Sayt test holatida ishlamoqda!
24 Iyul, 2025   |   29 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:34
Quyosh
05:11
Peshin
12:35
Asr
17:37
Shom
19:52
Xufton
21:21
Bismillah
24 Iyul, 2025, 29 Muharram, 1447

Qarzni uzmay, kechiktirish – zulm

26.11.2020   2907   3 min.
Qarzni uzmay, kechiktirish – zulm

«Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bunday ogohlantirdilar: “Boy odamning imkoni bo'la turib qarzini kechiktirishi zulmdir” (Ibn Hajar rivoyati).

Qarzni qaytarishga qodir bo'la turib, uni paysalga solish zulmdir. Ibn Foris rahimahulloh bunday deydi: “Berilishi shart bo'lgan narsani bermaslik – harom. Garchi qarz boydan olingan bo'lsa ham, uni kechiktirish uzr bo'lmaydi”.

Qarzni olgandan keyin uni vaqtida, xushmuomalalik bilan qaytarish lozim. Nabiy alayhissalom: “Sizlarning eng yaxshingiz qarzini go'zal ado etganidir” (Imom Buxoriy rivoyati), deb marhamat qilganlar.

Qarz berganga eng yaxshi mukofot mo­lini o'z vaqtida qaytarib berish hamda qarzdor tomonidan uning haqiga qilingan duodir. Abdulloh ibn Abu Robi'a roziyallohu anhu rivoyat qiladi: «Nabiy alayhissalom mendan qirq ming qarz oldilar. U zotga mol kelganida ularni menga qaytarib berdilar va: “Alloh moling­ga va ahlingga baraka bersin. Albatta, qarzning mukofoti maqtov va ado etishdir”, dedilar».

Agar qarzdor: “Olgan qarzimni, albatta, qaytarib beraman”, deb harakat qilsa, unga Alloh taolo yordamchi bo'ladi. Ammo niyati o'zgani aldash, molini eb ketish bo'lsa, uning oxiri voydir.

Abu Hurayra roziyallohu anhu rivoyat qiladi: «Payg'ambarimiz alayhissalom: “Kim odamlarning mollarini (qarzga) olib, uni qaytarishni niyat qilsa, Alloh uni ado etishda yordam qiladi. Kim yo'q qilishni niyat qilib olsa, Alloh uni yo'q qiladi”deb ogohlantirganlar. Bu hadisni har bir qarz oluvchi yodida tutishi kerak.

Juda ko'p insonlar, qarzni istaganlaricha, zarurat bo'lsa ham, bo'lmasa ham olaverishadi. So'ng esdan chiqarib yuborishadi. To'lashni xayollariga ham kelti-
rishmaydi. Mabodo, ba'zisini to'lashsa, uzoq muddatdan keyin haqdor obdon yalin­gach, qolganini qaytaradi. Ish shu da­rajaga etadiki, go'yo qarzdor – haqdorga, haqdor – qarzdorga aylanadi.

Shuni yodda saqlash lozimki, Alloh taolo O'z rahmati bilan bandasining shirkdan boshqa barcha gunohlarini kechiradi. Faqat qarzni emas. Bandalar o'rtadagi o'zaro haqlarini bir-birlaridan kechmagunlaricha, Alloh taolo kechmaydi.

Manbalar asosida Buxoro viloyati

Romitan tumanidagi “Mullo Narze”

jome masjidi imom-xatibi

Sunnat FAHRIYeV tayyorladi.

“Hidoyat” jurnalining 3-sonidan olindi

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Ilm-fiqhning mohiyati va fazilati: 2-son

21.07.2025   4855   1 min.

Buyuk mutafakkir va faqih Burhoniddin Marg‘inoniyning yetuk shogirdi, hanafiy olim Imom Zarnujiy rahimahullohning "Ta’limul muta’allimi toriqot ta’allumi" kitobi asosida ilm olishning foydalari, odoblari, inson va jamiyat taraqqiyotida ilm-fanning o‘rni haqida so‘z boradi. Sakkiz asrdan beri ilm ahli, talabalar va ziyolilar orasida keng foydalanib kelinayotgan mazkur asar haqida Alloma Laknaviy rahimahulloh haqida "Ko‘p foydalarga ega, nafis, manfaatli kitob", deya ta’rif bergan.

Abduvohid domla Ahmadaliyev,
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi mutaxassisi.