Sayt test holatida ishlamoqda!
26 Noyabr, 2026   |   16 Jumadul soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
06:00
Quyosh
07:19
Peshin
12:15
Asr
15:15
Shom
16:59
Xufton
18:16
Bismillah
26 Noyabr, 2026, 16 Jumadul soni, 1448

Haq va botil

08.11.2023   4504   3 min.
Haq va botil

Alloh taolo marhamat qiladi: 
«Albatta, bu Mening to'g'ri yo'limdir. Bas, unga ergashing. Va boshqa yo'llarga ergashmangki, sizni U Zotning yo'lidan ajraturlar. Ushbularni sizga tavsiya qildikki, shoyad taqvo qilsangiz». (An'om surasi, 153- oyat).

1. Alloh taolo bizlarni to'g'ri yo'lga – Islomga ergashishga buyurdi. Allohning ulug' kitobida, Nabiy sollallohu alayhi vasallamning sunnatlarida kelgan ko'rsatmalarga muvofiq amal qilishimizga, sahoba roziyallohu anhumlar u zotdan qabul qilib olib, o'zlaridan keyingilarga etkazganlariga, keyin hozirgi kunimizgacha avloddan avlodga o'tib kelgan ilmlarga muvofiq, har bir zamon va makonda siqo – ishonchli ulamolar silsilasi naql qilgan shar'iy ilmlarga muvofiq yo'l tutishimizga buyurdi.

2. Alloh taolo bizni zalolatga ketgan, qing'ir yo'ldagilarga ergashishdan qaytardi. Holbuki ular zalolatlarini boshqalarga ziynatlab ko'rsatib, unga chorlashadi. Ular bir necha toifadir:
- qandaydir falsafalar uydirib olib, payg'ambarlar va ular olib kelgan risolatlarni yolg'onga chiqaradiganlar;
- samoviy kitoblarni buzib, ularda kelgan ahkomlarni o'zgartirib yuboradiganlar;
- Islomga, Rasulullohga, Qur'on va sunnatga, ulamolarga nisbatan shakkoklik qiladiganlar;
- gunoh-ma'siyatlar qilishga chorlaydiganlar;
- Islomni havoi nafslariga ko'ra izohlaydiganlar. Ular o'ta xatarlidirlar. Ilmni da'vo qilishadi, ammo haqni botilga aralashtirib yuborishadi. O'zlarini to'g'ri yo'lda, qolganlarni esa zalolatda deb o'ylashadi.

3. Ishonchli ulamolar bilan ilmni da'vo qilayotganlarni qanday farqlaymiz?
- har bir zamon va makonda sanadlari Rasululloh sollallohu alayhi vasallamgacha ulangan shayxlardan ilm olgan ulamolar bo'ladi.
- shuningdek, har bir asrda o'sha muborak ilmiy silsiladan ajrab chiqqanlar ham bo'lgan. Ularning o'z nomlari bo'lib, o'sha nomlar bilan tanilishgan. Bunday kimsalar nubuvvat asrida «munofiqlar» deb, sahobalar asrida «qadariylar» deb, tobe'inlar asrida «mu'tazila», «murji'a» va «jabariyya...» deb atalgan. Bundaylar hozirgi kunimizgacha davom etib kelmoqda.
- savodul a'zam – ulamolarning ommasidan ilm olinadi. Ulardan ajralib, alohida bo'lib olgan ozchiliklardan emas.
- kim bu xususda ikkilanib qolgudek bo'lsa, ko'p istixora, duo va Allohga iltijo qilsin, shunda Alloh uning qalbini haqqa va haq ahliga yo'llab, botil va botil ahlidan burib qo'yadi.
Allohim, to'g'ri yo'lga yo'llagan bandalaring qatori bizlarni ham haq yo'lga hidoyat qilgin!

Muhammad Ali Muhammad Yusuf tarjimasi

 

Boshqa maqolalar
Yangiliklar

O‘zbekiston delegatsiyasi Istanbuldagi Fatvo kengashlari xalqaro yig‘ilishida qatnashdi

26.11.2026   3255   2 min.
O‘zbekiston delegatsiyasi Istanbuldagi Fatvo kengashlari xalqaro yig‘ilishida qatnashdi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar boshchiligidagi delegatsiya Istanbulda bo‘lib o‘tgan Fatvo kengashlarining xalqaro maslahat yig‘ilishida ishtirok etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.

Turkiya Diyonat ishlari boshqarmasi tashabbusi bilan o‘tkazilgan tadbirda Qatar, Afg‘oniston, Bolgariya, Somali, Mavritaniya, Yaman, Falastin, Suriya, Iroq, BAA, Qozog‘iston, Rossiya, Indoneziya, AQSH, O‘zbekiston va boshqa ko‘plab davlatlardan fatvo markazlari vakillari qatnashdi.

Uchrashuvda Diyonat ishlari boshqarmasi raisi Safi Arpagush, Somali vaqflar vaziri, Mavritaniya ta’lim va islom ishlari vaziri, Yaman vaqflar va irshod vaziri, Falastin oliy shar’iy qozisi, Suriya bosh muftiysi hamda boshqa diniy ulamolar nutq so‘zladi.

Tadbir fatvo kengashlarining ummat birligini mustahkamlashdagi roliga bag‘ishlandi. Fatvolarni jamoaviy ishlab chiqish, ayni bir diniy masala bo‘yicha zid talqinlar tarqalishining oldini olish va yoshlarni qiziqtirgan e’tiqod masalalariga alohida to‘xtalib o‘tildi. Oila instituti muammolari, fatvo kengashlarining zo‘ravonlik va terrorizmga munosabati, migratsiya bilan bog‘liq masalalar yuzasidan ham fikr-mulohaza almashildi.

Shayx Nuriddin Xoliqnazar arab tilida O‘zbekistonda diniy sohada amalga oshirilayotgan davlat siyosati va islohotlar haqida so‘z yuritib, bu boradagi asosiy yo‘nalishlar va rejalar haqida ma’ruza qildi.

Muftiyning ta’kidlashicha, tahdidlar kuchayib borayotgan bugungi davrda ummat hamjihatligi tinchlik va taraqqiyotning muhim omilidir. Fatvo kengashlari zamonaviy muammolarga shariat mezonlari va mo‘tadillik tamoyili asosida yechim topishi lozim. Internet orqali tarqatilayotgan asossiz fatvolarning oldini olish zarur.

Shu bilan birga, Misr Fatvo uyining “Imom Qarofiy” mukofotiga sazovor bo‘lgan O‘zbekiston Fatvo markazining faoliyati va tajribasi haqida ham alohida ma’lumot berildi.

O‘zbekiston delegatsiyasi rahbarining fatvo hay’atlari tomonidan tasdiqlangan fatvolar uchun yagona raqamli platforma tashkil etish, internetda fatvo e’lon qilish va sun’iy intellektdan foydalanish bo‘yicha mezonlarni ishlab chiqish, malakali faqihlarni tayyorlash bo‘yicha qo‘shma dasturlarni amalga oshirish yuzasidan ilgari surgan takliflari ishtirokchilar tomonidan yuqori baholandi.

O‘zbekiston va Turkiya diniy idoralari vakillari o‘rtasida o‘tkazilgan uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Tomonlar ziyorat turizmi, Turkiy davlatlar tashkiloti doirasidagi ko‘p tomonlama hamkorlik hamda boshqa sheriklik yo‘nalishlari bo‘yicha kelishuvga erishdi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

 

O'zbekiston yangiliklari