Sayt test holatida ishlamoqda!
17 Iyun, 2026   |   2 Muharram, 1448

Toshkent shahri
Tong
03:04
Quyosh
04:49
Peshin
12:29
Asr
17:39
Shom
20:02
Xufton
21:39
Bismillah
17 Iyun, 2026, 2 Muharram, 1448

Bir savol so'rasam: Magazindagi narsa xaridorning qo'lida buzilib qolsa, kim javobgar bo'ladi?

09.01.2021   2508   1 min.
Bir savol so'rasam: Magazindagi narsa xaridorning qo'lida buzilib qolsa, kim javobgar bo'ladi?

— Do'kondan biror narsani qo'lga olib ko'rayotganda tushib ketib, sinsa yoki buzilsa, shariatda buning javobi qanday?

Agar xaridor biror narsani sotib olishga kelishmasdan oldin beparvolik, ehtiyotsizlik qilib, biror narsani sindirib qo'ysa yoki ochib ko'rishda qo'pollik qilib, buzib qo'ysa, to'laydi. Buning nomini fiqhda “taaddiy” deyiladi. Agar ehtiyotkorlik bilan ushlasa, ko'rsa, ochib ko'rishda qo'pollik qilmasa, shunda ham sinsa yoki buzilsa, to'lamaydi.

Agar sotuvchi narxni aytgandan so'ng oluvchi rozi bo'lsa, keyin xaridor qo'liga olib ko'rayotgan vaqtda tushib ketib, sinsa yoki biror nuqson etsa bunday holatda xaridor to'laydi.

Shuningdek, xaridor sotib olmoqchi bo'lib, narxini kelishmasidan oldin ko'rishga ijozat so'rab, qo'liga oldi yoki sotuvchi narxni aytdi-yu, lekin xaridor rozi bo'lgani yo'q. Haridor ko'rayotgan vaqtida uning beparvoligisiz yoki qo'polligisiz u narsa tushib ketsa yoki buzilib qolsa, xaridor to'lamaydi. Chunki bu vaqtda u narsa uning qo'lida omonat bo'ladi. Omonatlar taaddiysiz (beparvolik, ehtiyotsizlik, noto'g'ri iste'mol qilish, tajovuz) to'latilmaydi.

Muhammad Ayyub HOMIDOV

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

YAKUNIY ATTESTATSIYA IMTIHONLARI BOSHLANDI

17.06.2026   1107   1 min.
YAKUNIY ATTESTATSIYA IMTIHONLARI BOSHLANDI

Bugun 17 iyun 2026 yil Xoja Buxoriy o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasining 2025-2026- o‘quv yili bitiruvchi kurs talabalari uchun yakuniy attestatsiya imtihonlari Umumta’lim fanlari: O‘zbekiston tarixi, Milliy g‘oya hamda O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi fanlari bo‘yicha boshlandi.

Mazkur imtihonlarda Yakuniy attestatsiya komissiyasi raisi, O‘zbekiston musulmonlari idorasining Qashqadaryo viloyatidagi vakili, viloyat bosh imom-xatibi, Ulamolar kengashi a’zosi Rahmatillo domla Usmonov ishtirok etib, bitiruvchi talabalarga muvaffaqiyat tiladilar hamda ularning kelgusidagi ilmiy-ma’rifiy faoliyatiga oid tavsiya va nasihatlar berdilar.

Yakuniy attestatsiya imtihonlari belgilangan tartib va mezonlar asosida davom etmoqda.

 

https://t.me/nasafziyo/41684

YAKUNIY ATTESTATSIYA IMTIHONLARI BOSHLANDI YAKUNIY ATTESTATSIYA IMTIHONLARI BOSHLANDI YAKUNIY ATTESTATSIYA IMTIHONLARI BOSHLANDI
O'zbekiston yangiliklari