Mamlakatimizning Turkiyadagi diplomatik missiyalarida bosh vazir muovini Aziz Abduhakimov boshchiligidagi O'zbekiston delegatsiyasining Turkiyaning "Pegasus Airlines"aviakompaniyasi vakillari bilan ishchi uchrashuvi tashkil etildi.
Muzokaralar chog'ida O'zbekistonga sayyohlik oqimini ko'paytirish va qo'shimcha reyslarni ochish imkoniyati yuzasidan fikr almashildi.
O'zbekistonning tarixiy va madaniy merosini o'rganmoqchi bo'lgan chet el fuqarolarining ko'payib borayotganligi bois Anqara va Istanbuldan Toshkent, Samarqand, Buxoro va boshqalarga to'g'ridan-to'g'ri parvozlar tashkil etish orqali Turkiya va O'zbekiston havo xizmatlarini diversifikatsiya qilish masalasini o'rganish zarurligini ta'kidladi.
Turkiya tomoniga ko'ra, "Pegasus Airlines" - Yevropa, Yaqin Sharq va Turkiyada muntazam va charter yo'lovchi tashishni amalga oshiruvchi dunyodagi etakchi arzon (low-cost) aviakompaniyalardan biri. Kompaniya o'z flotida 92 ta samolyotga ega va 113 ta yo'nalishga (35 - ichki, 78-xalqaro, haftasiga taxminan 3000+ reys) reyslarni amalga oshiradi.
Muzokaralardan so'ng "Pegasus Airlines" kompaniyasi vakillari Sabiha Gyokchen aeroporti va aviakompaniya o'quv markaziga tur uyushtirib, unda tashuvchining navbatdagi reysni tashkil etishdagi mavjud salohiyati va amaliy faoliyatini namoyish etdi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
2025 yilgi Haj safarida ishtirok etgan yurtdoshlarimiz “Yangi O‘zbekistonning tinchlik va ma’naviyat targ‘ibotchilari” tashabbusi doirasida faol ish olib bormoqdalar. Ushbu tashabbus doirasidagi navbatdagi namunaviy-amaliy tadbir Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumanida bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston musulmonlari idorasi Farg‘ona viloyati vakili, viloyat bosh imom-xatibi Ubaydulloh domla Abdullayev ishtirok etib, tadbirga boshchilik qildi. “Sayyid Ahmadxon hoji” jome masjidida o‘tkazilgan yig‘ilishda tajribali imom-xatiblardan iborat Ishchi guruh tuzilib, ustuvor vazifalar belgilab olindi.
Ishchi guruh uch yo‘nalishda faoliyat olib bordi. Jumladan:
– Hajdan qaytgan ziyoratchilar ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarga jalb etildi;
– 65 ta oilaga borilib, ma’naviy suhbat va amaliy yordamlar ko‘rsatildi;
– 9 ta xonadondagi ruhiy-ma’naviy qiyinchiliklar o‘rganilib, maslahatlar berildi.
– Oilaviy kelishmovchilik sababli notinch bo‘lib turgan oilalarga suhbat va nasihatlar o‘tkazildi. Natijada 2 ta arazlashgan oila yarashtirilib, 1 ta ajrimning oldi olindi;
– Sudlanganlar, jazo muddatini o‘tayotganlar hamda ularning oilalari bilan muloqot qilindi.
– Nogiron va ehtiyojmandlar holidan xabar olinib, moddiy-ma’naviy ko‘mak ko‘rsatildi.
Tumanning Taptiqsaroy mahallasida yong‘in oqibatida zarar ko‘rgan xonadonni qayta ta’mirlash ishlari homiylar va hojilar ko‘magida boshlab yuborildi. Bosh imom-xatib Ubaydulloh domla ushbu xonadonga tashrif buyurib, muloqot qildi hamda tavsiyalar berdi.
Bundan tashqari, “Doimobod” mahallasidan bo‘lgan, nogironligi bor fuqaroning uyiga ham tashrif uyushtirilib, tugallanmagan uy qurilishi uchun zarur qurilish materiallari yetkazildi.
Peshin namozidan so‘ng Ishchi guruh tarkibidagi iqtidorli imom-xatiblar jamoatga ma’ruza qilib, tinchlik, osoyishtalik va xalq farovonligi uchun duo qildilar.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Farg‘ona viloyati vakilligi
Matbuot xizmati