Bugun, 2 dekabr' kuni O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari va Din ishlari bo'yicha qo'mita raisi Abdug'ofur Ahmedov Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanidagi “Ziyo” masjidining bunyod etilgan yangi binosi ochilish marosimida ishtirok etmoqdalar.
Mehmonlar ushbu jomega tashrif asnosida namozxonlarga qilingan sharoit va qulayliklar bilan yaqindan tanishmoqda, hudud ahlini yangi jome bilan mubarokbod etib, ular bilan samimiy suhbatlashmoqda. Ushbu xayrli ishga hissa qo'shgan insonlar haqiga duoi-xayrlar qilinmoqda.
Ochilish marosimining tafsilotlarini saytimizda kuzatib boring.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Bismillahir Rohmanir Rohiym
حدثنا الحسن بن علي بن عفان العامري نا أبو أسامة عن الأعمش عن شقيق قال: كنت جالسا مع عبد الله وأبي موسى وهما يتحدثان فقالا: قال رسول الله صلى الله عليه وعلى آله وسلم: ”إن بين يدي الساعة أياما يرفع فيهن العلم وينزل فيهن الجهل ويظهر فيهن الهرج والهرج: القتل.“
Shaqiq roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Abdulloh va Abu Muso bilan birga o‘tirgan edim, ular gaplashayotgan edilar, bunday deyishdi: Rasululloh sollallohu alayhi va ’alaa olihi vasallam: “Qiyomat oldidan shunday kunlar bo‘ladiki, unda ilm ko‘tarilib, jaholat yog‘iladi, harj zohir bo‘ladi, harj – qatldir”, deganlar.
Abu Said Haysam ibn Kulayb Shoshiyning
“Musnadi Shoshiy” asaridan
Davron NURMUHAMMAD tarjimasi