Bu haqda 26 yanvar' kuni Dog'iston muftiysi shayx Ahmad Afandi O'zbekiston Respublikasining Rostov-Dondagi Bosh konsuli Rustam Qo'rg'onboyev bilan uchrashuvda aytib o'tdi.
Muftiyat matbuot xizmati xabariga ko'ra, yig'ilishda Dog'iston Respublikasi Milliy siyosat va diniy ishlar vaziri vazifasini vaqtinchalik bajaruvchi Enrik Muslimov ham ishtirok etdi.
Suhbat chog'ida R. Qo'rg'onboyev Dog'istonga tashrifidan maqsad, avvalo, ziyorat turizmi sohasidagi hamkorlikni mustahkamlashdan iborat ekanini ta'kidladi.
Bosh konsul Dog'iston tomoniga fevral' oyi oxirida O'zbekiston ziyorat va turistik salohiyatini taqdim etish uchun respublikada maydoncha tashkil qilish imkoniyatini ko'rib chiqishni taklif qildi. Shayx Ahmad Afandi, o'z navbatida, ziyorat turizmini rivojlantirish zarurligi g'oyasini qo'llab-quvvatladi.
Agar uning tashabbusiga qiziqish bildirilsa, Dog'iston va Checheniston musulmonlari uchun yoz boshida Maxachqal'a – Toshkent yo'nalishi bo'yicha charter reyslarini yo'lga qo'yish rejalashtirilgan.
Dog'iston muftiysi ziyorat turizmini rivojlantirish zarurligi haqidagi g'oyani qo'llab-quvvatladi va tez orada davlatlarimizda koronavirus tufayli o'z-o'zini izolyatsiya qilish rejimining zaiflashuvi yuz berishiga umid bildirdi.
"Bugungi kunda Dog'istonda so'fiylik keng tarqalgan. Bu ta'limot O'zbekistondan keladi. Sizlarda bunday g'oya paydo bo'lgani uchun Allohga rahmatlar aytamiz. Har tomonlama qo'llab - quvvatlaymiz", - deya ta'kidladi Dog'iston muftiysi.
Milliy siyosat bo'yicha vazir vazifasini bajaruvchi Enrik Muslimov Rossiya va O'zbekiston xalqaro darajada juda yaxshi aloqalarga ega ekanini eslatdi.
Shuningdek, O'zbekiston konsuli boshqa amaldorlar hamrohligida Iso Payg'ambar nomidagi Ma'naviyat markazi va Maxachqal'a Markaziy Juma masjidiga tashrif buyurgani qayd etilgan.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Alhamdulillah, biz mo‘min-musulmonlar Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallamga salavot aytishga buyurilganmiz. Agar bir marta salavot aytsak, bizga Alloh o‘n marta rahmat yo‘llaydi, o‘nta gunohimiz o‘chiriladi, martabamiz o‘n daraja ortadi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytganlar: “Kim menga bir marta salavot aytsa, Alloh unga o‘n marta rahmat yo‘llaydi. Uning o‘nta gunohi o‘chiriladi, martabasi o‘n daraja ko‘tariladi” (Imom Ahmad rivoyati). Manbalarda qisqa salavot sifatida quyidagi salavot beriladi:
اَللَّهُمَّ صل وَسَلِّمْ عَلَى نَبِيِّنَا مُحَمَّد
Allóhumma solli vasallim alá nabiyyiná Muhammad
Ma’nosi: “Ey, Alloh! Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomga rahmat va salom yo‘llagin!”
Ruhiddin Akbarov,
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Qashqadaryo viloyat vakilligi xodimi