O'zbekiston transport vazirligida juma kuni Eronning «Zagros Airlines» aviakompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA vazirlik axborot xizmati manbasiga asoslanib.
Transport vaziri o'rinbosari Jasurbek Choriyevning «Zagros Airlines» aviakompaniyasining O'zbekistondagi bosh vakili Morteza Sheyxassani bilan bo'lib o'tgan muloqotida ikki davlat o'rtasida muntazam havo qatnovlarini qayta tiklash masalasi muhokama qilindi.
Shuningdek, aviakompaniya vakillari yo'nalishlar geografiyasini kengaytirish, tranzit salohiyatini rivojlantirish va parvozlar sonini oshirish bo'yicha qator takliflarni bildirdi. Hususan, «Zagros Airlines» aviakompaniyasi Eronning turli shaharlaridan Samarqand va Buxoroga aviareyslar qo'yish istagida ekani ma'lum qilindi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matubot xizmati
O‘zbekiston musulmonlari idorasi rahbariyati tomonidan aholi bilan o‘tkazilayotgan ochiq va samimiy muloqotlar fuqarolarning muammolarini bartaraf etishda muhim omil bo‘lmoqda. Har bir murojaatga alohida e’tibor qaratilishi natijasida ko‘plab masalalar joyida va ijobiy hal etilmoqda.
Xususan, bugun, 4 mart kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov navbatdagi fuqarolar qabulini o‘tkazdi. Muloqot davomida imom-xatiblar faoliyati, haj va umra ziyoratlari, diniy ta’lim tizimi, oilaviy munosabatlar hamda ijtimoiy ko‘makka oid murojaatlar ko‘rib chiqildi.
Qabulda oilaviy masalalar yuzasidan kelganlarga shar’iy yechimlar va zarur maslahatlar berilgan bo‘lsa, moddiy yordam so‘ragan fuqarolarga belgilangan tartibda amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.
Bunday e’tibor va g‘amxo‘rlikdan mamnun bo‘lgan yurtdoshlarimiz Diniy idora rahbariyatiga minnatdorlik bildirib, xayrli duolar qilishdi. Zero, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: "... Kim birodarining hojatini ravo qilsa, Alloh uning hojatini ravo qiladi. Kim bir musulmonning tashvishni aritsa, Alloh uning Qiyomat kunidagi tashvishlaridan birini aritadi", deb marhamat qilganlar (Imom Buxoriy rivoyati).
Shu kabi qabul jarayonlari har haftaning chorshanba kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasining barcha hududiy vakilliklari va jome masjidlarida imom-domlalar tomonidan muntazam ravishda o‘tkazib kelinmoqda.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati