Optimist odam tunda osmonga qarab oyning go'zalligini ko'radi.
Pessimist odam esa tunda osmonga qarab zulmat va qorong'ulikdan boshqa narsani ko'ra olmaydi.
Pessimistlar qo'llaridagi imkoniyatlarni qiyin deya boy berishadi.
Optimistlar esa qiyin vaziyatlardan imkoniyat chiqarishadi.
Holatingizni, boshingizga tushgan savdolarni yaxshilikka yo'yuvchan bo'ling. Chunki hayotga yorqin nigoh bilan boqadigan odam o'ziga boshqalarning muhabbatini jalb etadi, mehrini qozonadi.
Hamma narsaning yomon tarafini o'ylaydigan odam aksincha, odamlarning muhabbatini o'zidan itarib yuboradi.
Nabiy sollallohu alayhi vasallamga biror ishdan yaxshilikka alomat olish yoqar edi, shum gumon qilishni esa yomon ko'rardilar.
Chunki ishlarning yomon tarafini o'ylash Alloh taologa yomon gumon qilish demakdir, yaxshi tarafini o'ylash esa Allohga yaxshi gumon qilishdir.
Mo'minlar Alloh taologa har qanday holatda ham yaxshi gumon qilishga buyurilgan.
Umidsizlik qalbingizga o'rnashishiga yo'l qo'yib bermang. Zero umidsizlik ko'zlarni ko'r qiladi, natijada ochiq eshiklarni ham, siz tomon uzatilgan qo'llarni ham ko'rolmay qolasiz.
Alloh taolo marhamat qiladi: “Sen mening tarafimdan: «Ey o'z jonlariga isrof (jabr) qilgan bandalarim, Allohning rahmatidan noumid bo'lmang! Albatta, Alloh barcha gunohlarni mag'firat etar. Albatta, uning O'zi o'ta mag'firatli va o'ta rahmli Zotdir», deb ayt”(Zumar surasi, 53-oyat).
Vaziyatlar har qancha taranglashsa ham, har qancha chigallashsa ham yaxshilikka yo'yaveringlar. Zero g'am-qayg'ular xuddi bulutlarga o'xshaydi, yig'ilib-yig'ilib yomg'ir yog'diradi.
Yaxshilikka yo'yish orqali qiyinchiliklarrni engib o'tishga imkon topa olasiz. Allohga tavakkal qiling, Ungagina suyaning va yaxshilik umidida bo'ling, shunda Uni qarshingizda topasiz!
Hayotdagi salbiy ishlardan yuz buring, nazaringizni sizga ishonch baxsh etadigan yorug' tomonlarga qarating!
Siz optimist bo'lish o'laroq doim ishlar hozirgidan yaxshiroq bo'lishi mumkinligini tafakkur qiling. Odamlar narsalarni boricha ko'rishadi va “nega bunday?” deyishadi. Siz esa narsalarga o'zingiz qanday bo'lishini xohlasangiz shunday ko'ring, “nega shunday bo'lmasligi kerak?” deb savol bering o'zingizga.
Shunday odamlar borki, gulni tikoni bor deya uzmay qo'yadi. Yana ba'zi odamlar tikonning ustida gul borligini o'ylashadi.
Quyoshga qarab o'sadigan gul bulutli kunda ham xuddi shunday turadi.
Edison eshitish qobiliyatini yo'qotganida onasi yig'lab uni bag'riga bosgan ekan. Shunda u onasiga debdiki: “O'ksinmang onaginam! Men baxtliman, chunki endi shum xabarlarning ovozlarini eshitmayman!”.
Doktor Hasson Shamsi Poshoning "Metin qoyalar" kitobidan
G'iyosiddin Habibulloh, Ne'matulloh Isomov tarjimasi.
Hakim Termiziy tavalludining 1200 yilligiga bag‘ishlangan «Hakim Termiziy ilmiy-ma’naviy merosining bugungi kundagi ahamiyati» mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya doirasida Bahouddin Naqshband ilmiy-tadqiqot markazi hamda Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.
Hujjat ikki markaz o‘rtasida ilmiy-tadqiqot, ta’lim va ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish, buyuk allomalarning boy ilmiy-ma’naviy merosini birgalikda o‘rganish va keng targ‘ib etish, qo‘lyozma manbalarni tadqiq qilish hamda ilmiy tajriba almashishni nazarda tutadi.
Shuningdek, memorandum doirasida qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish, xalqaro konferensiya va seminarlar tashkil etish, ilmiy nashrlar tayyorlash hamda o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirishga alohida e’tibor qaratiladi.
Mazkur kelishuv ikki ilmiy muassasa o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini mustahkamlash va ilmiy-ma’rifiy faoliyat samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
@naqshbandnur_uz