Sayt test holatida ishlamoqda!
09 Yanvar, 2026   |   20 Rajab, 1447

Toshkent shahri
Tong
06:24
Quyosh
07:49
Peshin
12:35
Asr
15:31
Shom
17:16
Xufton
18:34
Bismillah
09 Yanvar, 2026, 20 Rajab, 1447

Muftiy hazrat boshchiligida xatmi Buxoriy o'qildi

23.01.2021   2024   2 min.
Muftiy hazrat boshchiligida xatmi Buxoriy o'qildi

Bugun, 23 yanvar' kuni O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari Samarqand viloyatiga tashriflari davomida Imom Buxoriy ziyoratgohida indoneziyalik insonlarning iltimosiga binoan ado etilgan “Sahihul Buxoriy” kitobining xatmonasida ishtirok etdilar. Marosimda Din ishlari bo'yicha qo'mita raisi Abdug'ofur Ahmedov, Samarqand viloyati bosh imom-xatibi o'rinbosari Hayrullo domla Sattarov, Diniy idora Ish boshqaruvchisi Rustam Jamilov va Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Shovosil Ziyodov ishtirok etdi.
Hatmi Buxoriy xatmonasini muftiy hazratlari boshchiliklaridagi bir guruh mo''tabar ulamolar qatorida Hadis ilmi oliy maktabi ustozi, misrlik olim Shayx Mahmud ham o'qib berdilar.
Shundan so'ng xatmona yakunida yurtimizga tinchlik-xotirjamlik, xonadonlarimizga qut-baraka, butun dunyo, jumladan diyorimiz turli balo va ofatlardan omonda bo'lishini so'rab duolar qildilar.
Mo''tabar manbalarda Imom Buxoriy hazratlarining «Sahihi Buxoriy» to'plamlarini o'qib chiqish orqali ham turli baloyu ofatlardan saqlanish mumkinligi qayd etilgan.
Shunday ekan, Alloh taolo tez va qisqa fursatda yurtimizdan bu baloni ko'tarib, ma'mur va farovon hayotimiz iziga tushib ketishini nasib etsin. Koronavirus infektsiyasini yuqtirib olgan yurtdoshlarimizga shifoi komil bersin, muhtaram Prezidentmiz tomonlaridan boshlangan oqilona islohotlarimizni oxiriga etkazishni nasib etsin. Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo va xalqimiz hayoti farovon bo'lsin.
Samarqand viloyati Qorasu mavzesida yangi qurilishi rejalashtirilgan jome masjidning loyihasi bilan tanishildi. Muftiy hazratlari tomonidan bunyodkorlik ishlarini milliy va zamonaviy andozalarga mos holda amalga oshirish yuzasidan muhim tavsiyalar berildi.
Samarqand viloyati safari davom etmoqda.

O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Videolar

Takomillashayotgan "O‘zbekiston – 2030" strategiyasi loyihasi jamoatchilik muhokamasida

09.01.2026   1545   1 min.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan global o‘zgarishlar va zamonaviy tendensiyalarni inobatga olgan holda "O‘zbekiston – 2030" strategiyasining takomillashtirilgan loyihasi ishlab chiqildi.

Ayni paytda mazkur loyiha jamoatchilik muhokamasi uchun uzbekistan2030.uz onlayn platformasiga joylashtirilgan. Fuqarolar loyiha bilan tanishib, "Fikr qoldirish" tugmasi orqali o‘z taklif va mulohazalarini bildirishlari mumkin.

Yangi fikrlar, yangi takliflar bilan - yangi davrga shiddatli qadam! Muhokamalarda faol qatnashing!

https://uzbekistan2030.uz/uz-Cyrl/muhokama

 

VIDEO