Sayt test holatida ishlamoqda!
14 Iyul, 2025   |   19 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:21
Quyosh
05:02
Peshin
12:34
Asr
17:40
Shom
19:59
Xufton
21:33
Bismillah
14 Iyul, 2025, 19 Muharram, 1447

MUBAYYaN VA NASRIY BAYoNI: Ikinchi mu'man bihning sharhi (O'n to'qqizinchi mavzu)

25.11.2020   2438   6 min.
MUBAYYaN VA NASRIY BAYoNI: Ikinchi mu'man bihning sharhi (O'n to'qqizinchi mavzu)

 

NAZM

 

 

(Davomi)

 

Kufr ila ma'siyatni bilmaslar,

Haq buyurg'ondin o'zga qilmaslar.

Bu malak ichra to'rtdur mashhur,

Otlari safhalardadur mastur.

Jabroilu ikkinchi Isrofil,

Bor uchunchi farishta Mikoil.

Bor bulardin birisi Azroil;

Har birini bir ishka ta'yin bil.

Bor burung'isi vahy kelturgan,

Yana biri sur ichra dam surgan.

Birisi rizq  etkurur elga,

Biri el umrini berur elga.

Nechasini basharg'a bil ta'yin,

Hayru sharr sabt etarlari oyin.

Iki tun, iki kun uy-u yo'lda,

Biri o'ng qo'lda, biri so'l qo'lda.

Har suvar rost aylab o'zlariga,

Ko'rinur ahli qurb ko'zlariga.

Yana ba'zi — farishtayi rahmat,

Yana ba'zi — azob uchun musbat.

Ikisi go'r ichidadur soyil,

shaklu hay'atlari base hoyil:

Biri Munkar, biri Nakirdurur,

Bori hukm ilgida asirdurur.

Ushbular birla siz yamon bo'lmang,

Kufru isyong'a hamzabon bo'lmang.

Bandaliqdur, buyursa, ne chora?

Lutf agar qilsa, so'rsa, ne chora?

 

NASRIY BAYoN

 

Iymon keltirish shart bo'lgan ikkinchi

narsaning sharhi

(Iymonning ikkinchi sharti)

(Davomi)

 

(Farishtalar haqida bilish zarur bo'lgan narsalar:)

U (farishta)lar kufr va ma'siyatni – osiylik ishlarini bilmaydilar (ya'ni, bundan uzoqdirlar), Haq ta'olo buyurgan narsadan boshqa ishni qilmaydilar. Bu farishtalar ichida to'rttasi mashhurdir, nomlari sahifalarda bitilgandir. Birinchisi Jabroil (alayhissalom)dir, ikkinchisi Isrofil (alayhissalom)dir. Uchinchi farishta Mikoil (alayhissalom)dir. Bulardan biri (to'rtinchisi) Azroil (alayhissalom)dir. Bularning har birini bir ishga – bir vazifaga tayin qilingan deb bil.

 

(Aytilganlardan)  birinchisi  (Jabroil  alayhissalom  payg'ambarlarga Alloh tarafidan) vahy keltirguvchidir, yana biri (Isrofil alayhissalom qiyomatni bildirib) surga dam urguvchi – sur chalguvchidir.

 

Biri (Mikoil alayhissalom) elga – barcha tirik mavjudotga rizq etkazib turuvchidir, biri (Azroil alayhissalom) tiriklar umrini elga beruvchi – jonni oluvchidir.

 

Yana bir nechasi insonlarga tayin qilinib, belgilab qo'yilgan, (odamlar qilgan) xayru sharrni – yaxshi yomon ishlarni yozib borish ularning odatidir. Ikki kecha, ikki kunduz uydayu yo'lda (safardayu muqimlikda – hamma joyda), biri insonning o'ng tarafida, biri chap tarafida bo'ladi. Ular  har  xil  suratga,  har  xil  shaklga  kirib,  qurb  ahlining  – Alloh ta'ologa yaqinlik kasb etgan valoyat ahlining ko'zlariga ko'rinishi ham mumkin.

Ulardan ba'zilari rahmat farishtalaridir, yana ba'zilari azob berish uchun tayinlangandir.

 

Farishtalar ikkitasi (Munkar va Nakir) qabr ichida savol beruvchidir (“Rabbing kim? Payg'ambaring kim? Dining qaysi din? Kitobing qaysi kitob? Qiblang qayer? (Bu zot (hazrati Rasululloh alayhissalom)  haqlarida  nima  der  eding?”  –  deb  so'raydilar).  Ularning shakl va hay'atlari (ko'rinishlari) juda hoyil – o'ta qo'rqinchlidir.

 

Biri Munkar, biri Nakirdir, ikkovlari ham Ilohiy hukm qo'lida asir (ya'ni, Allohning amru farmonini bajarishga mahkumdir).

 

Sizlar bu zotlar bilan yomon bo'lmang (ularni yomon ko'rmang, haqlarida  yomon  gaplarni  gapirmang),  kufr  va  isyon  bilan  –  inkor  va osiylik bilan tildosh bo'lmang. (Ya'ni, dunyoda ekaningizda hali qabrda ularning yaxshi muomalasiga erishish baxtini qo'lga kiriting.)

 

Insonning ishi bandalik qilishdir, buyursa, (bajarishdan boshqa) ne chora bor?  Lutf qilib, rahm etsa yoki bandalikdan savol so'rasa, ne chora bor?

 

IZOH.  Farishtalar  tarkibni  (turli  unsurlardan  tarkib  topmoqni) qabul  qilmaydigan  ruhoniy  va  nuroniy  bir  javhardir.  Ular  shahvoniy zulmatga jalb etilmoqdan pok-munazzahdir. Yemaklari – tasbih, ichimliklari – taqdisdir (Allohni muqaddas deb yod etmoqdir). Sevinch tuymoqlari va unsiyat (do'stlik) qilmoqlari Alloh bilandir. Joylari Allohning mushohadasi ostidadir. Unga yaqin va Uning amrlariga tayyordirlar. Ular  itoat  etuvchan  qilib  yaratilganlar.  Itoatdan  tashqariga  chiqa olmaydilar («Jomi' ul-mutun»).

 

Nasriy bayon va sharh muallifi:

Mirzo KYeNJABYeK

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Dunyo va oxiratdagi tashvishlardan qutilish yo‘li

11.07.2025   5000   1 min.
Dunyo va oxiratdagi tashvishlardan qutilish yo‘li

 Alloh taolo aytadi: “Kim Allohga taqvo qilsa, U unga (tashvishlardan) chiqish yo‘lini (paydo) qilur”, (Taloq surasi, 2-oyat).

Izoh:
- Ibn Abbos roziyallohu anhu oyati karimaning “chiqish yo‘li” qismini “dunyo va oxiratdagi har turli tashvishlardan uni qutqaradi”, deb tafsir qilganlar.

- Ali ibn Solihga ko‘ra, “chiqish yo‘li” Alloh taoloning o‘sha bandaga rizq berish bilan uni xushnud etishidir. 

- Kalbiy oyatni bunday tafsir qiladi: “Kim musibat paytida sabr qilib, Allohdan qo‘rqsa, Parvardigor unga do‘zax otashidan jannat sari bir chiqish yo‘li ko‘rsatadi”.

- Abul Oliya oyatni: “Turli mashaqqat va tashvishlardan chiqish yo‘li”, deya sharhlagan bo‘lsa,

- Rabi’ ibn Haysam: “Odamni siqadigan hamma narsadan unga chiqish yo‘li ko‘rsatadi”, shaklida tafsir qilgan.

- Husayn ibn Fazlga ko‘ra, oyat tafsiri bunday: “Kim farzlarni ado etish borasida Allohdan qo‘rqsa, Alloh unga jazolanishdan qutulish yo‘lini ko‘rsatadi”.