O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoevning Oliy Majlisga murojaati so'nggi yillarda mamlakat siyosiy hayotida an'anaga aylandi.
JIDU "Halqaro muammolarni amaliy tahlil qilish" kafedrasi katta o'qituvchisi Ixtiandr Uvraimovning aytishicha, O'zbekiston rahbari parlamentga navbatdagi yillik chiqishida o'tgan davr mobaynida amalga oshirilgan ko'plab ishlar natijalarini sarhisob qilib, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, madaniy-gumanitar rivojlantirishning dolzarb muammolarini hal etish bo'yicha aniq takliflarni ifodalagan.
"Prezident mamlakatda islomiy moliyaviy mexanizmlarni joriy etish uchun huquqiy asos yaratish zarurligini ta'kidladi. Buning uchun Islom taraqqiyot banki va boshqa xalqaro moliya institutlari ekspertlari jalb qilinadi", - deydi ekspert.
Uning fikricha, O'zbekiston Respublikasining vatandoshlarni himoya qilishga qaratilgan faol tashqi siyosati "Mehr-3" operatsiyasidan dalolat beradi. Yana 98 nafar fuqaro, asosan ayollar va bolalar Suriyadan qaytarildi.
"Bundan tashqari, tarixda birinchi marta O'zbekiston BMT Inson huquqlari Kengashi a'zosi etib saylandi. AQSh Davlat departamentining O'zbekistonni diniy erkinliklar sohasidagi "maxsus kuzatuv" davlatlar ro'yxatidan chiqarib tashlashi ham amalga oshirilayotgan keng ko'lamli demokratik islohotlarning e'tirofidir", - deya ta'kidladi u.
Shuningdek, u 2021 yilda BMT shafeligida "Inson huquqlari ta'limi" xalqaro forumi, yoshlar huquqlari bo'yicha Jahon yoshlar konferentsiyasi va diniy erkinliklar bo'yicha mintaqaviy konferentsiya o'tkazilishini ma'lum qildi. Bundan tashqari, Toshkentda Markaziy Osiyo mintaqasi va Janubiy Osiyo o'rtasidagi o'zaro hamkorlik bo'yicha yuqori darajadagi xalqaro konferentsiya o'tkazilishi rejalashtirilgan. Shu bilan birga, Hiva shahrida YuNYeSKO bilan hamkorlikda "Jahon tsivilizatsiyalari chorrahasida Markaziy Osiyo" xalqaro konferentsiyasini o'tkazish rejalashtirilgan.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Alhamdulillah, biz mo‘min-musulmonlar Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallamga salavot aytishga buyurilganmiz. Agar bir marta salavot aytsak, bizga Alloh o‘n marta rahmat yo‘llaydi, o‘nta gunohimiz o‘chiriladi, martabamiz o‘n daraja ortadi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytganlar: “Kim menga bir marta salavot aytsa, Alloh unga o‘n marta rahmat yo‘llaydi. Uning o‘nta gunohi o‘chiriladi, martabasi o‘n daraja ko‘tariladi” (Imom Ahmad rivoyati). Manbalarda qisqa salavot sifatida quyidagi salavot beriladi:
اَللَّهُمَّ صل وَسَلِّمْ عَلَى نَبِيِّنَا مُحَمَّد
Allóhumma solli vasallim alá nabiyyiná Muhammad
Ma’nosi: “Ey, Alloh! Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomga rahmat va salom yo‘llagin!”
Ruhiddin Akbarov,
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Qashqadaryo viloyat vakilligi xodimi