Sayt test holatida ishlamoqda!
29 Yanvar, 2026   |   10 Sha`bon, 1447

Toshkent shahri
Tong
06:16
Quyosh
07:37
Peshin
12:41
Asr
15:54
Shom
17:39
Xufton
18:54
Bismillah
29 Yanvar, 2026, 10 Sha`bon, 1447

2020 yildagi eng ta'sirchan iqtibos muallifi – musulmon ayol

27.12.2020   1948   1 min.
2020 yildagi eng ta'sirchan iqtibos muallifi – musulmon ayol

Yangi Zelandiyaning Messi universiteti tomonidan har yili yilning eng kuchli iqtibos va bayonotlari  aniqlanadi. 

2020 yildagi eng kuchli bayonot uchun mukofot yangi zelandiyalik musulmon ayol Sara Abdulfattohga topshirildi. Saraning otasi Qosim Abdulfattoh 2019 yil mart oyida Kraystcherch shahridagi “Nur” masjidida islomofob Brenton Tarrant tomonidan amalga oshirilgan terrorchilik harakatlari qurboni bo'lgan. 2020 yil bo'lib o'tgan sudda Sara ham qatnashdi va so'z berilganda yig'lab yubordi. Sara so'zlayotgan vaqtda his-tuyg'uga berilib, qotilga: "Bilingki, bu ko'z yoshlar siz uchun emas", degan. 

Hayajonga to'la bu so'zlar ommaviy axborot vositalarida keng muhokamalarga sabab bo'ldi. Ko'plab insonlar Saraga hamdardlik bildirdi. Musulmon ayol nufuzli tanlovda o'zi bilmagan holda  g'olib chiqqaniga hayron bo'lib: "Sud jarayonida ishtirok etish va so'zga chiqish men uchun qiyin ishlardan biri edi", deya ta'kidlagan.

 

azon.uz

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar
Videolar

Asaka tumanida o‘tkazilgan amaliy tadbir

28.01.2026   2932   1 min.

Andijon viloyati imom-xatiblari faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan Ishchi guruh faoliyati 2026 yilning fevral oyida Baliqchi tumanida o‘tkazilishi rejalashtirildi

VIDEO