Qoraqalpog'iston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan “Muhammad Baxiy iyshan” masjidi ro'yxatdan o'tkazilib, bu to'g'ridagi guvohnoma jome xodimlariga topshirildi.
Yangi masjid mamlakatimizning shimoliy hududi, Qoraqalpog'iston Respublikasi, Nukus shahar, “Jeke terek” ovul fuqarolar yig'ini hududida joylashgan.
Masjid nomi qoraqalpoq elining atoqli ulamosi, marhum Muhammad Baxiy iyshon hazratlari nomiga qo'yildi.
Ma'lumot uchun, ushbu masjid ochilishi bilan Mamlakatimizdagi masjidlar soni 2080 ta, Qoraqalpog'iston Respublikasida esa 52 taga etdi.
Alloh taolo ushbu masjidni “Jeke terek” ovul fuqarolar yig'ini ahli va xalqimizga muborak qilsin. Uning faoliyatini yo'lga qo'yishga hissa qo'shganlardan O'zi rozi bo'lsin!
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Indoneziyaning yangi tayinlangan elchisi Siti Ruhaini Juhayatinni qabul qildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
"Indoneziyaning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan Elchisi Siti Ruhaini Juhayatin xonimdan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildik, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – Siyosiy muloqotdan tortib iqtisodiy diplomatiyagacha bo‘lgan barcha sohalarda ikki tomonlama aloqalar jadal rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan ta’kidladik. Shubhasiz, O‘zbekiston-Indoneziya o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirish uchun ko‘plab sohalarda keng imkoniyatlar mavjud.
Elchi xonimning boy tajribasini qadrlaymiz va mamlakatimizdagi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz".
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Indoneziya o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar 1992 yil 23 iyunda o‘rnatilgan. O‘zbekistonning ushbu mamlakatdagi yangi elchisi Oybek Eshonov 2024 yilning 4 noyabr kuni Indoneziya Prezidenti Subianto Prabovoga ishonch yorliqlarini topshirgan edi.
"Dunyo" AA olgan surat