Sayt test holatida ishlamoqda!
27 Yanvar, 2026   |   8 Sha`bon, 1447

Toshkent shahri
Tong
06:17
Quyosh
07:39
Peshin
12:41
Asr
15:51
Shom
17:37
Xufton
18:52
Bismillah
27 Yanvar, 2026, 8 Sha`bon, 1447

Tasbeh ishlatish bid'atmi?

30.12.2020   5805   2 min.
Tasbeh ishlatish bid'atmi?

SAVOL: «Hazrat payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam zamonlarida tasbeh bo'lmagan, tasbeh keyinchalik qo'llangan «bid'at» deyishadi. Shunga nima deysiz?»

Javob: Tasbeh – bid'at emas. Hazrat payg'ambarimiz Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallam zamonlarida ham tasbeh bor edi. Hurmo danaklaridan, mayda toshchalardan tasbeh o'rnida foydalanishardi. Abu Hurayra roziyallohu anhu bir ipni bir-biriga tugib chiqqanlar. U kishining ikki ming tugunli tasbehlari bor edi? Tasbehni bid'at deyish  noto'g'ri, chunki, dinda bo'lmagan narsalarga bid'at, ya'ni, yangilik deyiladi!

Yuqorida aytilgan xurmo danaklari, mayda toshchalar, ip tugunlari sahobai kiromlar tomonidan tasbehlarni va zikrlarni sanash maqsadida foydalangan vositalardir.

Hazrat payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam zamonlarida ham barmoq bilan sanaganlar.  Bu ham bir tasbeh. O'n to'rt bo'g'in o'ng qo'lda, o'n to'rt bo'g'in chap qo'lda, jami 28 bo'g'in. Bunga 5 ni qo'shsak, 33 ta bo'ladi, ammo 100 gacha, 1000 gacha barmoqlar bilan sanashda adashasiz. Shuning uchun tasbehlardan foydalanasiz.

Hazrat payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam Ummu Honiy roziyallohu anhoga «har kuni 100 marta «Laa iloha illalloh» degin» deb aytganlar. Ummatlariga «har kuni 100 marta «astag'firulloh» ni aytinglar, men ham aytaman», – deganlar.

Endi bu 100 martani adashtirmaslik uchun insonning imkonida 100 bo'g'inli bir narsaning bo'lishiga nima zaruriyat bor? Zaruriyat shuki, bu sunnat amalning go'zal bir shaklda bajarilishi uchun vositadir. Yetmish to'qqiz, sakson... deb sanog'u hisobga mashg'ul bo'lmasdan tasbeh bilan sanasangiz, diqqatingiz ko'proq zikrda bo'ladi? Hisobda adashmayin desang fikring chalg'iydi. Butun diqqat-e'tiborni zikrga berishda tasbehning bizga foydasi ko'p. Shu sababli ham tasbeh – bid'at emas.

 

"Islom va axloq" kitobidan olindi

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Maqsad – adashganni to‘g‘ri yo‘lga qaytarish, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish

27.01.2026   961   1 min.
Maqsad – adashganni to‘g‘ri yo‘lga qaytarish, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish

Yurtimizda e’tiqod erkinligi Konstitutsiya bilan mustahkamlangan va diniy bag‘rikenglik siyosatini davom ettirilishi ta’kidlandi.

Lekin bugun turli radikal va ekstremistik g‘oyalar axborot texnologiyalari orqali yoshlarimiz ongini zaharlashga urinyapti. Faqat jazo va taqiq bilan bu muammoni hal qilib bo‘lmasligi ta’kidlandi.   

Maqsad – adashganni to‘g‘ri yo‘lga qaytarish, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish.   

Bundan buyon poytaxtning har bir tumanida “Qaytaruv guruhlari” faoliyati doimiy asosda tashkil qilinadi.   

Ushbu guruhlarga O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi, Toshkent islom instituti, “Ko‘kaldosh” o‘rta maxsus islom bilim yurti, O‘zbekiston Milliy universitetining yetuk mutaxassislari jalb qilinadi. Guruh a’zolari moddiy rag‘batlantiriladi.   

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yig‘ilishi davom etmoqda.  

O‘zA

O'zbekiston yangiliklari