'ay,
Qilmasig'a aning jihat bo'lg'ay.
“Podshoh agar zolim bo'lsa ham, u ahli islom ichida hukmrondir, shuning uchun unga qarshi xuruj qilish haromdir. shari'atda bog'lanish va nizom – intizom ana shudir”, deydi Bobur:
Podshohe agar zolimdurur,
Ahli islom ichra hokimdurur.
Anga qilmoq xuruj bo'ldi harom,
Budurur shar' ichra rabtu nizom.
Bu e'tiqod mulk va davlatning nizomi uchun, saltanat va millatni intizomga solish uchun ekanligi tarixdan ham ma'lum.
Mirzo KYeNJABYeK
Bismillahir Rohmanir Rohiym
To‘rt mazhab bu - mujtahid imomlarining xulosasidir. Sahoba va tobe’inlar fiqhining xulosasidir. U dinni tushunish borasida musulmonlarning mo‘tamad, tan olingan madrasalaridir. U toyilish va haddan oshishdan yiroq bo‘lgan, mo‘tadil yo‘l bo‘lib, Alloh taolo yerda unga qabulni bitgan, ulamolar quvvatlagan va barcha musulmon maktablari shularning asosiga barpo etilgandir.
Shu sabab, ushbu mazhablarga qarshi urushadigan, kurashadiganlar halokatga yo‘liquvchidir. Bu qarshiligi bilan solih salaflar e’tiqodiga qarshi urushuvchidir, sahobalar e’tiqodiga qarshi urushuvchidir va bu urinishi bilan Islom diniga qarshi urushuvchidir. Chunki Islom tushunchasi mana shu to‘rt mazhab madrasalari asosida shakllangan. Alloh taolo ushbu mazhab sohiblaridan O‘zi rozi bo‘lsin va barakotlaridan manfaatlantirsin.
Doktor Abdulqodir Husayn