Port-Said (Misr) shahrida bo'lib o'tadigan Halqaro Qur'oni karimni yoddan o'qib berish va diniy nashidlar musobaqalari oliy qo'mitasi Jahon xalqaro Qur'on musobaqalari rahbarlarining Bosh assambleyasi mamlakat poytaxtidagi Misr masjidida bo'lib o'tishini ma'lum qildi.
Hozirgi kunda ushbu shaharda Qur'oni karim va ibtiholat (duolar va nashidlar) yod olish bo'yicha ettinchi xalqaro musobaqani o'tkazishga hozirlik ko'rilmoqda.
Ushbu xalqaro musobaqa misrlik qori, Misr va islom olamida Qur'oni Karimning eng ulug' qorilaridan biri Shayx Shahat Muhammad Anvar nomi bilan ataladi.
Tanlovning yakuniy bosqichi 2024 yilning 2 – 6 fevral' kunlari Port-Said shahrida bo'lib o'tadi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi xodimi
Ilyosxon Ahmedov tayyorladi
Bugun, 28 may kuni chorshanba kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Muhammadolim domla Muhammadsiddiqov fuqarolarni qabul qilib, ularning murojaat va takliflarini tingladi.
Qabul jarayonida Samarqand, Toshkent viloyatlari va poytaxtimizning turli tumanlaridan kelgan fuqarolar tomonidan bildirilgan shar’iy masalalar, ishga joylashish, oilaviy munosabatlar, moddiy yordam va sohani rivojlantirishga mulohazalar atroflicha o‘rganildi.
Shuningdek, mas’ullarga tegishli masalalarni qisqa muddatlarda hal etish yuzasidan topshiriqlar berildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati