«Muhammad Allohning rasulidir. U bilan birga bo'lgan (mo'min)lar kofirlarga qahrli, o'z oralarida (mo'minlarga nisbatan) esa rahm-shafqatlidirlar. Ularni (mudom) Allohdan fazl va rozilik tilab ruku va sajda qilayotgan hollarida ko'rarsiz. Ularning yuzlarida sajda asoratidan (qolgan) belgilari bordir. Mana shu (sifatlar) ularning Tavrotdagi misollaridir. Ularning Injildagi misollari esa, xuddi shoxlar chiqarib, quvvatga kirgach, yo'g'onlashib o'z novdasida tik turgan, dehqonlarni ajablantiradigan o'simlikka o'xshaydi. (Bu) ular sababli kofirlar jahlini chiqarish uchundir. Alloh ulardan imon keltirib, solih amallarni qilgan zotlarga mag'firat va ulkan mukofot va'da qilgandir» (Fath surasi, 29-oyat).
Ayrim kishilar: «Muhammad sollallohu alayhi va sallam barcha insonlardan, hatto payg'ambarlardan ham afzal ekaniga shubha yo'q. Lekin nima uchun u zotning muborak ismlari Qur'oni karimda bor-yo'g'i 4 o'rinda zikr etilgan? Vaholanki, oldingi payg'ambarlarning ko'pchiligi, misol uchun, Nuh alayhissalom 40 marta, Lut alayhissalom 27 marta, Solih alayhissalom 9 marta, Ibrohim alayhissalom 69 marta, Muso alayhissalom 136 marta, Iso alayhissalom 35 marta eslangan. Shu bilan birga, Kalomullohda “Ey Nuh; ey Lut; ey Ibrohim; ey Muso; ey Horun; ey Hud; ey Solih” deya payg'ambarlarga murojaat qilingan. Lekin so'nggi Payg'ambarimizga “Ey Muhammad!” deya xitob qilinmagan. Buning boisi nima?» deyishadi.
Davomi bor...
Bugun Xoja Buxoriy o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida "QUR’ON TARANNUMI MUSOBAQASI" tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni ta’lim muassasasi o‘quv ishlari bo‘yicha mudir o‘rinbosari U.Mahmudov ochib berdi va ishtirokchilarga omad tiladi. So‘ngra ta’lim muassasasi o‘qituvchisi Hikmatillo domla Xomidov musobaqa shartlari bilan tanishtirdi.
Musobaqada qorilarni ta’lim muassasasi o‘qituvchilari:
Hikmatillo domla Xomidov (hakamlar hay’ati raisi)
Abdellatif Naser Mahmudjalal
Asilbek domla Islomovlar baholab bordilar.
Tadbirda 3-kurs talabasi Azizbekov Bahromjon boshlovchilik qildi.
Hakamlar hay’atining qo‘ygan ballari asosida chiqarilgan yakuniy xulosaga ko‘ra quyidagi natija qayd etildi.
Hifz yo‘nalishi bo‘yicha:
1-o‘rin: 2-kurs talabasi Dulabov Mahmud.
2-o‘rin: 1-kurs talabasi Xudayberdiyev Abbos.
3-o‘rin: 4-kurs talabasi Sherqulov Anvar.
Qiroat yo‘nalishi bo‘yicha:
1-o‘rin: 4-kurs talabasi Mirzayev Mehroj
2-o‘rin: 3-kurs talabasi Ko‘paysinov Muhammadnur.
3-o‘rin: 4-kurs talabasi Mahkamov Ahmad.
Musobaqa g‘oliblari va ishtirokchilariga ta’lim muassasasi tomonidan qimmatbaho sovg‘alar va faxriy yorliqlar topshirildi.