Sayt test holatida ishlamoqda!
27 Noyabr, 2026   |   17 Jumadul soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
06:01
Quyosh
07:20
Peshin
12:16
Asr
15:15
Shom
16:59
Xufton
18:16
Bismillah
27 Noyabr, 2026, 17 Jumadul soni, 1448

Ayol — erkak uchun taskin va libosdir

01.11.2023   1993   2 min.
Ayol — erkak uchun taskin va libosdir

Qachonki, siz haqiqiy erkak bo'lsangiz, shunda ayolingiz siz uchun chinakam ayol bo'ladi.

Qachonki, siz chinakam er kishi bo'lsangiz, shunda ayolingiz latofatli, iboli ayol bo'ladi.

Qachonki, siz podshoh bo'lsangiz, shunda ayolingiz malikangiz bo'ladi.

Qachonki, siz ayolingizga chinakam oshiq bo'lsangiz, shunda u sizning mahbubangiz bo'ladi.

O'zingiz hech narsa bo'lmay turib, ayolingizni barcha narsa bo'lishini istaysizmi?!

Hoy erkak, senga ruh puflanayotganda sen ayolning qornida bo'lasan. Chaqaloqligingda yig'layotganingda ayolning (onangning) bag'rida bo'lasan.

Katta bo'lganingda, hayot tashvishlaridan siqilib yig'layotganingda ayolning (onangning yoki ayolingning) bag'rida bo'lasan. Ayolingga oshiq bo'lganingda uning qalbida bo'lasan. Homila sifatida paydo bo'lganingdan to dunyoga kelib, yashab, vafot etguningga qadar onangning qalbida bo'lasan.

Ayol omonatdir. U xo'rlash uchun yaratilmagan.

Ayol kishi erkakning himoyasi ostida yashashni xohlaydi, uning xo'rlashi ostida emas.

Ayol kishi uni himoya qila oladigan erkakni yaxshi ko'radi.

Ahmoq kishi ayolidan uni yaxshi ko'rishini talab qiladi, aqlli erkak esa ayoliga shunday go'zal muomala qiladiki, buni ko'rgan ayoli uni so'ralmasa ham sevib qoladi

Ayol — erkak uchun taskin va libosdir.

Uning alomatlaridan (yana biri) – sizlar (nafsni qondirish jihatidan) taskin topishingiz uchun o'zlaringizdan juftlar yaratgani va o'rtangizda inoqlik va mehribonlik paydo qilganidir. Albatta, bunda tafakkur qiladigan kishilar uchun alomatlar bordir (Rum surasi, 21-oyat).

Alloh taolo ayolni erkakning taskin topish manbai qilib yaratdi.

Alloh taolo ayolni erkak kabi inson qilib yaratdi.

Alloh taolo erkak-ayol o'rtasiga mehr-muhabbatni solib qo'ydi.

Bularning bari tafakkur qiladigan ishdir.

Alloh taolo ayolni erkakning taskin topish manbai qilib qo'ygani, uni erkak kabi inson qilib yaratgani, erkak-ayol o'rtasida inoqlik va mehribonlik solib qo'ygani Uning borligiga, birligiga dalolat qiladigan belgilardan, alomatlardan biridir.

Nozimjon Hoshimjon tarjimasi

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

O‘zbekistonning ziyorat turizmi salohiyati Malayziyada keng targ‘ib qilinmoqda

27.11.2026   7495   1 min.
O‘zbekistonning ziyorat turizmi salohiyati Malayziyada keng targ‘ib qilinmoqda

O‘zbekistonning Kuala-Lumpur shahridagi elchixonasida mamlakatimizning ziyorat turizmi salohiyatiga bag‘ishlangan taqdimot hamda O‘zbekiston va Malayziya turoperatorlarining B2B formatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.

Tadbirda Butunjahon sufiylar markazi bosh kotibi shayx Abdul Karim Hadayd, “BUMITRA” sayyohlik kompaniyalari assotsiatsiyasi rahbariyati va mahalliy turoperatorlar ishtirok etdi.

O‘zbekistonning Malayziyadagi elchisi Karomiddin Gadoyev ziyorat turizmi sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar haqida so‘zlab berdi. U musulmon davlatlari, jumladan, Malayziyadan keladigan ziyoratchilar uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida Samarqand viloyatidagi Imom Buxoriy majmuasi va Toshkentdagi Islom sivilizatsiyasi markazida ko‘rilayotgan chora-tadbirlarga alohida e’tibor qaratdi.

Ishtirokchilar ikki mamlakat o‘rtasida turizm sohasidagi hamkorlik rivojlanib borayotgani va sayyohlar oqimi oshib borayotganini ta’kidladilar. Chet ellik sayyohlarni jalb qilish uchun Malayziya fuqarolariga vizasiz rejim amal qilmoqda, “Uzbekistan Airways” va “Batik Air Malaysia” aviakompaniyalari Toshkent va Kuala-Lumpur o‘rtasida haftasiga yetti marotaba to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslarni amalga oshirmoqda.

Ikki mamlakat turoperatorlari o‘rtasida o‘tkazilgan B2B uchrashuvlar doirasida O‘zbekistonga sayyohlar oqimini oshirish maqsadida Malayziyada “ziyorat turizmi”, “madaniy turizm” va “qishki turizm” turpaketlarini keng sotish bo‘yicha aniq kelishuvlarga erishildi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

 

O'zbekiston yangiliklari