2020 yilda O'zbekistonga 1 mln 504 ming turist keldi, ularga 261 mln dollarlik xizmat ko'rsatildi.
Bu haqda AOKAdagi brifingda Bosh vazir o'rinbosari Aziz Abduhakimov ma'lum qildi:
«Koronavirus pandemiyasi tufayli yuz bergan global inqiroz natijasida mamlakatimiz turizmi eng jiddiy zarar ko'rgan sohalardan biri bo'ldi.
2020 yilda jami 1 mln 504 ming turist tashrif buyurdi. Bunda 261 million AQSh dollari miqdorida turizm xizmatini ko'rsatdik.
2021 yilda barcha ishlarni umumiy raqamlar orqali emas, aniq rejalar va reysma-reys yo'nalish bo'yicha batafsil hisob-kitob asosida amalga oshirmoqchimiz, ziyorat turizmiga ko'proq e'tibor qaratmoqchimiz.
2021 yilda O'zbekistonga 1 mln 700 ming nafar xorijiy sayyoh tashrifini ta'minlash bo'yicha reja qilingan. Buning evaziga turizm xizmatlari eksporti 370 mln dollarga etkaziladi».
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Davlatimiz tomonidan ekologik vaziyatni barqarorlashtirishga qaratilgan keng qamrovli chora-tadbirlar qabul qilindi.
Jumladan, Toshkent shahar hokimligi Toshkent shahri hududida atmosfera havosining sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan mikroiqlim barqarorligini ta’minlash maqsadida Suv xo‘jaligi vazirligi va “O‘zsuvta’minot” AJ bilan birgalikda uch oy muddatda poytaxtning 4 ta yo‘nalishida (sharq, g‘arb, shimol va janub qismlariga) kamida 3 tadan sun’iy ko‘l va suv havzalarini tashkil etishi belgilandi.
Shu o‘rinda, Prezidentimizning "Toshkent shahrida ekologik vaziyatni yaxshilash bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Farmonidagi ushbu tashabbus poytaxtimizga yangicha go‘zallik qo‘shishi barobarida havo ifloslanishiga qarshi kurashishda ham muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati