O'ZBYeKISTON YoZUVChILAR UYuShMASI,
O'ZBYeKISTON MUSULMONLARI IDORASI,
O'ZBYeKISTON RYeSPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI DIN IShLARI BUYIChA QO'MITA
“Jaholatga qarshi ma'rifat” g'oyasi asosida islom dinining ilm-ma'rifat, ma'naviy poklik, tinchlik-osoyishtalik, taraqqiyot va bunyodkorlikka chaqiruvchi g'oyalarini xalqqa, ayniqsa, yoshlarga etkazish maqsadida buyuk mutafakkir ajdodimiz, moturidiylik ta'limoti asoschisi imom Abu Mansur Moturidiy va moturidiylik ta'limoti davomchilari sanalgan olimlar haqida badiiy asarlar yaratish bo'yicha tanlov e'lon qiladi.
Tanlovda Yozuvchilar uyushmasi a'zolari bilan bir qatorda barcha ijodkorlar ishtirok etishi mumkin.
Asarlar O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasiga ariza bilan taqdim etiladi.
Taqdim etiladigan asarlar 2 nusxada (elektron varianti bilan), komp'yuterda 1,5 interval, 14 shriftda ko'chirilgan bo'lishi zarur.
Belgilangan tartib bo'yicha taqdim etilmagan asarlar ko'rib chiqilmaydi.
Taqdim etilgan asarlar mualliflarga qaytarilmaydi.
Taniqli ijodkorlardan iborat hakamlar hay'ati tanlovga taqdim etilgan asarlarni o'qib, baholab boradi. G'olib deb topilgan asarlar Yozuvchilar uyushmasi muassisligidagi adabiy nashrlarda hamda “Ijod” jamoat fondi homiyligida kitob holida chop etiladi. Mualliflarga esa imtiyozli qalam haqi to'lanadi.
Tanlovga ijodiy ishlar 2021 yilning 15 sentyabriga qadar qabul qilinadi.
Murojaat uchun manzil: Toshkent shahri, Bunyodkor ko'chasi, Adiblar xiyoboni. Telefon: 71. 231-83-67.
Elektron manzil: badiiy_adabiyot@mail.ru
Bismillahir Rohmanir Rohiym
Alloh taolo aytadi: "Ularni (Allohning) O‘zi ularga tanitgan jannatga kiritur" (Muhammad surasi, 6-oyat).
Imom Tabariy rahimahulloh: "Jannat ahli jannatdagi uylarini tanib olishadi. Hatto bir kishi jannatda o‘z uyiga dunyodagi uyiga kelgani kabi borib oladi", dedi.
Ibn Kasir rahmatullohi alayhi: "Ya’ni, ular jannatda o‘z manzillarini oson topadilar", dedi.
Imom Qurtubiy rahimahulloh: "Bu oyat mo‘minlarga berilgan ulug‘ bir mujdadir. Chunki dunyoda ular sabr qildilar, iymonlarini mustahkam tutdilar. Endi jannatda o‘z makonlarini Allohning hidoyati bilan osongina topadilar. Bu Allohning ularga lutfidir", dedi.
Alloh taolo mo‘minlar va taqvodorlarni O‘zi ularga tavsiflab, ta’riflab bergan jannatga kiritadi. Bu jannat ular uchun avvaldan tayyorlangan va ular unda o‘z manzillarini xuddi dunyodagi uylarini bilgandek, osongina topadilar.