O'zbekiston delegatsiyasi BMTning Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) Ijroiya kengashining 113-sessiyasida ishtirok etdi.
O'zbekiston delegatsiyasi rahbari – Bosh vazir o'rinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi raisi Aziz Abduhakimov tadbir ishtirokchilari e'tiborini ikkita masalaga qaratdi.
Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi xabar berishicha, birinchi masala O'zbekiston nomzodini 2021-2023 yillarda UNWTO Ijroiya kengashiga a'zolikka qo'yishga doir bo'ldi.
Tadbir doirasidagi muhokamalarda Kengash tarkibiga ko'rsatilgan nomzodlar orasida O'zbekiston imkoniyatlari yuqori ekanligi ta'kidlandi. Tashkilot Ijroiya kengashiga a'zo bo'lish O'zbekistonning global miqyosda turizm sohasida olib borilayotgan siyosatda faol ishtirok etish hamda unda mamlakatimiz manfaatlarini himoya qilishga xizmat qiladi. Ikkinchisi masala 2023 yilda UNWTO Bosh Assambleyasi 25-sessiyasini Samarqand shahrida o'tkazishtaklifi bilan bog'liq bo'ldi. Buning uchun Samarqand shahrida mavjud va kelasi 3 yilda amalga oshiriladigan keng ko'lamli ishlar haqida ma'lumot berildi.
— Bosh Assambleyaga mezbonlik qilish jahon turizm industriyasining etakchi vakillari, ishbilarmonlar va investorlarni O'zbekistonga jalb qilish imkonini beradi, - dedi A.Abduhakimov. — 158 ta a'zo davlatning 2 mingdan ortiq vakili tashrifini tashkil etish orqali esa turizm sohasidan tushadigan daromadni oshirish mumkin.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi Toshkent shahar vakilligi bosh mutaxassisi, Olmazor tumani "Iskandarxo‘ja" masjidi imom-xatibi Saidxon domla Maxsumovning amakisi G‘anixon hoji boboning vafoti munosabati bilan chuqur ta’ziya izhor etadi.
Alloh taolo marhumni O‘z mag‘firatiga olsin, imonlarini salomat qilsin, solih amallarini o‘zlariga hamroh etsin. Oxiratlarini obod etib, joylarini Firdavs jannatlaridan qilsin!
Haq taolo Saidxon domla Maxsumov va marhumning ahli oilasi, farzandu arjumandlari va yaqinlariga chiroyli sabr berib, bu musibatlarini yaxshiliklar ila to‘ldirsin. Biz Buyuk Parvardigordan duo qilib so‘raymizki, marhumni o‘zining cheksiz rahmatiga olsin, jannat bog‘lariga doxil etsin.
Inna lillahi va inna ilayhi roji’un!
«Albatta, biz Allohnikimiz va albatta, biz U Zotga qaytuvchimiz».
O‘zbekiston musulmonlari idorasi