هل تحب الله ؟
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Kim bomdod namozini jamoat bilan o'qisa, so'ngra quyosh chiqquncha Allohni zikr qilib o'tirsa, keyin ikki rakat namoz o'qisa, uning uchun haj va umraning ajridek bo'lur. To'liq, to'liq, to'liq", deganlar.
Demak, bomdod namozini o'qib bo'lib, Allohni zikr qilasiz. Allohni zikr qilishning eng afzali Qur'on tilovatidir.
Quyosh chiqqandan so'ng, bir necha daqiqa kutib, ikki rakat nafl namoz o'qiysiz. Natijada haj va umra savobiga hamda boshqa ko'plab ajrlarga ega bo'lasiz. Gunohlaringiz o'chiriladi. Alloh taolo yomon amallaringiz o'rnini yaxshiliklar bilan to'ldiradi.
Ammo bunga amal qiladiganni men kabi boshqa odam bilan solishtirib ko'ring. Bomdod namozini o'qiydi-da, kechasi bilan bedor bo'lganman, charchadim deydi-yu, krovatiga sakraydi va uyquga ketadi. Bu voqelik.
Aziz birodarlar.
"Kim bir narsani sevsa, uni ko'p zikr qiladi" degan qoida bor. Siz Allohni sevasizmi yoki yo'q-mi?
Agar chindan ham Allohni sevsangiz, Uni ko'p zikr qilishingiz kerak. Agar ko'p zikr qilmasangiz, demak sevmas ekansiz.
Banda Yaratuvchisini tanisa-yu, lekin Uni sevmasligi mumkin-mi? Shunday bo'lishi mumkin-mi? Shunday bo'lishi mumkin-mi? Allohni tanisangiz, Uning quli ekanligingizni bilsangiz, Uning mehribon va rahmliligini, lutfu inoyatini ko'rsangiz Uni sevmaysiz-mi?
Yaxshi, agar sevsangiz, Uni ko'p zikr qiling!
O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutining Modul ta’lim tizimida yangi o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi.
12 sentyabr kuni Toshkent shahar bosh imom-xatibi Abduqahhor domla Yunusov talabalar uchun «Xatoba» (notiqlik san’ati) fanidan ilk darsni o‘tib berdi.
Mashg‘ulot davomida ustoz va’z-nasihat qilish san’ati, minbar odoblari, tinglovchi bilan jonli muloqot o‘rnatish sirlari hamda bugungi kun imom-xatibi zimmasidagi mas’uliyatli vazifalarga alohida to‘xtaldi. Notiqlik mahoratiga oid nozik jihatlar hayotiy va amaliy misollar orqali ochib berildi.
Qizg‘in va samimiy ruhda o‘tgan dars so‘nggida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati