Sayt test holatida ishlamoqda!
08 Iyul, 2025   |   13 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:15
Quyosh
04:58
Peshin
12:33
Asr
17:41
Shom
20:02
Xufton
21:37
Bismillah
08 Iyul, 2025, 13 Muharram, 1447

Qur'onning nafis nusxasi taqdimot qilindi

06.11.2023   2347   2 min.
Qur'onning nafis nusxasi taqdimot qilindi

Sharja xalqaro kitob ko'rgazmasida Qur'oni karimning nafis nusxasi taqdimoti tashrif buyuruvchilar e'tiborini tortdi.

IQNA saytining “Khaleej Times” nashriga tayanib xabar berishicha, bu nafis Qur'on kitobining 11-12-asrlarga oid qo'lyozma nusxasi bo'lib, mashhur eronlik xattot Ibn Bavobning durdona asari sanaladi.

Asl qo'lyozma Myunxendagi Bavariya davlat kutubxonasida saqlanadi. Bu davrda Qur'onning bu turi atigi o'n nusxada chop etilgan.
Mazkur nusxa tadbirda namoyish etilgan bu qimmatbaho asarning aniq o'lchami, uslubi va vizual jozibasi bo'yicha chop etilgan atigi 300 nusxadan biridir.
“Adeva Rare Collectibles” kompaniyasi vakili Florian Strolls bunday deydi: “Bu Qur'on haqiqiy san'at asari bo'lib, zarhal qog'ozga kursiv nasx yozuvida yozilgan oyatlardir”.

U qo'shimcha qildi: “Mazkur qo'lyozma aql bovar qilmaydigan darajada bezatilgan va qo'lyozma san'ati olamida o'ziga xos o'rin tutadi. Har bir suraning sarlavhalari ko'k, oq va qizg'ish jigarrang yozuvda chiroyli tarzda yozilgan. Oyatlar esa ko'k, kumush va nafis atirgul naqshlari bilan ajratilgan. Harflarning o'lchami matematik tamoyillarga asoslangan bo'lib, masshtab birligida arab alifbosining birinchi harfi bo'lgan “Alif” harfining o'lchami qo'llaniladi.

Bir oz chapga qiyshaygan vertikal harflar o'ylangan holda joylashtirilgan va Ibn Bavob maktabidan farq qiladigan uslubni ko'rsatadi”, – dedi Strolls. Uning qo'shimcha qilishicha: “Birinchi sahifaning diqqatga sazovor xususiyati bu ikki sura nomlarining o'ziga xos tartibda joylashuvidir, bu esa Qur'oni karimni noyob san'at asari qiladi”.

O'zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Indoneziyada O‘zbekistonning boy ilmiy va ma’naviy merosi e’tirof etildi

07.07.2025   2031   1 min.
Indoneziyada O‘zbekistonning boy ilmiy va ma’naviy merosi e’tirof etildi

Jakarta shahridagi Sharif Hidoyatullah universiteti hamda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi hamkorligida nufuzli xalqaro anjuman tashkil etildi.

Mazkur anjumanda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi o‘rinbosari D.Maxsudov, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Obidjon Qodirov ishtirok etdi.


Uchrashuvda O‘zbekistonning boy ma’naviy merosi alohida ta’kidlandi. 


O‘zbekiston va Indoneziya o‘zining diniy bag‘rikengligi, ilmiy salohiyati va madaniy xilma-xilligi misollarda ko‘rsatib o‘tildi.


Xususan, Indoneziya Din ishlari vazirligi vakili, doktor A.Salim:

"Islom ilmi birgina jumla orqali cheksiz ma’nolarni ochib bera oladi. Bu uning hayotiyligi va doimo rivojlanib borishidagi kuchidir," – deya ta’kidladi.


Shuningdek, anjumanda Indoneziya va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi tarixiy rishtalar, jumladan, Prezident Sokarnoning Imom Buxoriy maqbarasini qayta kashf etishdagi roli, Valisongo orqali islomning tarqalishi kabi mavzular keng yoritildi. 
 

Indoneziyada O‘zbekistonning boy ilmiy va ma’naviy merosi e’tirof etildi Indoneziyada O‘zbekistonning boy ilmiy va ma’naviy merosi e’tirof etildi Indoneziyada O‘zbekistonning boy ilmiy va ma’naviy merosi e’tirof etildi Indoneziyada O‘zbekistonning boy ilmiy va ma’naviy merosi e’tirof etildi Indoneziyada O‘zbekistonning boy ilmiy va ma’naviy merosi e’tirof etildi Indoneziyada O‘zbekistonning boy ilmiy va ma’naviy merosi e’tirof etildi
O'zbekiston yangiliklari