— Mening ayolim insul'tni boshidan o'tkazdi. Shu sababli o'tirib-turishi juda qiyin. Namozni stulda o'tirib o'qiydi, oldiga joynamozni solib, sajda qilganda ham egilolmagani uchun bir stulni qo'yib, sajda qiladi. Shunday tarzda namoz o'qishi joiz-mi?
— Alloh shifo bersin. Kim biror uzrli yoki bemorligi sababli tik turishga qodir bo'lmasa, yoki tik tura olsa ham, yiqilib tushishi xavfi bo'lsa yoki holati shar'an uzrli deb baholanadigan darajada nochor bo'lsa (hoziq, mohir, tajribali musulmon shifokor “Tik tursangiz, dardingiz ziyoda bo'ladi yoki sog'ayishingiz kechikadi”, desagina holatni shar'an uzrli, deyish mumkin), yoki tik turganda chidab bo'lmaydigan og'riq tursa yoki boshi aylansa, bu holatlarning barchasida o'tirib namoz o'qish joiz.
Tik turgani sababli paydo bo'ladigan og'riq engil bo'lsa, chidasa bo'ladigan darajada bo'lsa, shar'an o'tirib o'qishga uzr bo'la olmaydi. Bu holatda o'tirib o'qigan namoz durust bo'lmaydi.
Kim yuqoridagi sabablar bilan tik turishga qodir bo'lmasa, lekin o'tirgan holda ruku, sajda qilib namoz o'qishga qodir bo'lsa, erga o'tirgan holda ruku va sajda bilan namoz o'qiydi. Bundan boshqa suratda o'qishi joiz emas.
Bir odam o'tirgan holda ruku va sajda qilib namoz o'qishga ham qodir bo'lmasa, o'tirgan holda ishora bilan o'qishi farz bo'ladi, bunday odam sajda ishorasini ruku ishorasidan pastroq qiladi. Qanday o'tirish o'ziga qulay bo'lsa, shunday o'tiraveradi.
Bir kishi o'zi o'tira olmasa, lekin devor, odam yoki boshqa biror narsaga suyanib o'tirishga qodir bo'lsa, suyangan holda namoz o'qishi shart, yotib olib o'qishi mumkin emas.
Agar odam har qanday holatda ham o'tirishga qodir bo'lmasa, yotgan holida, ishora bilan namoz o'qishi farzdir. Bunda bemor ikki oyog'ini qibla tomonga uzatib, qodir bo'lsa ikki tizzasini biroz bukkan holda, ruku va sajdani boshi bilan ishora qilib o'qiydi. Bosh tomoni biroz ko'tarib qo'yilsa, yuzi osmonga qaragan bo'lmaydi. Shuningdek, yuzini qiblaga qaratgan holda o'ng yoki chap yonboshi bilan yotib ishora bilan namoz o'qisa ham bo'ladi.
Ba'zi odamlar tik turishga qodir bo'lmasa ham, o'tirib sajda qilishga qodir bo'lsa, kursida o'tirgan hollarida ishora bilan sajda qilishlari joiz emas, chunki peshonasini erga tekkiza oladigan kishiga ishora bilan sajda qilish kifoya qilmaydi.
Engashsa qon bosimi oshib ketadigan kishilar boshlarini erga qo'yib sajda qila olmaganlari uchun kursiga o'tirib, ishora bilan sajda qilishlari joiz.
Muhammad Ayyub HOMIDOV
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam bunday deganlar: “Musulmonning (boshqa) musulmon zimmasidagi haqqi oltitadir: “Unga ro‘baro‘ kelsang, salom ber, sen (biror narsaga) taklif etsa, uni qabul qil, sendan nasihat so‘rasa, unga nasihat qil, agar aksirib, Allohga hamd aytsa, unga tashmit ayt, betob bo‘lsa, uni ziyorat qil, vafot etsa, (janozasiga) ergash (ya’ni qatnash)” dedilar” ( Imom Muslim rivoyati). Bu olti haqning biri nasihat berishdir. Agar musulmon boshqa musulmondan nasihat so‘rab kelsa, unga xolis nasihat berishi lozim. Zero, nasihat qilish har bir mo‘min-musulmonning boshqa mo‘min-musulmondagi haqlaridan biridir.
Nasihat qilishning quyidagi odoblari bor:
Xulosa qilib aytamizki, har tomonlama yaxshi niyatda, ta’sirchan uslubda, samimiyat bilan qilingan nasihat katta ajr-savoblarga sabab bo‘ladi. U insonlar o‘rtasida yomonlikni mavh qilib, yaxshilikni bardavom bo‘lishi uchun xizmat qiladi.
Ruhiddin Akbarov,
O‘zbekiston musulmonlar idorasining
Qashqadaryo viloyati vakilligi xodimi