Sayt test holatida ishlamoqda!
24 Noyabr, 2026   |   14 Jumadul soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
05:58
Quyosh
07:16
Peshin
12:15
Asr
15:16
Shom
17:00
Xufton
18:17
Bismillah
24 Noyabr, 2026, 14 Jumadul soni, 1448

07.02.2024   13007   1 min.
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

«Biz o‘qisak, bolalarimiz ham o‘qiydi»: ikki yangi asar taqdimotida ushbu chaqiriq yangradi

23.11.2026   14732   5 min.
«Biz o‘qisak, bolalarimiz ham o‘qiydi»: ikki yangi asar taqdimotida ushbu chaqiriq yangradi

#xabar #taqdimot #kitob
 Toshkent shahridagi «Islom ota» jome masjidi zalida ikki yangi ma’rifiy asar – Yashnobod tumani «Pul yemas ota» jome masjidi imom noibi Xayrulloh domla Tog‘ayevning «Rizq eshigi...» («Imomning yon daftari») hamda Abduvohid domla O‘rozovning «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning mashhur mo‘jizalari» kitoblari taqdimoti o‘tkazildi.

 Tadbirda O‘zbekiston musulmonlari idorasi mas’ul xodimlari, Toshkent shahri va Qashqadaryo viloyati imom-xatiblari, shifokor va tilshunos ziyolilar hamda kitobsevar mehmonlar qatnashdi.

Boshlovchi Abduvohid domla yig‘ilganlarni tashrif bilan qutladi. So‘ng Qur’oni karim tilovat etilib, o‘tgan ulamolar va ustozlar ruhoniyatiga bag‘ishlab xayrli duolar qilindi.

 Abduvohid domla O‘rozov «Rizq eshigi...» muallifning ko‘p yillik imomlik tajribasi va hayotiy kuzatuvlari mahsuli ekanini aytib, ilk so‘zni Bektemir tumani bosh imom-xatibi Po‘latxon domlaga berdi. Ma’ruzachi yurtimizda barpo etilayotgan Imom Buxoriy va Burhoniddin Marg‘inoniy majmualari, Islom sivilizatsiyasi markazi hamda Haj va Umra sharoitlariga shukr qilish lozimligini bildirib, Xayrulloh domlaning «Pul yemas ota» masjidini obod etishdagi mehnatlarini e’tirof etdi:
 

— «Aholimiz salkam 40 millionga yetib, 60 foizdan ortig‘ini yoshlar tashkil qilmoqda. Dinimizda kasb-hunar egallash farz, tekinxo‘rlik esa qoralangan. Hazrati Naqshbandning "Dil ba yoru, dast ba kor" shiori barchamizga o‘rnak. Bu kitob yoshlarni yengil-yelpi yo‘llardan asrab, halol mehnatga chorlaydi».


So‘ng boshlovchi ilmni yozib mustahkamlash haqidagi hadisni eslash barobarida so‘z navbatini Qashqadaryo viloyati Qarshi tumani bosh imom-xatibi Xolmurod domla Boymurodovga berdi. Har ikki kitobni tun davomida o‘qib chiqqanini aytgan Xolmurod domla asarlar sodda va ravon tilda bitilganini, «Rizq eshigi...» muqovasidagi xurmo va o‘zidan 30–50 barobar og‘ir yuk ko‘tara oladigan chumoli tasviri chuqur ramziy ma’noga egaligini ta’kidlab, kitob yozishni igna bilan quduq qazishdek mashaqqatli mehnatga qiyosladi.

 Navbat so‘zni Abduvohid domla shifokor Shokirxon hoji aka (Shokir Qosimov)ga berdi. Kitobxon sifatida fikr bildirgan Shokir Qosimov «Rizq eshigi...»ga Shayx Abdulaziz Mansur taqriz yozgani uning salmog‘ini oshirganini aytdi:
 

— «Kitobni bir nafasda o‘qib, yaqinlarimga ham ulashdim. Ishsizlik va migratsiya masalalari dolzarb bugungi kunda bu risola ayni muddao. Undan oilaviy davralar va mahallalarda foydalanish, qoraqalpoq, qozoq, tojik tillariga tarjima qilish hamda taqdimot xabarini "Islom nuri" gazetasida yoritish juda foydali bo‘ladi».


 Shundan keyin so‘z olgan Qarshi tumani «Hoji Xizr» jome masjidi imom-xatibi Anvarxon domla Zebarov payg‘ambarlarga o‘z davrining eng rivojlangan sohasiga mos mo‘jizalar berilganini, Nasafiy, Marg‘inoniy va Imom Buxoriy kabi allomalar yozib qoldirgan asarlar bugun butun dunyoga xizmat qilayotganini so‘zlab, qalam ahli va ularga homiylik qiluvchilarni doimo qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi.

 Boshlovchi ustoz Shayx Abdulaziz Mansur hazratlarining salom va duolarini yetkazgach, faxriy mehmon, tilshunos Abdurashid hoji akaga so‘z berdi. U kishi «oppoq sutdek pok yashash» tamoyili dinimiz bilan chambarchas ekanini, payg‘ambarlarning kasb-kori va Sarvari koinot sifatlarini sodda tilda yoritgan bu kitoblar kelajak avlod tarbiyasi uchun xizmat qilishini bildirdi.

 Keyingi navbatda so‘zga chiqqan Toshkent shahri «Ahmad Yassaviy» jome masjidi imom-xatibi Alimardon domla hamda imom-xatib Abdurauf domla rizqqa Alloh kafil ekani, uni nohalol yo‘llar bilan emas, halol mehnat bilan talab qilish shartligi xususida fikr yuritdi. Ularning so‘zlarini davom ettirgan Abduvohid domla otasi bir paytlar bitta Qur’onni uch yashar ho‘kiz evaziga sotib olganini eslab, bugungi kitob serobligiga shukrona aytdi. Qo‘shimcha so‘z olgan Po‘latxon domla esa oilada shaxsiy o‘rnakka urg‘u berdi:
 

— «Bu kitoblarni shkafda chang bostirib qo‘ymay, dasturxon atrofida farzand va nabiralarimiz oldida o‘zimiz o‘qiylik. Biz o‘qisak, ular ham o‘qiydi; o‘zimiz o‘qimasak, quruq nasihat kor qilmaydi».


 Taqdimot so‘ngida «Rizq eshigi...» muallifi Xayrulloh domla Tog‘ayev barcha mehmonlarga va kitobni nashrga tayyorlashda ko‘maklashgan nashriyot vakillariga minnatdorlik bildirdi:

— «"Yangiobod" masjidida ishlaganimda 78 yoshli bir otaxon harf tanimagan holda darsga kelib, bir yarim yilga bormay Qur’onni ravon o‘qiydigan bo‘ldilar. Har bir oilada haftada hech bo‘lmaganda bir-ikki bor davra qurib, farzandlarga halol luqma va shubhadan saqlanish haqida suhbat qilish juda muhim».


 Yakunda Abduvohid O‘rozov domla ishtirokchilarga minnatdorlik bildirib, har ikki kitobdan hadya etilishini ma’lum qildi. Tadbir Qur’oni karim tilovati hamda yurtimiz tinchligi va ulamolarimiz xizmatiga baraka tilab qilingan duo bilan o‘z nihoyasiga yetdi. 
 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

«Biz o‘qisak, bolalarimiz ham o‘qiydi»: ikki yangi asar taqdimotida ushbu chaqiriq yangradi «Biz o‘qisak, bolalarimiz ham o‘qiydi»: ikki yangi asar taqdimotida ushbu chaqiriq yangradi «Biz o‘qisak, bolalarimiz ham o‘qiydi»: ikki yangi asar taqdimotida ushbu chaqiriq yangradi «Biz o‘qisak, bolalarimiz ham o‘qiydi»: ikki yangi asar taqdimotida ushbu chaqiriq yangradi «Biz o‘qisak, bolalarimiz ham o‘qiydi»: ikki yangi asar taqdimotida ushbu chaqiriq yangradi «Biz o‘qisak, bolalarimiz ham o‘qiydi»: ikki yangi asar taqdimotida ushbu chaqiriq yangradi «Biz o‘qisak, bolalarimiz ham o‘qiydi»: ikki yangi asar taqdimotida ushbu chaqiriq yangradi «Biz o‘qisak, bolalarimiz ham o‘qiydi»: ikki yangi asar taqdimotida ushbu chaqiriq yangradi «Biz o‘qisak, bolalarimiz ham o‘qiydi»: ikki yangi asar taqdimotida ushbu chaqiriq yangradi «Biz o‘qisak, bolalarimiz ham o‘qiydi»: ikki yangi asar taqdimotida ushbu chaqiriq yangradi «Biz o‘qisak, bolalarimiz ham o‘qiydi»: ikki yangi asar taqdimotida ushbu chaqiriq yangradi «Biz o‘qisak, bolalarimiz ham o‘qiydi»: ikki yangi asar taqdimotida ushbu chaqiriq yangradi «Biz o‘qisak, bolalarimiz ham o‘qiydi»: ikki yangi asar taqdimotida ushbu chaqiriq yangradi
O'zbekiston yangiliklari