Muoza Adaviyya Basriyya rahimahalloh o'zi emizgan farzandlariga harom eyishdan chetlanishni buyurgan edi. Abu Abdurrahmon Sullamiy aytadi: «Ummu Asvadni ham Muoza Adaviyya emizgan edi. Ummu Asvad aytadi: «Muoza Adaviyya menga: «Harom eb, sutimni rasvo qilma. Men seni emizayotganimda imkon boricha halol eyishga harakat qilganman. Sen ham faqat halol e, shoyad Hojangning xizmatiga, Uning qazosiga rozi bo'lishga muvaffaq bo'lsang».
«Solihlar gulshani» kitobidan
O‘zbekiston musulmonlari idorasi rahbariyati tomonidan aholi bilan muntazam yo‘lga qo‘yilgan ochiq va samimiy muloqotlar fuqarolarning muammolarini tizimli hal etishda yuksak samara bermoqda.
Xususan, joriy yilning 18 mart kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov navbatdagi fuqarolar qabulini o‘tkazib, har bir murojaatni alohida e’tibor bilan ko‘rib chiqdi.
Qabul davomida oilaviy masalalar bo‘yicha kelgan yurtdoshlarimizga shar’iy ko‘rsatma va zarur maslahatlar berilgan bo‘lsa, moddiy yordamga muhtoj fuqarolarga belgilangan tartibda amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.
Ta’kidlash joizki, aholi muammolarini tinglash va ularga yechim topish jarayonlari har haftaning chorshanba kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasining barcha hududiy vakilliklari hamda jome masjidlarida imom-domlalar tomonidan izchil davom ettirilmoqda.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati