Unda markaz jamoasi, Hadis ilmi maktabi o'qituvchi va talabalari hamda O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi malaka oshirish markazi Samarqand mintaqaviy filiali tinglovchilari ishtirok etdi.
O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti rektori Ibrohim Yo'ldoshev va Samarqand davlat chet tillar instituti rektori Ilhom To'xtasinov so'nggi yillarda yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar, fan-ta'lim, madaniyat, tibbiyot sohalarini rivojlantirish, iqtisodiy barqarorlikni ta'minlash bo'yicha olib borilayotgan ishlar haqida so'z yuritdi. Ushbu yo'nalishlarda erishilayotgan yutuqlar hayotiy misollar bilan tushuntirildi.
Prezidentimizning Oliy Majlisga yo'llagan Murojaatnomasi ham ushbu ezgu sa'y-harakatlarning mantiqiy davomi bo'lgani, unda ilgari surilgan taklif va tashabbuslar yurtimiz taraqqiyotiga xizmat qilishi e'tirof etildi.
– Davlatimiz rahbari Murojaatnomada kalom ilmining asoschisi, buyuk mutakkallim Abu Mansur Imom Moturidiy hazratlarining “Tiriklik hikmatini sog'liqda, deb bilgin”, degan chuqur ma'noli hikmatlarini yodga oldilar, - dedi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Sh.Ziyodov. - Dunyo xalqlarini larzaga solgan koronavirus pandemiyasi davrida bu hikmatning nechog'li ahamiyatga ega ekanligini xalqimiz chuqur his etdi. Albatta, xalqimizga, yoshlarimizga ajdodlarimizning kimligini tanitsak, ularning ilmiy merosini chuqur o'rgatsak, ularning orasidan adashganlar chiqmaydi. Aksincha, yurtimizni yanada taraqqiy ettirishga munosib hissa qo'sha oladigan etuk kadrlar, ulug' allomalarimizga munosib vorislar etishib chiqadi.
Tadbir doirasida Prezidentimiz tomonidan Murojaatnomada ilgari surilgan eng muhim tashabbuslar aks etgan videorolik namoyish etildi.
G'.Hasanov, O'zA
Avval xabar berganimizdek, ayni kunlarda Prezidentimiz tashabbusi bilan yurtimizning barcha hududlarida “Ramazon – mehr-muruvvat, ahillik va shukronalik oyi” degan ezgu g‘oya asosida keng ko‘lamli xayriya tadbirlari va iftorlik marosimlari o‘tkazilmoqda.
Ana shunday ezgu an’ana va xayriya tadbirlari Surxondaryo viloyatida ham keng quloch yozmoqda. Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov va viloyat bosh imom-xatibi Rasuljon domla Abdullayev boshchiligida hududdagi imom-xatiblar mahallalardagi ehtiyojmand xonadonlarda bo‘lib, iftorlik dasturxonlari yozish va hadyalar ulashish orqali ularning qalbiga xursandchilik kiritmoqdalar.
Jumladan, Termiz shahridagi “Abdurahmon Jomiy” mahallasida yashovchi Sadatovlar xonadonida fayzli iftorlik uyushtirilib, oila a’zolarining holidan xabar olindi.
Shu kunning o‘zida viloyatdagi 15 ta tuman bosh imom-xatiblari ham o‘z hududlaridagi boquvchisini yo‘qotgan va muhtoj fuqarolar xonadonlarida bo‘ldilar. Umumiy hisobda imomlar tomonidan 390 ta oilaga kirilib, ularga jami 258 million so‘mlik oziq-ovqat jamlanmalari tuhfa qilindi.
Ramazon oyining tarovatini oshirishga xizmat qilgan bu kabi mehr-muruvvat va saxovat tadbirlari butun o‘lkamiz bo‘ylab davom etmoqda.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati