Sayt test holatida ishlamoqda!
20 Iyul, 2025   |   25 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:29
Quyosh
05:07
Peshin
12:34
Asr
17:38
Shom
19:55
Xufton
21:26
Bismillah
20 Iyul, 2025, 25 Muharram, 1447

IMOM ShOFYe_''IY

16.02.2021   5596   19 min.
IMOM ShOFYe_''IY

U kishi Abu Abdulloh Muhammad ibn Idris ibn Abbos ibn Usmon ibn Shofe' Hoshimiy Mutallibiy, Abdu Manofning o'g'li Muttallibning avlodlaridandir. U kishining nasablari Abdu Manofda Rasulullohning nasablari bilan birlashadi. 150 hijriy yilda shomning G'azza degan erida tug'ildilar. G'azza Shofe'iyning otalarining asl vatani emas, faqatgina otalari Idris ish yuzasidan G'azzaga kelgan va shu erda vafot etgan. O'g'li Muhammad shu erda tug'ilganlar. Ikki yildan so'ng onalari bilan Makkaga, ota-bobolarining shahriga qaytib kelganlar.

Makkada onalarining bag'rida etim holda o'sdilar. Yoshlik chog'laridayoq Qur'onni yod olganlar. Keyin bodiyadagi Huzayl degan joyga chiqib ketdilar. U erning xalqlari arablar ichida eng fasohatli gapiradigan kishilar edilar. U erda Shofe'iy ularning ko'pgina she'rlarini yodladilar. Bir qancha vaqtdan keyin fasohat va odobni o'rganib, Makkaga qaytib keldilar. Makka muftiysi Muslim ibn Holid Zanjiyni ustoz tutib, u kishidan fiqhni o'rgandilar va u kishi Shofe'iyga o'n besh yoshlaridayoq fatvo berishlikka izn berdilar. Keyin u erdan imom Molikning huzurlariga bordilar. Buni Shofe'iy o'zlari rivoyat qiladilar: Men Huzayldan Makkaga qaytganimdan keyin she'rlar, adabiyotlar va arablarning hayotlari haqidagi rivoyatlarni aytib yurganimda Zubaydiylardan bo'lgan bir kishi meni oldimdan o'tib qoldi va menga: “Sendagi ushbu fasohat va zakovat bilan birga fiqh ham bo'lsa, juda yaxshi bo'lar edi-da”, dedi. Men unga: “Bugungi kunda fiqhni o'rganishga loyiq kishi bormi?” – so'radim. U: “Ha, ushbu kundagi musulmonlarning boshlig'i Imom Molik bor”, dedi. Bu gap meni ko'nglimga o'tirib qoldi. Imom Molikning “Muvatto” kitoblarini ijaraga oldim va uni 9 kun ichida yodlab chiqdim. Keyin Imom Molikni oldilariga bordim. “Muvatto”ni u kishidan o'qidim. Imom Molik Shofe'iyning fahmiga, hifziga tasannolar aytdilar va u kishiga ketar vaqtlarida ko'plab hadislar aytib berib siyladilar.

Shofe'iy hadislarni Imom Molikdan tashqari Sufyon ibn Uyayna, Fuzayl ibn Iyoz, amakilari Muhammad ibn Shofe'iy va boshqalardan olganlar. Ustozlari ibn Uyayna aytadilar: Shofe'iy zamonasining eng fazilatli yoshlaridandir. Ahmad ibn Hanbal aytadilar: “Shofe'iy Allohni kitobi va Rasulullohning sunnati bo'yicha odamlarning ichida eng faqihrog'i edilar. Men Shofe'iy bilan o'tirmagunimcha hadisning nosixidan mansuxini ajrata olmas edim”.

Shofe'iy yoshlari ulg'ayib erkaklar qatoriga qo'shilganlaridan keyin rizq topish uchun ish qidirishga majbur bo'ldilar. U kishiga Yaman qozisi Mus'ab ibn Abdulloh Qurayshiy yordam berdilar va Yamanda ishga joyladilar. U erda yaxshi xulq-atvor bilan tanildilar. So'ngra 184 hijriy yilda shi'a mazhabini qabul qalganlikda ayblandilar, oqibatda Yamandan Iroqqa surgun qilindilar. Agar Alloh taolo u kishining jonlariga Fazl ibn Robi' bilan oro bermaganida Shofe'iy bu to'hmatchilar sababidan ko'pgina yomonliklarga uchragan bo'lar edilar. U kishi Shofe'iydan balolarni daf qildilar va u kishini aybsizliklari isbotlandi. Imom Shofe'iy shi'a mazhabiga o'tganliklari haqida u kishiga qilinayotgan to'hmatni o'zlaridan daf qilish uchun Horun ar-Rashidga aytgan gaplaridan biri shuki: Men “Rashid mening jiyanimning o'g'li” deyayotga kishini  tashlab “Men shi'alarning imomining quliman” degan kishini ketidan yuramanmi, – deganlar. Bu gap Rashidning ko'ngliga juda ham kuchli ta'sir qilgan, natijada u kishini qo'yib yuborishlikka va o'z ishlari bilan shug'ullanaverishliklariga buyruq bergan.

O'sha vaqtda Shofe'iy uchun Iroq ulamolarining ilmi bilan tanishishlikka qulay fursat yuzaga keldi. U erda Abu Hanifaning shogirdi Muhammad ibn Hasan ash-Shayboniy bilan uchrashdilar, Iroq fuqaholarining kitoblarini mutolaa qildilar va bulardan o'rganganlarini Hijozliklardan o'rgangan narsalariga qo'shdilar. U kishi bilan Muhammad ibn Hasan o'rtalarida munozaralar bo'lib o'tgan va bu munozaralar Rashidga etib borganda u juda xursand bo'lgan. Ana shu munozaralardan biri shuki, u kishi bir kuni Muhammadning huzurlariga kirdilar. Muhammad ibn Hasan ohod (bir kishi tarafidan rivoyat qilingan) hadis bilan Qur'onning hukmiga qo'shimcha kiritish joiz emas, deb ta'kidlar edilar va shu tufayli bir guvoh va qasam bilan hukm qiladigan Madina ahllariga ta'na qilar edilar. Chunki, bu tarzda hukm qilish hukm ikki erkak yoki bir erkak va ikki xotin guvohligida bo'lishligi bayon qilib bergan Allohning kitobiga qo'shimcha qilish demakdir. Shunda Shofe'iy u kishiga: Ohod xabar bilan Qur'onning hukmiga qo'shimcha kiritish joiz emasligi haqida sizda hujjat bormi? – dedilar. Muhammad: “Ha”, deb javob berdilar. Shofe'iy: Unday bo'lsa nima uchun Payg'ambar alayhissalomning “Merosxo'rga vasiyat qilinmaydi” degan hadislariga binoan merosxo'rga vasiyat qilish joiz emas, dedingiz. Axir Alloh taolo: “Birovingizga o'lim kelgan paytida (o'zidan keyin) mol-dunyo qoldirayotgan bo'lsa, adolat-to'g'rilik bilan ota-onaga, qarindosh-urug'ga vasiyat qilinishi farz etildi” (Baqara surasi, 180-oyat) demaganmidi – dedilar. Shunga o'xshash bir qancha gaplarni gapirganlarida Muhammad indamay qoldilar. Shofe'iyning kitoblarida bunga o'xshash munozaralar to'lib-toshib yotibdi. Keyinchalik Shofe'iy Makkaga qaytdilar va u erdagi ulamolar bilan va u erga boshqa yurtlardan ilm istab yoki haj uchun kelgan ulamolar bilan fikr almashdilar.

 

ShOFYe_''IYNING QADIMGI (ESKI) MAZHABLARI

 Shofe'iy 195 hijriy yilda Aminning xalifalik davrida Iroqqa yana keldilar. Bu gal u kishi bilan Iroqning ko'pgina olimlari uchrashdilar. U kishidan o'zlarida bo'lmagan rivoyatlarni o'rgandilar, ahli ray' yo'lidagi ba'zi narsalarni tark qildilar. Shofe'iy o'sha vaqtda o'zlarining “Hujjat” deb atalmish kitoblarini tasnif qildilar. U kishidan hadislarni Iroqlik shogirdlaridan to'rt kishi rivoyat qilganlar, ular: Ahmab ibn Hanbal, Abu Savr, az-Za'faroniy va al-Karobiysi bo'lib, bularning ichida rivoyat qilish bo'yicha eng kuchlilari al-Za'faroniydirlar. Imom Shofe'iy bu gal Iroqda ikki yil turdilar, so'ngra yana Hijozga qaytdilar. Bog'dodda u kishining hurmatlari oshib, u erning ko'pgina ulamolari u kishining yo'llarini tutdilar. 198 hijriy yilda Iroqqa uchinchi marta keldilar. U erda bir necha oy turib, so'ngra Misrga jo'nab ketdilar va u erda Abdulloh ibn Abdulhakamning hurmatli mehmoni bo'ldilar. Misrliklar orasida Imom Molikning yo'llari keng tarqalgan bo'lib, u erning ko'pgina ulamolari mana shu mazhabni ushlagan edilar. Imom Molikni o'z og'izlaridan hadis eshitgan va uni rivoyat qilgan shogirdlaridan tirik qolganlari Abdulloh ibn Abdulhakam va Ashhab edilar.

 

ShOFYe_''IYNING YaNGI MAZHABLARI

Misrda Shofe'iyning mahoratlari va so'zga ustaliklari ortib bordi. Misrlik shogirdlariga yangicha tartibda yangi kitoblarni yozdirdilar. Bu kitoblarning majmuasini “Al-Umm” degan kitoblari o'z ichiga oladi. Mana shu mazhab Misrda ijtihodlari o'zgarishi oqibatida tuzilgan yangi mazhabdir. Ijtihodlarini o'zgarishiga sabab, u kishi Misrga kelganlarida va u erdagi ulamolar bilan uchrashganlarida ulardan o'zlaridagi Hijoz va Iroqdan eshitgan va ko'rgan narsalariga xilof bo'lgan hadis va fiqhni eshitdilar, odat va ijtimoiy holatlarini ko'rdilar. Shu sababli ko'pgina masalalarda u kishining ijtihodiy qarashlari o'zgardi. Bu yangi mazhab, deb tanildi. Bu mazhabning dovrug'i barcha shaharlarga tarqaldi. U kishining oldiga Shomdan, Yamandan, Iroqdan va boshqa ko'plab shahar va qishloqlardan odamlar u kishidan fiqhni o'rganishlik uchun, u kishidan rivoyat qilish uchun, o'z og'izlaridan kitoblarini eshitish va o'rganish uchun kela boshladilar. Shofe'iy shu tarzda toki vafot qilgunlariga qadar o'zlarining eski jome' masjidlarida ilmlarini tarqatishlik bilan mashg'ul bo'ldilar.

Shofe'iy baland ovozda gapiradigan, gaplarini chiroyli tarzda bayon qilib bera oladigan, aniq hujjat keltira oladigan, mantiq jihatidan kuchli kishi edilar. Saxiylikda, shijoatda, ray'larining o'tkirligida, farosatlarining sog'lomligida va chiroyli axloqda yuqori darajaga erishgan edilar. Zohiriy mazhabi ulamolaridan bo'lgan Dovud az-Zohiriy shunday dedilar: “Shofeiy (Alloh u kishini rahmat qilsin) asar yodlagan va xabarlarni rivoyat qiluvchi kishilar uchun bir chiroq edilar. Kimda kim, u kishini bayonlarining barortasi bilan aloqador bo'lib qolsa (ya'ni o'rgansa) hujjatlashadigan kishiga aylanib qolardi”.

Robiy' aytadilar: “Agar Sizlar Shofe'iyni ko'rganlaringizda edi, bular u kishining kitoblari emas, degan bo'lar edingiz. Allohga qasamki, u kishining tillari kitoblaridan ko'ra buyukroq edi, u kishining gaplari til sohasida hujjat hisoblanar edi. Shu sababli Ibn Hojib o'z kitoblarida xuddi tilshunos olimlar: “bu Tamim qabilasining tili, bu Robi'a qabilasining tili” deb aytganlaridek, bu Shofe'iyning tili deganlar.

Tilshunoslik sohasida ulug' martabaga erishgan al-Asma'iy ham u kishidan Huzayllarning she'rini o'qib o'tkazdilar. Shofe'iy arab nasablari, ularning kundalik turmushi va ahvollari ilmi bo'yi ham yuqori martabaga erishgan edilar. U kishini yaxshigina she'rlari ham bor.

 

ShOFYe_''IY MAZHABINING TUZILISh USULI

Shofe'iyning (Alloh u kishini rahmat qilsin) ijtihoddagi boshlang'ich manbalarini o'zlarining “Al-Umm” kitoblarida shunday bayon qiladilar: “Asl Qur'on yoki sunnatdir. Agar ular bo'lmasa, ularga qiyos qilinadi. Agar Rasullulloh (s.a.v.) dan rivoyat qilingan hadisga etishib qolinsa va u hadisning isnodi ishonchli bo'lsa yana shu hadisda to'xtalinadi. Ijmo' yolg'iz kishi tomonidan rivoyat qilingan xabardan va hadisning zohiriy ma'nosidan buyukroqdir. Agar hadisning ma'nosi boshqa ma'noga ham ehtimol tug'dirsa, zohiriga yaqin bo'lgan ma'no oldinga qo'yilishga loyiqroqdir. Agar hadislarning ma'nolari bir xil bo'lsa isnod jihatidan ishonchlirog'i oldinga qo'yilishga loyiqdir. Ibn Musayyib rivoyat qilgan “munqote'” (ya'ni isnodida uzilish bo'lgan hadis) hadisdan boshqa “munqote'” hadislar hujjat qilishga yaramaydi. Asl manba boshqa asl manbaga qiyos qilinmaydi. Asl manbaning hukmi haqida :“nima uchun va qanday qilib?” deb so'ralmaydi, balki far' (ya'ni asl manbadan chiqadigan bo'lak) haqida: nima uchun? desa bo'ladi. Agar far'ni aslga to'g'ri qiyos qilinsa, demak u to'g'ri bo'ladi va u hujjat bo'la oladi.

Shofe'iy ishonchli sunnatga xuddi Qur'onga qaragandek nazar bilan qaraydilar. U ikkisiga ham ergashishlikni vojib deb biladilar. Abu Hanifa agar hadis ommaga balosi tegadigan bo'lsa uni qabul qilishlikda mashhur bo'lishligini shart qilgan bo'lsalar, Shofe'iy bunday hadisda mashhurlikni shart qilmadilar. Molik hadisni Madina aholisining amaliga xilof bo'lmasligini shart qilgan bo'lsalar, Shofe'iy buni ham shart qilmaydi, balki hadisda faqat ishonchlilikni va isnodlarni uzluksiz bo'lishinigina shart qiladilar. Ishonarli bo'lgan ohod hadisga amal qilishlikni qattiq turib himoya qildilar. Mana shu himoyalari tufayli yuqori ovozga ega bo'lgan ahli hadislarning oldida katta obro'ga erishdilar. Shuning uchun Bog'dod aholisi u kishini “Nosir as – sunna” (ya'ni, sunnatni yordamchisi) deb atadilar. Za'faroniy aytadilar: Toki Shofe'iy kelgunicha hadis sohiblari uyquda yotgan edilar. Shofe'iy kelib ularni uyg'otganidan keyingina uyqudan uyg'ondilar. Shu sababli Shofe'iy o'z asridagi katta toifalarning qo'llab-quvvatlashiga sazovor bo'ldilar. Mana shu u kishining mazhablariga yordam berishligiga va tarqatilishiga katta ta'sir ko'rsatdi.

Shofe'iy “mursal” hadislar bilan (ya'ni, tobe'iy sahobiyni qoldirib, to'g'ridan to'g'ri payg'ambarimizdan rivoyat qilgan hadis) hujjat qilmaganlar. Faqatgina ishonchliligiga ittifoq bo'lingan Ibn Musayyibning mursal hadislarini hujjat qilganlar. Shofe'iy mursal hadislarga ta'na qilishda birinchi bo'lgan kishilardandir. Bunda u kishi mursal hadislar bilan hujjat qilgan Sauriy, Molikiy va Hanafiy ulamolariga qarshi turganlar.

Shuningdek, Shofe'iy sahobalarning aytgan gaplarini ham hujjat qilmaganlar. Chunki u gap sahobaning o'z ijtihodi bo'lishi mumkin, ijtihod esa xatodan holi bo'lmaydi. Shuningdek biror-bir sahobiyni yoki undan past tabaqadagi kishini yoki biror-bir shahar yoki mintaqa aholisini tark qilishlik bilan hadisga ziyon etib qolmaydi, deb sanaydilar. Chunki bunday holat ehtimol g'aflat tufayli yoki ana shu erini yaxshi yodlamaganligi tufayli bo'lishi mumkin. Ko'pincha sahobalar masalalarda ijtihod qilar, so'ngra ana shu ijtihodlariga muvofiq keladigan hadisni uchratib qolsalar, bundan xursand bo'lar, agar ijtihodlariga xilof keladigan hadisni uchratib qolsalar ijtihodlaridan qaytar edilar.

Molikiylar va Hanafiylar hujjat qilgan “istehson”ni Shofe'iy nafaqat tark qilganlar, balki uni inkor qilganlar va “Kim istehson qilsa, demak u shariat tuzibdi”, deganlar. Bu to'g'risida “Ibtolul istehson” kitobini ham yozganlar. U kishi qiyosni ham amalda qo'llamaganlar, faqatgina illati o'zgarmas bo'lganidagina qo'llaganlar. Masolih al-Mursalani ham rad qilganlar. Ahli Madinaning amali bilan hujjat qilishlikni inkor qilganlar va bu haqda “Al-Umm” kitoblarida ko'p gaplarni yozganlar.

Imom Shofe'iy hijozliklar va iroqliklarning fiqhini, badaviy arablarning fasohatini, hujjatlarining kuchliligi, so'zlarining shirinligi va chiroyli munozarani o'zlarida jamlashlik bilan o'z asrining yolg'iz kishisiga aylandilar. Shu sababli odamlar u kishining yo'llariga ergashdilar va u yo'lga muhabbat qo'ydilar va shuning oqibatida hech qanday hokimning qo'llab-quvvatlashisiz, hech qanday sultonning buyrug'isiz bu kishining mazhablari tarqab ketdi.

Imom Shofeiy (Alloh u kishini rahmat qilsin) 204 hijriy yilda Misrda vafot etdilar.

 

IMOM ShOFYe_''IYNING ENG MAShHUR ShOGIRDLARI

ISMOIL IBN YaHYo AL-MUZANIY

U kishi Abu Ibrohim Ismoil ibn Yahyo al-Muzaniy al-Misriydirlar. U kishi 175 hijriy yilda tug'ildilar va ilm talab qilishlik va hadis rivoyat qilishlik bilan voyaga etdilar. 199 hijriy yilda Shofe'iy Misrga kelganlarida Al-Muzaniy u kishi bilan uchrashdilar va u kishidan fiqhni o'rgandilar, hattoki Shofe'iy u kishiga: “Al-Muzaniy meni mazhabimning yordamchisidir”-deb guvohlik berganlar. Shuningdek, u kishiga Abu Ishoq Sheroziy ham guvohlik berib, shunday deganlar: “U olim, zohid, mujtahid, kuchli hujjatlar bilan bahs yurituvchi va ma'nolarga sho'ng'iguvchi (ya'ni, so'zlarning ma'nolarini chuqur bilguvchi) edi”. Shofe'iy al-Muzaniyni o'z mazhablariga xilof tarzda ba'zi narsalarni ixtiyor qilganlarini ko'rganlaridan ke         yin u kishini mutlaq mujtahid deb e'tibor qilganlar. Al-Muzaniyning Shofe'iy mazhabida murojaat qilinadigan kitoblaridan biri “Al-Muxtasar as-Sag'ir” kitobi bo'lib, mana shu kitob imom Shofe'iyning mazhablarini tarqalishiga sababchi bo'lgan. Chunki Shofe'iy mazhabidagi kishilar bu kitobni qo'ldan qo'ymay o'qib-o'rganganlar va unga sharh bitganlar. U kishining yana “Al-Jome' as-Sag'ir” va “Al-Jome' al-Kabir” nomli kitoblari ham bor.

Umuman olganda Al-Muzaniy Imom Shofe'iyning eng fasohatli, zakovatli va mahoratli shogirdlaridan bo'lgan va Shofe'iy mazhabi bo'yicha ko'p kitob yozgan, deb e'tibor qilinadi. Al-Muzaniy 264 hijriy yilda vafot qilganlar.

 

AL-BUVAYTIY

U kishi Abu Yaqub Yusuf ibn Yahyo al-Buvaytiy bo'lib, Misrning yuqori qismidagi Buvayt qishlog'idandirlar. U kishi Shofe'iyning Misrlik shogirdlari ichida eng kattasi va u kishidan keyin qolgan xalifalaridir. Al-Buvaytiy fiqhni Shofe'iydan o'rgandilar, hadislarni Shofe'iydan, Abdulloh ibn Vahbdan va boshqalardan rivoyat qilganlar. Shofe'iy fatvo berishlikda u kishiga suyanar edilar va biror masala kelib qolsa, u kishiga havola qilar edilar. Al-Buvaytiy Shofe'iyning hayotlik vaqtlaridayoq o'zlarining taniqli “Muxtasar” kitoblarini yozdilar, hamda uni Ar-Robi' huzurida Shofe'iyga o'qib berdilar. Shuning uchun ham Al-Buvaytiyning hadislarni Ar-Robi'dan rivoyat qilganlari ma'lum. Shofe'iyning vafotlari yaqinlashganda u kishidan: “O'zingizdan keyin o'rningizga kimni qoldirib ketayapsiz? – deb so'rashganda: “Meni o'rnimga o'tirishga Abu Yaqubdan ko'ra haqliroq hech kim yo'q. Meni shogirdlarim ichida undan ko'ra olimroq hech kim yo'q”, deb javob berganlar. Mana shundan keyin u kishi ko'plab imomlarni etishtirib chiqardilar va ular ko'pgina shaharlarga tarqab ketishdi. Shu tariqa Shofe'iyning ilmi tarqab ketdi. Ar-Robi' aytadilar: “Men Abu Yaqub al-Buvaytiydan ko'ra Allohning kitobidan hujjat olishga qodirroq biror kimsani ko'rmadim”.

Halifa Vosiq Billoh davrida al-Buvaytiyni Qur'onni maxluq demaganlari uchun qo'l-oyoqlari bog'langan holatda Bog'dodga xalifaning huzuriga olib kelishdi. U kishidan Qur'onni maxluq deb aytishlarini talab qilishganda, u kishi bosh tortdilar. Shundan keyin u zotni umrlarining oxirigacha hibsda saqlashdi. U kishi kechalari bilan uxlamay, Qur'on tilovat qilar, namoz o'qir, doim lablari Allohning zikri bilan qimirlab turar edi. 231 hijriy yilda hibsxonada vafot eldilar. Alloh taolo u zotni O'z rahmatiga olsin.

 

O'zbekiston musulmonlari idorasi

raisining birinchi o'rinbosari

Homidjon Ishmatbekov.

 

 

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

O‘zbekiston Prezidentining madaniyat va ma’rifatga qaratgan e’tibori barcha musulmon mamlakatlari uchun namuna – Butunjahon Islom uyushmasi rahbari

16.07.2025   9405   5 min.
O‘zbekiston Prezidentining madaniyat va ma’rifatga qaratgan e’tibori barcha musulmon mamlakatlari uchun namuna – Butunjahon Islom uyushmasi rahbari

Saudiya Arabistonining Makka shahrida O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi rahbari Firdavs Abduxoliqov hamda Butunjahon Islom uyushmasi Bosh kotibi Shayx Muhammad bin Abdulkarim al-Issa  ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Ushbu uchrashuv va tashrif Butunjahon Islom uyushmasi taklifiga binoan amalga oshirildi. Unda O‘zbekistonning Saudiya Arabistonidagi favqulodda va muxtor elchisi Nodir Turg‘unov ham qatnashdi.

Do‘stona va samimiy ruhda o‘tgan uchrashuvda Markaz rahbari O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan yurtimizda bunyod etilayotgan O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi haqida jumladan, Markaz doirasida amalga oshirilayotgan tadbirlar, barcha ilmiy va tashkiliy ishlar haqida ma’lumot berdi.

– O‘zbekiston Islom ilmi, fiqh va hadis sohasida yuksak merosga ega. Bu zaminda mashhur ulamolar, buyuk faqihlar, muhaddislar, mutafakkirlar va san’atshunoslar yetishib chiqqan, – dedi Islom uyushmasi bosh kotibi. – Ushbu merosning Islom olamidagi ahamiyati va dolzarbligini ko‘rsatishda O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muhim o‘rin tutadi. Bu yurtning taniqli va mashhur allomalari tufayli Islom sivilizatsiyasining asl mohiyati xususan, insonparvarlik va bag‘rikenglik qadriyatlari bugungi kunga qadar saqlanib qolgan. Mazkur megaloyiha bu boy merosni jahon hamjamiyatiga tanitishda asosiy ahamiyatga ega. Biz Butunjahon Islom uyushmasi nomidan ushbu sa’y-harakatlarni to‘liq qo‘llab-quvvatlaymiz. O‘zbekiston Prezidentining madaniyat va ma’rifatga qaratgan e’tibori barcha musulmon mamlakatlar uchun namuna bo‘ladi. Markaz bilan hamkorlik qilishdan benihoyat mamnunmiz! – deya ta’kidladi Shayx Muhammad Abdulkarim Al-Issa.

Uchrashuv davomida Shayx Muhammad Abdulkarim Al-Issa O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlar xususan, Islom sivilizatsiyasi markazining barcha tadbirlari, rejalashtirilgan turli anjumanlarga qiziqish bildirib, bu borada olib borilayotgan ishlarni yuksak baholadi va mamnuniyat bilan e’tirof etdi. Islom sivilizatsiyasi markazining ochilish marosimi  qanchalik ahamiyatli ekanligiga esa alohida to‘xtaldi. Shu o‘rinda Shayx Muhammad Abdulkarim Al-Issa O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida so‘zlagan nutqidan quyidagi iqtiboslarni keltirdi: “Biz butun jahon jamoatchiligiga islom dinining asl insonparvarlik mohiyatini yetkazishni eng muhim vazifa, deb hisoblaymiz. Biz muqaddas dinimizni azaliy qadriyatlarimiz mujassamining ifodasi sifatida behad qadrlaymiz. Islom dini bizni ezgulik va tinchlikka, asl insoniy fazilatlarni asrab-avaylashga da’vat etadi. Islom sivilizatsiyasi markazining faoliyati ham shu maqsadga xizmat qiladi”. Shayx Muhammad Abdulkarim Al-Issa O‘zbekiston Prezidenti tomonidan BMT minbaridan turib ilgari surilgan mazkur ulkan tashabbus Butunjahon Islom uyushmasi nomidan qo‘llab-quvvatlashini ta’kidlab o‘tdi.

Islom sivilizatsiyasi markazi rahbari O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan Markaz tarkibida Arab-islom xattotlik maktabini ochish yo‘lga qo‘yilganini ma’lum qildi. Shayx Muhammad Abdulkarim Al-Issa ushbu loyihani to‘la-to‘kis qo‘llab-quvvatladi:

– Yangi O‘zbekiston loyihasi bo‘lmish bu xattotlik maktabi orqali Qur’oni karimning har bir surasini maxsus arab xatida, bezaklar bilan boyitilgan tarzda qo‘lda ko‘chirish maqsadga muvofiq, – deya taklif qildi Bosh kotib, – O‘zbekistondagi bo‘lajak Arab-islom xattotlik maktabi faoliyatini yo‘lga qo‘yishda, shuningdek, jahon miqyosida mashhur bo‘lgan katta tajribaga ega xattotlarni ushbu markazga jalb etish, xattotlarning ish faoliyati samarali bo‘lishi uchun ularni rag‘batlantirish va umuman maktab faoliyatini rivojlantirishda astoydil hamkorlik qilishga   tayyormiz.

Delegatsiya a’zolari Makka shahrida joylashgan Hiro madaniyat dahasi, Vahiy muzeyi, “Burj as-sa’a” minorasida joylashgan shu nomdagi muzey, Ka’ba kisvasi uchun qirol Abdulaziz majmuasi va Madina shahridagi “Bo‘ston” muzeyi, Payg‘ambarimiz (s.a.v) siyratlari  va Islom sivilizatsiyasi muzeyi, Jidda shahridagi Islom san’ati muzeyi va kutubxonasiga tashrif buyurdi va hamkorlik bo‘yicha muzokaralar olib bordi.

Bundan tashqari, Islom sivilizatsiyasi markazi delegatsiyasi a’zolari muzey va kutubxonalarga qilgan tashriflari jarayonida Payg‘ambarimizning faoliyat va turmush tarzlarini ifodalovchi videolavhalar O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga taqdim etilishi masalasini ham ko‘rib chiqishdi. 

Shuningdek, uchrashuvda O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan Samarqandda yangidan bunyod etilayotgan Imom Buxoriy majmuasi ziyoratchilari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish masalasida ham fikr almashildi. Bu borada Saudiya Arabistoni tajribasidan foydalanish maqsadida Butunjahon Islom uyushmasi Tadbirlar va konferensiyalar bo‘limi boshlig‘i Shokir Saloh al-Advaniy bilan muloqot o‘tkazildi. Muloqot davomida Islom uyushmasi vakili bu  masalada Saudiya Arabistonining yetakchi tashkilotlaridan biri “Ilm” kompaniyasi ko‘mak berishini bildirdi. Keyingi muhokamalar videokonferensiya shaklida davom ettirilishiga kelishib olindi. 

Islom sivilizatsiyasi markazi

Dunyo yangiliklari