Sayt test holatida ishlamoqda!
19 Noyabr, 2025   |   28 Jumadul avval, 1447

Toshkent shahri
Tong
05:53
Quyosh
07:16
Peshin
12:13
Asr
15:20
Shom
17:05
Xufton
18:21
Bismillah
19 Noyabr, 2025, 28 Jumadul avval, 1447

Vatanga xizmat–oliy baxt

12.01.2021   1818   3 min.
Vatanga xizmat–oliy baxt

Inson qayerda tug'ilib parvarish topsa, o'sha joyga mehr qo'yadi. Vatanni sevish, vatanparvar bo'lish, undagi bor narsani ardoqlab, sog'inib yashash inson tabi'atida tabiiy, tug'ma hissiyotdir. Bu hissiyot insonni o'zining moli, vaqti, kuchi, hatto jonini ham vatan uchun mardlarcha fido qilishga undaydi. Uning tinchligi uchun barcha narsalarni taqdim qilishga tayyor bo'ladi.

Vatan himoyasi – xalq himoyasidir. Vatan chegaraliri xalq uchun, uning osuda hayoti uchun qo'riqlanadi. Halqni hamma xavf-xatardan himoya qilish insonning Alloh taoloni oldida va vatan oldida muqaddas burchidir.

Vatan sarhadlarini himoya qilish, sergaklik bilan tuni-kun hushyor turish ulug' fazilat, ayni vaqtda ibodat bo'ladi.

عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ قَالَ سَمِعْتُ رَسُولَ اللَّهِ - صلى الله عليه وسلم – يَقُولُ  ” عَيْنَانِ لاَ تَمَسُّهُمَا النَّارُ عَيْنٌ بَكَتْ مِنْ خَشْيَةِ اللَّهِ وَعَيْنٌ بَاتَتْ تَحْرُسُ فِى سَبِيلِ اللَّهِ“  رَوَاهُ الترمذى.

Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Men Rasuulloh sollallohu alayhi vasallamning “Ikki ko'zni do'zax otashi kuydirmaydi.  Alloh taolodan qo'rqib yig'lagan ko'z, Allohning yo'lida tunlari qo'riqchilik qilgan ko'z” – deganlarini eshitdim”. Imom Termiziy rivoyat qilgan.

Insonlar oxirat diyorida dunyoda qilgan amallariga ko'ra, jannat yoki do'zaxga ajralishi muqarrardir. Vatandoshimiz Imom Abu Iso Termiziy rivoyat qilgan mazkur hadisi sharifda ikki toifa insonlar fazilatli amallari bilan do'zax azobidan najot topishi, natijada ulug' mukofat bilan mukofotlanishi zikr qilinmoqda.

Ushbu fazilatli amalning birinchisi – Alloh taolodan qo'rqib, qilgan gunohlaridan tavba qilib yig'lagan ko'z sohibi. Ko'z yoshi bilan, chin ixlos bilan qilingan tavbani Alloh taolo qabul qiladi. Tavba qiluvchi inson o'z nafsi bilan kurashuvchi, barcha gunoh va jinoyat ishlardan o'zini to'xtatuvchi va buyurgan ishlarga bo'ysinuvchi insondir. Bu insonlarning qalb ko'z ochiq bo'ladi.

Inson ko'zidan yosh to'kishi bilan qalb yumshatadi. Inson qalbi yumshashi natijasida o'zi va yon atrofidagi faqat manfaat keltiradi.

Ikkinchisi – Alloh taoloning yo'lida vatan hududini qo'riqchilik qilgan ko'z sohibi. Bu insonlar yurtning tinchligi va osudaligi uchun uyqusidan kechib, bedorlik bilan tunni o'tkazuvchi insonlar. Ular yurt dushmanlari bilan kurashuvchi, tinchlik va osudalikka rahna soluvchilarni to'xtatuvchi insondir. Bu insonlarning haqiqiy ko'zlari ochiq bo'ladi.

Demak, inson najot topish uchun doim ikki ko'zi ochiq bo'lishi kerak. Har ikki ko'z ochiq bo'lishi bir-biridan muhim. Ko'zdan yoshdan to'kuvchi dushmanlarning eng kattasi bo'lgan nafs bilan kurashuvchi insondir. Sarhadlarni qo'riqlovchi vatan dushmanlari bilan kurashuvchi insondir. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam mazkur hadisi sharifda bu ikki insonni dushman bilan kurashuvchi bo'lishda barobar ekanligini zikr qildilar.

Bu ikki ko'zi ochiq insonlar ikki dunyo baxt-saodatiga erishadilar.

Jaloliddin HOLMO'MINOV

“Ko'kaldosh” o'rta maxsus islom yurti o'qituvchisi

 

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Mangu va mag‘rur hilpirayver, yurtim bayrog‘i!

18.11.2025   1494   5 min.
Mangu va mag‘rur hilpirayver, yurtim bayrog‘i!

18 noyabr – O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i qabul qilingan kun

Har bir davlatning tarixi, qadriyati va kelajakka intilishi uning davlat ramzlari – gerb, madhiya va bayroqda mujassam bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i 1991 yil 18 noyabrda qabul qilingan bo‘lib, bu sana nafaqat davlatchilik asoslarining mustahkamlanganini, balki asrlar osha davom etgan ozodlik orzusining amalga oshganini anglatadi. 

Bayroq bu shunchaki to‘rtburchak mato emas, balki milliy o‘zlikni anglashning eng yuksak ifodasi, xalqimizning o‘tmish va kelajak o‘rtasidagi noyob ko‘prigidir. Bugungi kunda O‘zbekiston jahon hamjamiyatida o‘z o‘rnini mustahkamlar ekan, davlat bayrog‘ining nafaqat tarixiy-ramziy, balki ijtimoiy-siyosiy ahamiyatini chuqur tahlil qilish fuqarolarimizda g‘urur va mas’uliyat yukini yanada oshiradi. 

Bayroqning har bir rangi va belgisi ostida qanday falsafa yashiringanini anglash  Vatanga daxldorlik tuyg‘usini kuchaytiradi. Shu bois, O‘zbekiston bayrog‘i nafaqat davlatning muqaddas ramzi, balki xalqning umumiy taqdiri, g‘ururi va buyuk maqsadlarining jonli deklaratsiyasidir.

O‘tmish, bugun va kelajak uyg‘unligi

O‘zbekiston bayrog‘idagi ranglar va belgilar to‘plami chuqur ma’noga ega bo‘lib, ular mamlakatimizning tarixiy, madaniy va ma’naviy qiyofasini aks ettiradi. Bayroqdagi har bir chiziq va timsol, Vatanimizning ruhiy kodlaridir.

Moviy rang (ko‘k) – hayotiylik, musaffo osmon va suvning manguligini bildiradi. Tarixiy jihatdan Amir Temur imperiyasi bayrog‘ining rangi sifatida tarixiy davomiylik, kuch-qudrat va mardlik timsolidir. Shu bilan birga bu rang "Yangi O‘zbekiston" g‘oyasining ochiqlik, o‘zgarishlarga tayyorlik va global taraqqiyotga intilish falsafasini ifodalaydi.

Oq rang – tinchlik, poklik, ezgulik va halollikning muqaddas ramzi. U islohotlarning asosiy maqsadi bo‘lgan tinchlik-farovonlik va halol mehnat falsafasida o‘z aksini topgan.

Yashil rang – uyg‘onish, tabiatning yangilanishi, umid va yoshlik ramzidir. Islom sivilizatsiyasi an’analariga hurmatni ifodalash bilan birga "Yashil makon" kabi ekologik loyihalar bilan uzviy bog‘liqdir.

Qizil hoshiyalar  – ranglarni ajratib turuvchi bu yo‘llar – vujuddagi hayotiy qudrat irmoqlari, tiriklik va matonat timsoli.

Yangi oy  qo‘lga kiritilgan mustaqillik, yangilanish va taraqqiyotning ramzi hamda Islom an’analariga hurmatni bildiradi.

O‘n ikki yulduz qadimiy astronomik bilimlar, xususan, Mirzo Ulug‘bek maktabining yulduz ilmi (nujum) taraqqiyotiga qo‘shgan hissasiga ishora qiladi. 12 raqami komillik, to‘kislik va yuksaklikka intilish falsafasini anglatadi. 

Ijtimoiy-siyosiy ahamiyati va qonunchilik

Davlat bayrog‘ining qabul qilinishi mamlakatning xalqaro huquq subyekti sifatida tan olinishi uchun birinchi va eng muhim qadam bo‘lgan. Bayroq ko‘p millatli O‘zbekiston xalqini yagona Vatan g‘oyasi atrofida birlashtiruvchi, ular orasidagi millatlararo totuvlik va umumiy maqsadlarni mustahkamlovchi eng oliy ramzdir. 2023 yilda “O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i to‘g‘risida” gi qonunga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar bayroqqa bo‘lgan hurmatni saqlagan holda, fuqarolarning uni sport, madaniy tadbirlar va oilaviy bayramlarda kengroq qo‘llanishiga imkon yaratdi. Bu o‘zgarish milliy ramzlarga daxldorlik tuyg‘usini kuchaytirdi.

Sport, tarbiya va xalqaro g‘urur

O‘zbekistonda davlat bayrog‘i qabul qilingan kunni nishonlash yosh avlod tarbiyasidagi beqiyos o‘rni bilan ajralib turadi. Bayroqqa mehrni sport orqali targ‘ib etish ham muhim ahamiyatga ega. "Yangi nafas" ommaviy yugurish musobaqasi kabi keng qamrovli sport tadbirlari orqali bayroqqa hurmat harakat, sog‘lomlik va yoshlar shijoatida  ifodalanadi. Bayrog‘imizning xalqaro maydondagi eng baland hilpirashi  bu sportchilarning g‘alabasidadir. Sportchilar uchun bayroq butun bir xalqning ishonchi va orzusi hamdir. Ayniqsa, Kurash milliy sportimizning liboslarida (yaktak) O‘zbekiston bayrog‘idan jilo olinganligi, bu liboslardan dunyoning 130 dan ortiq mamlakati foydalanayotganligi  bayrog‘imizning xalqaro sport madaniyatiga singib borayotganini ko‘rsatadi.

Mamlakatimizda davlat bayrog‘i qabul qilingan kun bu yil o‘zgacha shukuh va ko‘tarinkilikda nishonlanmoqda. Butun respublikamiz bo‘ylab "Bir bayroq ostida" estafetasi tadbirlari o‘tkazilyapti. Bu xalqni jipslashtirish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning muhim vositasidir. Uzoq viloyatlardan boshlanadigan tadbirlarning yakuniy tantanasi 18 noyabr kuni Toshkent shahridagi Xalqlar do‘stligi maydonida katta shou tarzida davom etib, butun xalqning birdamlik bayramiga aylanadi.

 Ehtirom, mas’uliyat va kelajakka ishonch

18 noyabr – O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilingan kun  bu nafaqat taqvimdagi bir sana, balki milliy o‘zlik va mustaqillikning ustuvorligini eslatuvchi tarixiy chorlovdir. Bayroq  bugungi tinch, farovon va o‘z kelajagini o‘zi qurishga bel bog‘lagan xalqning yagona maqsad yo‘lidagi birdamlik deklaratsiyasidir.

Har bir fuqaroning burchi  bu muqaddas ramzga nisbatan yuksak ehtirom bilan qarash, uning zamiridagi chuqur falsafani anglash va uning jahon uzra mag‘rur hilpirashi uchun o‘z mas’uliyatini his etishdir.

Bayrog‘imiz ostida birlashgan holda biz Yangi O‘zbekistonning buyuk kelajagini bunyod etamiz. Zero, hilpirayotgan bayroq  bu bizning tinchlik, taraqqiyot va kelajak avlodlarga qoldiradigan eng buyuk va muqaddas merosimizdir.

Alovaddin  G‘afforov, O‘zA

O'zbekiston yangiliklari