Yangi Zelandiyaning Messi universiteti tomonidan har yili yilning eng kuchli iqtibos va bayonotlari aniqlanadi.
2020 yildagi eng kuchli bayonot uchun mukofot yangi zelandiyalik musulmon ayol Sara Abdulfattohga topshirildi. Saraning otasi Qosim Abdulfattoh 2019 yil mart oyida Kraystcherch shahridagi “Nur” masjidida islomofob Brenton Tarrant tomonidan amalga oshirilgan terrorchilik harakatlari qurboni bo'lgan. 2020 yil bo'lib o'tgan sudda Sara ham qatnashdi va so'z berilganda yig'lab yubordi. Sara so'zlayotgan vaqtda his-tuyg'uga berilib, qotilga: "Bilingki, bu ko'z yoshlar siz uchun emas", degan.
Hayajonga to'la bu so'zlar ommaviy axborot vositalarida keng muhokamalarga sabab bo'ldi. Ko'plab insonlar Saraga hamdardlik bildirdi. Musulmon ayol nufuzli tanlovda o'zi bilmagan holda g'olib chiqqaniga hayron bo'lib: "Sud jarayonida ishtirok etish va so'zga chiqish men uchun qiyin ishlardan biri edi", deya ta'kidlagan.
azon.uz
Sog‘lom, baquvvat, epchil va abjir kishi har doim qardlangan. Shunday kishilarning ko‘p bo‘lishi natijasida jamiyat sog‘lom bo‘ladi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari tashabbuslari bilan diniy soha xodimlari o‘rtasida «Sog‘ tanda – sog‘lom aql» shiori ostida sportning voleybol, stol tennisi, shaxmat-shashka turlari bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tyapti.
Bugun, 27 yanvar kuni Toshkent viloyatida imom-xatiblar jismoniy faolligini oshirishga qaratilgan stol tennisi musobaqasi yuqori saviyada, uyushqoqlik bilan o‘tkazildi.
Diniy soha xodimlari Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning «Kuchli mo‘min kuchsiz mo‘mindan ko‘ra Allohga yaxshiroq va sevimliroqdir» degan muborak hadislarini amalda isbotladilar.
Tabiiyki, musobaqada kimdir g‘olib, kimdir esa mag‘lub bo‘ladi.
Hakam hay’ati a’olarining xulosalariga ko‘ra:
1-o‘rinni Abufayz domla Husanboyev
(Bo‘stonliq tumani “Toli buva” imom noibi);
2-o‘rinni Botirjon domla Abdug‘aniyev
(Bekobod tumani “Amirov Dadaxon” jome masjidi imom-xatibi);
3-o‘rinni Husan domla Haydarov
(Ohangaron tumani “Quraysh” jome masjidi imom noibi) qo‘lga kiritdi.
G‘oliblarga sovg‘alar ulashildi.
Toshkent viloyati vakilligi
Matbuot xizmati