Sayt test holatida ishlamoqda!
07 Fevral, 2026   |   19 Sha`bon, 1447

Toshkent shahri
Tong
06:08
Quyosh
07:28
Peshin
12:42
Asr
16:05
Shom
17:51
Xufton
19:04
Bismillah
07 Fevral, 2026, 19 Sha`bon, 1447

Hushxabar: Qoraqalpog'istonda masjidlar soni 54 taga etdi

20.02.2021   2340   2 min.
Hushxabar: Qoraqalpog'istonda masjidlar soni 54 taga etdi

19 fevral' kuni Qoraqalpog'iston Respublikasi Adliya vazirligi Mo'ynoq tumani “Qazaqdarya” ovul fuqorolar yig'ini hududidagi “Qoraqum eshon” jome masjidini davlat ro'yxatidan o'tkazdi.

Shu munosabat bilan ushbu masjidda o'tkazilgan tadbirda Qoraqalpog'iston musulmanlari qoziyoti qozisi Shamsuddin Bahouddinov, Respublikaning Adliya vazirligi vakillari va namozxonlar ishtirok etdi.

Tadbirda qozi Shamsuddin domla Bahouddinov ishtirokchilarga yurtimizda
diniy sohadagi amalga oshirilayotgan islohotlar, obod bo'layotgan masjid va madrasalar haqida so'zlab berdi, ushbu masjid qurilishiga yaqindan yordam bergan barcha insonlarga tashakkur bildirdi. Yig'ilish davomida masjid xodimlariga jomening davlat ro'yxatidan o'tgani haqidagi guvohnoma topshirildi.

Shundan so'ng masjidda juma namozi o'qildi. Qur'oni karim xatm qilinib, “Qoraqum eshon” madrasasining asoschisi marhum Qutlixo'ja bobo va boshqa ulamolar, ushbu masjidga hissa qo'shgan kishilar haqiga duoi xayrlar qilindi.

“Qoraqum eshon” jome masjidi Respublika markazidan uzoqda Mo'ynoq tumanidagi olis “Qazaq darya” ovul fuqarolar yig'ini hududida joylashgan.
Mahalliy hokimiyat tomonidan aholi murojaatga binoan masjid qurish uchun “Qozoqdaryo” ovul fuqarolar yig'ini hududidan er maydoni ajratilgan edi. Bir yil ichida mahalliy aholi va saxovatpesha tadbirkorlar ko'magida namozxonlar uchun barcha qulaylilarga ega bo'lgan jome qurib bitkazildi. Masjidga o'z davrining ma'naviyat va ma'rifat markazi bo'lgan «Qoraqum eshon» madrasasining nomi berildi.

Ma'lumot uchun, «Qoraqum» madrasasi HIH asrning o'rtasi va ikkinchi yarmida Qoraqalpog'istonning diniy, ma'rifiy va tasavvuf markazi “Qoraqum” masjid-madrasasi bo'lgan, unda HIH asr oxri va HH asrning boshida qoraqalpoq xalqining ko'plab farzandlari ta'lim olgan, shulardan qoraqalpoq xalqining mumtoz shoirlari Berdaq, Kunxojalar ta'lim olgan.

Alloh taolo ushbu masjidning mo'min-musulmon xalqimizga qiyomatga qadar xizmat qilishini nasib qilsin.

 

O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Dunyodagi eng katta Qur’on taqdim etildi

06.02.2026   9526   1 min.
Dunyodagi eng katta Qur’on taqdim etildi

2026 yil 3 fevral kuni Hiro madaniy tumanidagi Qur’on muzeyida 312 x 220 sm o‘lchamdagi va 700 sahifadan iborat dunyodagi eng katta Qur’oni Karim namoyish etildi. Muzeydagi ushbu Qur’on dunyodagi eng katta mus'haf sifatida Ginnesning rekordlar kitobi sertifikatini qo‘lga kiritdi.
 

Ushbu Qur’on hijriy 10 asr, milodiy 16 asrga oid tarixiy qo‘lyozmaning kattalashtirilgan nusxasi bo‘lib, uning asl o‘lchami 45 x 30 sm edi. Uning suralari suls xatida, Fotiha surasi esa nasx yozuvida yozilgan bo‘lib, o‘sha davrdagi xattotlikning puxta tanlanganligini va ushbu sohaning nafosatini aks ettiruvchi o‘ziga xos mus'hafdir.


Mus'haf arab xattotligi, zarhallash va muqovalashning noyob namunasi bo‘lib, unda islom san’atining jozibasi nafis naqshlar, gulli va sarlavha sahifalari hamda mus'hafning nomi bitilgan sahifalaridagi quyoshsimon shakllar orqali namoyon bo‘ladi. Bu esa o‘sha davrda hukm surgan badiiy ijodkorlikning yuksak darajasini ifodalaydi.


Qayd etilishicha, ushbu mus'haf hijriy 1300 yil, milodiy 1883 yilda vaqf qilingan bo‘lib, uning asl nusxasi bugungi kunda Qirol Abdulaziz nomidagi vaqf qilingan asarlar akademiyasida saqlanmoqda.


Namoyish etilgan ushbu mus'haf musulmonlarning Allohning Kalomiga va islom san’ati durdonalariga bo‘lgan e’tiborining tarixiy shohididir. 

Islom.uz

 

Dunyodagi eng katta Qur’on taqdim etildi Dunyodagi eng katta Qur’on taqdim etildi Dunyodagi eng katta Qur’on taqdim etildi Dunyodagi eng katta Qur’on taqdim etildi Dunyodagi eng katta Qur’on taqdim etildi
Dunyo yangiliklari