Sayt test holatida ishlamoqda!
20 Noyabr, 2025   |   29 Jumadul avval, 1447

Toshkent shahri
Tong
05:54
Quyosh
07:17
Peshin
12:14
Asr
15:19
Shom
17:04
Xufton
18:20
Bismillah
20 Noyabr, 2025, 29 Jumadul avval, 1447

Nishonga urilgan gaplar: Kimning ko'ziga faqat o'z yaxshiliklari ko'rinsa, u odamlar nafratiga ­mubtalo bo'ladi...

26.11.2020   2518   2 min.
Nishonga urilgan gaplar: Kimning ko'ziga faqat o'z yaxshiliklari ko'rinsa, u odamlar nafratiga ­mubtalo bo'ladi...

Ilmning hammasi dunyodir. Oxirat esa unga amal qilishdir. Ixlos bilan qilinganidan boshqa hamma amal behudadir.

Sahl ibn Abdulloh Tustariy

***

Kishining olim bo'lishiga Alloh taolodan qo'rqmog'i, ilmsiz qolishiga esa amaliga mag'rurlanishi kifoya qiladi.

Masruq

***

Badbaxtning nishonasi besh narsadir: ko'ngli qattiq bo'lmoq, ko'zi yoshsiz bo'lmoq, besharm va behayo bo'lmoq, dunyoga moyil bo'lmoq, umidsiz bo'lmoq.

Fuzayl ibn Iyoz

***

Fosiqdan hayo tilama, zolimdan – vafo.

Alisher Navoiy

***

Ko'zni ayollarga tikishdan, ularning suratlarini tomosha qilishdan tiymoq kerak. Aqlning so'nishiga, hayo pardasining yirtilishiga va eng muhimi, ibodatning «mazasi» yo'qolishiga asosiy sabab ana shudir.

Muhammad Nurulloh Saydo Jazariy

***

Ilm, hikmat o'rgangin, bo'lma mag'rur,

Maqtanchoqni sharmandasi chiqdi, ko'r.

Mahmud Koshg'ariy

***

Qanchalik go'zal deb hisoblamang, ayolni pardozdan keyin tomosha kilgan ma'qul.

Ayol adabiyotning o'ta bilimdoni bo'lishi shart emas, ammo u nozik did egasi bo'lishi shart.

Chjan Chao

***

Kimning ko'ziga faqat o'z yaxshiliklari ko'rinsa, u odamlar nafratiga ­mubtalo bo'ladi, agar faqat o'z yomonliklari ko'rinsa, odamlar nafratidan emin bo'ladi. 

Mahfuz Muhammad

 

Manbalar asosida Saidabror Umarov tayyorladi

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Maqolalar

To‘g‘ri tasarruf yo‘li

20.11.2025   2411   1 min.
To‘g‘ri tasarruf yo‘li

Bir taksichi yurtidagi bir boy odamni manziliga yetkazdi. Boy odam tabloda ko‘rsatilgan mablag‘ni to‘ladi. U taksidan tushayotganida taksichi unga: “Bilasizmi, kecha o‘g‘lingizni bir manzilga olib borib qo‘ygandim. U menga tabloda ko‘rsatilganidan ancha ko‘proq pul berdi. Nega siz undan ham boy bo‘laturib bunday qilmadingiz?”

Boy odam taksichiga kulimsirab qaradi: “Siz nimani kutgan edingiz? O‘g‘lim otasi boy bo‘lgani uchun shunday qilgandir, men esa yetim o‘sganman”, deb tushib ketdi.

Ha, kimki o‘z mehnati bilan daromad topsa, uni qadrlaydi. Kimgaki katta mablag‘ qiyinchiliksiz kelsa, uni keraksiz o‘rinlarga ham sarflaydi. Shunday ekan, bolalarimizga mehnat bilan erishishni o‘rgatsak, ular to‘g‘ri tasarrufni o‘zlari o‘rganib oladi.

Akbarshoh Rasulov

Maqolalar