Sayt test holatida ishlamoqda!
21 Noyabr, 2026   |   11 Jumadul soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
05:55
Quyosh
07:13
Peshin
12:14
Asr
15:18
Shom
17:02
Xufton
18:18
Bismillah
21 Noyabr, 2026, 11 Jumadul soni, 1448

Ko'chat ekib, bog' yarating!

04.04.2024   1202   6 min.
Ko'chat ekib, bog' yarating!

Yer yuzini obod qilish, pok saqlash savobli amallar sirasiga kiradi. Kishi dunyodan o'tib, amal sahifasi yopilgandan so'ng ham haqqiga muttasil ravishda savob borib turishiga sabab bo'ladi. Ko'chat ekib, bog' yaratish — xalqimizning azaliy qadriyatlaridan biri. Zero, o'zimiz yashab turgan joyni obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish tufayli ko'nglimiz shodlikka to'ladi, turmushimiz fayzli va farovon bo'ladi.

Alloh taolo insonni erdan yaratib, uning zimmasiga yana shu qaytadigan joyi – erni obod qilish vazifasini yukladi. Bu haqda Alloh taolo shunday marhamat qiladi: “U sizlarni erdan paydo qildi va unga sizni obodligi uchun qo'ydi” (“Hud” surasi 61-oyat), deb keltirilgan. Alloh taolo ushbu oyati karimada er va uni o'rab turgan tabiatni asrab-avaylashga, undan oqilona foydalanishga buyuradi. Shuning barobarida unga zarar etkazishning har qanday turidan qaytaradi.

Yer va undagi barcha ne'matlarni kelajak avlodga sof holatda etkazish har bir inson oldidagi muhim vazifalaridandir. Ayniqsa, bu imon-e'tiqodli kishilar qalbida ulkan mas'uliyat hissini oshiradi.

So'nggi yillarda jahonda kuzatilayotgan iqlim o'zgarishi bilan bog'liq global muammolar, afsuski, yurtimizni ham chetlab o'tayotgani yo'q. Ro'y berayotgan chang-to'zonlar, shuningdek, yog'ingarchilikning kamayib yoki ko'payib ketayotgani so'zimiz tasdig'idir. Bu holat har bir aqlli kishini befarq qoldirmasligi turgan gap.

Islom dini doimo poklik va ozodalikka chaqiradi. Avvalo, qalbdan boshlangan poklik ruhu tanimizni, atrof-muhit – yashab turgan vatanimizni ozoda saqlashga chorlaydi. Zero, Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Poklik imonning yarmidir”, – deb, bejiz aytmaganlar (Imom Buxoriy va Imom Molik rivoyati). Boshqa hadisi sharifda: “Uylaringiz atrofini pok tutinglar”, – deganlar (Imom Buxoriy va Imom Tabaroniy rivoyati).

Yuqoridagi hadislardan ma'lum bo'ladiki, atrof-muhit pokligi qalb pokligi bilan bevosita uyg'undir. Uylarimiz atrofi, ariqlar, ko'chalar, qabriston va uning atrofini hashar yo'li bilan tozalash, bo'sh joylarga ko'chat ekishdek go'zal odat qadimdan xalqimiz orasida urf bo'lib kelgan. Imom Ahmad rivoyat qilgan hadisda Nabiy sollallohu alayhi vasallamning Sa'd roziyallohu anhuga: “Hatto oqib turgan daryoda bo'lsang ham, suvni isrof qilma!” deb qilgan nasihatlari bugungi kunda ayni dolzarb masala bo'lib turibdi. Ota-bobolarimiz ushbu hadisga yillar davomida amal qilib kelishgan. Biz ham ushbu hikmatga, avvalo o'zimiz rioya qilishimiz, qolversa, o'sib kelayotgan yosh avlodga go'zal tarzda o'rgatishimiz kerak. Zero, atrof-muhitni pokiza saqlash, bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Ulug' allomalar asarlarida ham atrof-muhitga oid bir qator masalalar bayon etilgan. Masalan, Amir Temur bo'z erlarni o'zlashtirgan kishilar yoki bog' qilganlarni rag'batlantirgan. Alisher Navoiy esa tabiatga xiyonatni do'stga xiyonat qilishga qiyos qilgan. Uning nazdida tabiat va do'st bir ma'noni anglatgan. Musulmon kishi tabiatni obod qilish, ko'kalamzorlashtirish payida bo'ladi. Bu tashabbus hukumat darajasida ilgari surilayotgani masalaning jiddiyligiga dalolatdir. Ma'lumki, “Yashil makon” umummilliy loyihasi e'lon qilingandan buyon, ko'plab tashkilotlar, mahallalar, umuman, keng jamoatchilik bu savobli ishda jonbozlik ko'rsatib kelmoqdalar. Haqiqatda, bu xayrli, ezgu, savob amalni uzluksiz amalga oshirish zarur.

Dinimiz ham bunday xayrli tashabbusga xayrixoh bo'lib, ko'kalamzorlashtirish ishlariga keng targ'ib qiladi. Hatto urush paytida ham daraxtlarni sababsiz kesmaslik, obod joylarni vayron qilmaslikka buyurilganimiz, atrof-muhit muhofazasiga e'tiborning yuksak ko'rinishidan dalolatdir. Yerga ishlov berish va ko'chat o'tqazish savobi ulug' amallardan. Islom dini dehqonchilikka alohida e'tibor qaratganidan uning foydasini egasiga doimiy etib turadigan sadaqai joriya qatoriga qo'shgan. Hadisi sharifda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kim biror o'lik erni tiriltirsa, ya'ni obod etsa, unga shunda ajr bordir. Shuningdek, undan biror jonzot egan narsada unga sadaqa (savobi) bordir”, dedilar (Imom Dorimiy rivoyati). Boshqa bir hadisda: “Qaysi bir musulmon daraxt yo ekin eksa-yu, undan qushmi, insonmi yoki hayvonmi esa, albatta, shu sababli u uchun sadaqa bo'lur”, deganlar” (Imom Buxoriy rivoyati).

Ko'chat ekish haqida gap ketarkan, uning ahamiyatini Imom Buxoriy bobomiz rivoyat qilgan hadisi shariflardan bilib olamiz. Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Agar Qiyomat qoim bo'lsa-yu, birortangizning qo'lida bir dona xurmo ko'chati bo'lsa, Qiyomat qoim bo'lguncha uni ekishga qodir bo'lsa, uni ekib qo'ysin”, – deganlar. Qiyomat boshlangan bo'lsa, ekin ekishning nima foydasi bor, degan savol tug'ilishi tabiiy. Bu savolga Usmon ibn Affon roziyallohu anhu keksalik yoshida ham ko'chat ekayotgan kishiga qarab: “Qiyomat qoim bo'lganda obod qiluvchilar qatorida bo'lib o'lish yaxshiroqdir”, – degan gaplari javob bo'ladi.

Bundan kelib chiqadiki, shu aziz yurtning fuqarosi bo'lgan har bir mo'min-musulmon “Yashil makon” umummilliy tadbiri doirasida daraxt ekib, ko'chat o'tqazib, o'zi yashab turgan shaharu qishlog'ini, mahallasini obod qilishda faol bo'lishi lozim. Bu bizga ikki karra yutuq bo'lib, avvalo, yurtimiz obod bo'ladi, shaharu qishloqlarimiz qiyofasi ko'rkamlashadi. Shuningdek, bunday xayrli ishlarimizning savobi sadaqai joriya sifatida amal daftarimizga yozilib turadi.

Olimjon Obidjonov
Quvasoy shahar islom masjidi imom-noibi

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Xalqaro anjuman ishtirokchilari Hakim Termiziy maqbarasini ziyorat qildilar

20.11.2026   48272   1 min.
Xalqaro anjuman ishtirokchilari Hakim Termiziy maqbarasini ziyorat qildilar

Bugun, 20 noyabr kuni Termiz shahrida o‘tkazilgan «Hakim Termiziy ilmiy-ma’naviy merosining bugungi kundagi ahamiyati» mavzusidagi xalqaro konferensiya ishtirokchilari buyuk mutafakkir majmuasida bo‘ldilar.

Xorijiy davlatlardan tashrif buyurgan muftiylar, taniqli ulamo va islomshunos olimlar hamda mahalliy soha vakillari muqaddas qadamjoda Qur’oni karim tilovat qilib, ulug‘ muhaddis va mutasavvif haqlariga duoi fotiha o‘qidilar. Butun dunyoda tinchlik-osoyishtalik barqaror bo‘lishi, yurtimiz yanada obodlashib, ajdodlarga munosib avlodlar yetishib chiqishini so‘rab xayrli duolar qilindi.

Mehmonlar mahobatli maqbara, serfayz hovli hamda majmuada amalga oshirilgan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishdilar.

Ular O‘zbekistonda diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlar va allomalar merosiga ko‘rsatilayotgan yuksak ehtiromga yuqori baho berdilar.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari