O'zining aziz kitobida “So'ngra kitobni bandalarimizdan tanlab olganlarimizga meros qildik” deya marhamat qilgan Alloh taologa hamdlar bo'lsin.
O'zlarinig muborak hadisi shariflarida “Qur'on ahli Jannat ahlining oriflaridir” deya marhamat qilgan sayyidimiz, habibimiz, nabiyyimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamga salom va salovatlarimiz bo'lsin.
Joriy yilning 13 fevral' kuni Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutida ayol-qizlar o'rtasida Qur'oni Karim musobaqasi bo'lib o'tdi.
Musobaqa 3 yo'nalishda o'tkazildi:
1.Hifz: 30 pora yod olganlar o'rtasida;
2.Hifz: 10 pora yod olganlar o'rtasida;
3.Tilovat.
Qur'oni Karim musobaqasini 2018 yilgi Respublika Qorilar musobaqasi tilovat yo'nalishi g'olibasi Qur'on tilovati bilan boshlab berdi. Shundan so'ng bilim yurti rektori U.G'afurov musobaqani ochib berdilar.
TII rektori U.G'afurov boshchiligidagi hakamlar Jahongir qori Ne'matov, Ahmadxon qori Rashidov, Valixon qori Azimbayev va Jahongir qori Ubaydullohlar ishtirokchilarni baholab bordilar.
O'z yo'nalishlari bo'yicha g'oliblikni qo'lga kiritgan ishtirokchilarga bilim yurti rahbariyati tomonida diplom va qimmatbaho esdallik sovg'alar topshirildi.
G'oliblar:
1.Hifz yo'nalishi: 30 pora:
Birinchi o'rin – Raimkulova Bibixadicha;
Ikkinchi o'rin – Mirahmadova Husnora;
2.Hifz yo'nalishi: 10 pora:
Birinchi o'rin – Juraboyeva Mohigul
Ikkinchi o'rin – Abdullayeva Robiya
Uchinchi o'rin -Kadirkulova Risolat
3.Tilovat yo'naliishi:
Birinchi o'rin – Norxo'jayeva Nilufar
Ikkinchi o'rin – O'rinova Lutfiya
Uchinchi o'rin – Azizova Zilola
TII Matbuot xizmati
Hanafiy mazhabimizga ko‘ra, takbiri tahrima bilan namozga kirishda o‘ng qo‘lni chap qo‘l ustiga qo‘yib, qo‘llarini bog‘laydi va kindik ostiga qo‘yadi. Bu amalni ulamolarimiz sunnat deganlar.
Alqama ibn Voil otalari Voil ibn Hujrdan rivoyat qiladi: “Nabiy sallallohu alayhi vasallam namozda o‘ng qo‘llarini chap qo‘llari ustiga qo‘yib, kindik ostiga qo‘yganlarini ko‘rdim”.
Abu Juhayfa roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi, Ali roziyallohu anhu aytadilar: “Namozda qo‘lni qo‘lning ustiga qo‘yib, kindik ostiga qo‘yish – sunnatdir” (Imom Abu Dovud rivoyati).
@AhliSunnaValJamoaUz