Sayt test holatida ishlamoqda!
27 Yanvar, 2026   |   8 Sha`bon, 1447

Toshkent shahri
Tong
06:17
Quyosh
07:39
Peshin
12:41
Asr
15:51
Shom
17:37
Xufton
18:52
Bismillah
27 Yanvar, 2026, 8 Sha`bon, 1447

Go'daklar “tikanzor”da qolmasin...!

11.01.2021   2245   1 min.
Go'daklar “tikanzor”da qolmasin...!

Bozor darvozasidan kirib-chiqayotganlar darvoza oldida sovuqdan junjikib o'tirgan chamasi uch-to'rt yoshli qizchaga befarq qarab o'tolmasdi. Kimdir unga qand, kimdir yumshoq kulcha uzatardi.

O'ttiz yoshlardagi ayol bozor-o'charini qilib bo'lgach, darvoza oldiga kelib sumkalarini erga qo'ydi. Shu payt yonginasida katta-katta qora ko'zlari javdirab turgan qizaloqqa ko'zi tushdi. Sovuqda dir-dir titrayotgan qizchaga ichi achidi. Yaqiniga keldi. Muzlagan qo'lchalaridan tutib, bag'riga bosdi va:
– Aylanay qizim, sovqotibsan-ku, oying qani? Nega bir o'zing bu erda turibsan?
Qizaloq ko'zlarini yumib-ochib, yig'lab yubordi:
– Oyim... Hozir kelaman, deb... Kelmadi...

Ayol qizchani bag'riga bosarkan, cho'ntakchasidagi buklangan qog'ozga ko'zi tushdi. Uni ochib, o'qiy boshladi:
“Assalomu alaykum! Kim qizimni farzandlikka olib, bag'riga bossa, mendek bag'ritosh onani kechirsin. Ota-onam dunyodan o'tganiga ancha bo'ldi. Qizim bilan har joyda, ijara uylarda yashadim. Tikuvchilik qildim. Ammo ishim oldinga yurmay, juda qiynaldim. Qizim ham men kabi qiynalishini istamayman. Kechqurun Rossiyaga jo'nab ketyapman. Qizimni siylaganlarni Hudo siylasin!..”.

Ayol xatni o'qirkan, ko'zlaridan duv-duv yosh oqardi. Qizchani bag'riga bosgancha lablari pichirladi: “Bechoragina...”. U qizchani dast ko'tarib, bir qo'lida sumkalar bilan borardi. Ularning zil-zambildek og'irligi endi ayolga sezilmasdi...!

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Buxoroda imomlar o‘rtasida sport musobaqalari o‘tkazildi

26.01.2026   1526   2 min.
Buxoroda imomlar o‘rtasida sport musobaqalari o‘tkazildi

2026 yil 26 yanvar kuni Buxoro viloyatida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, shuningdek, diniy soha xodimlari o‘rtasida jamoaviy hamjihatlik va sog‘lom raqobat muhitini mustahkamlash maqsadida imom-xatib va imom-noiblar o‘rtasida shaxmat, shashka, stol tennisi hamda voleybol bo‘yicha viloyat bosqichi musobaqalari tashkil etildi.


Tadbir belgilangan reja va sport qoidalari asosida o‘tkazilib, viloyatning tuman va shahar masjidlarida faoliyat yuritayotgan imom-xatib va imom-noiblar faol ishtirok etdilar.

G‘oliblar:

Shaxmat:
1-o‘rin — Odilov Haydarjon (Ko‘gon t., “Xo‘ja Ka’bul Axbor Vali”)
2-o‘rin — Isoyev Mustaqim (Shofirkon t., “Qori Fazliddin”)
3-o‘rin — Ismoilov Ismat (Qorako‘l t., “Qobulota”)


Shashka:
1-o‘rin — Rahmonov Bobojon (Vobkent t., “Miri Xurd Vobkandiy”)
2-o‘rin — Avezov Abdulloh (Qorako‘l t., “Bozorxo‘ja”)
3-o‘rin — Najmiddinov G‘ayrat (Romitan t., “Mahallai-bolo”)


Stol tennisi:
1-o‘rin — Boboqulov Sadam (Peshku t., “Xo‘ja Peshko‘”)
2-o‘rin — Najmiddinov Asatillo (Buxoro sh., “Umar ibn Xattob”)
3-o‘rin — Bozorov Vahobiddin (Peshku t., “Chiqirchi”)


Voleybol:
1-o‘rin — “Bahovuddin Naqshband” jamoasi
2-o‘rin — “Najmiddin Kubro” jamoasi
3-o‘rin — “Jaloliddin Manguberdi” jamoasi


Musobaqalar diniy soha xodimlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, sportga qiziqishni oshirish hamda o‘zaro do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etdi. G‘olib va sovrindorlar diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.


Tadbirni tashkil etishda Mir Arab oliy madrasasi hamda viloyat sport federatsiyasi yaqindan amaliy yordam ko‘rsatdi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Buxoroda imomlar o‘rtasida sport musobaqalari o‘tkazildi Buxoroda imomlar o‘rtasida sport musobaqalari o‘tkazildi Buxoroda imomlar o‘rtasida sport musobaqalari o‘tkazildi Buxoroda imomlar o‘rtasida sport musobaqalari o‘tkazildi Buxoroda imomlar o‘rtasida sport musobaqalari o‘tkazildi Buxoroda imomlar o‘rtasida sport musobaqalari o‘tkazildi
O'zbekiston yangiliklari