— Bir yoshli va uch yoshli farzandlarim bor. Ular asosan qorni bilan uxlashadi. Uyg'oq paytlarida ham qorni bilan yotishadi. Bu mumkin emasligini o'qiganman. Albatta, bolalarni to'g'ri yotqizishga harakat qilaman, lekin baribir shunday yotishyapti. Nima qilsam bo'ladi?
— Dinimiz qorin bilan yotishdan qaytarishini farzandlaringizga asta-sekin o'rgatib boring. Tixfatul G'iforiy roziyallohu anhu aytadilar: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam masjidda chalqancha holatda uxlab yotganimni ko'rib qoldilar. Oyoqlari bilan turtib: “Bu uyqu nimasi?! Buni Alloh yomon ko'radi”, dedilar” (Imom Ibn Moja rivoyati).
Qolaversa, bunday yotish inson salomatligi uchun ham zarar bo'lib, buni dunyo mutaxassislari ilmiy isbotladilar. Yuztuban uxlashda inson ko'krak qafasi to'liq nafas ololmaydi. Bo'yin mushaklari muskulga aylanishi oqibatida qon tomirlari shikastlanadi. Bel qismining egilishi ichki organlarga kuchli bosim o'tkazadi.
Muhammad Ayyub HOMIDOV
2026 yilning 30 iyunidan 20 iyuliga qadar O‘zbekistondagi oliy va o‘rta maxsus diniy ta’lim muassasalariga (bakalavriat, magistratura va modul tizimi yo‘nalishlari bo‘yicha) 2026-2027 o‘quv yili uchun abituriyentlardan hujjatlar qabul qilinadi.
Bu yilgi qabul jarayonida abituriyentlarga katta qulaylik yaratilib, hujjatlarni respublikaning istalgan hududidagi o‘ziga yaqin diniy ta’lim muassasasi qabul hay’ati orqali boshqa bir ta’lim maskaniga topshirish imkoniyati berilmoqda.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati